Report.uz

Report.uz 🔵 Mahalliy va xorij xabarlari
🔵 Shou-biznes yangiliklari
🔵 Qiziqarli ma’lumotlar

Otabek Umarov "FIA" Senati tarkibiga kirdiO‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Um...
02/22/2026

Otabek Umarov "FIA" Senati tarkibiga kirdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Senati tarkibiga kirdi. Mazkur tayinlov tufayli Otabek Muhammadaliyevich tashkilotning oliy boshqaruv organi faoliyatida ishtirok etadi.

O‘zbekiston vakilining ushbu nufuzli tuzilma tarkibiga kirishi mamlakatimizda avtomobil sporti va mobillik sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Senat FIA Bosh Assambleyasiga strategik tavsiyalar kirituvchi organ hisoblanib, tashkilot taraqqiyoti yo‘lida muhim bo‘g‘in vazifasini bajaradi.


🔴Ramazon oyida ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalarga bir million so‘mdan beriladi✔️Qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga...
02/17/2026

🔴Ramazon oyida ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalarga bir million so‘mdan beriladi

✔️Qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga esa 500 ming so‘m berilishi nazarda tutilgan.

❗️ Prezident qaroriga ko‘ra, Ramazon oyida:

Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridagi fuqarolar, shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;

Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor a’zolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi.

“Dizayn” jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdiKomik aktyor, “Shuhrat” medali sovrindori Dilshodbek Musabekov ha...
02/13/2026

“Dizayn” jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi

Komik aktyor, “Shuhrat” medali sovrindori Dilshodbek Musabekov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda qiziqchi Ulug‘bek Xolmedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Uyda yolg‘iz” filmida Kevinning onasi rolini ijro etgan aktrisa Ketrin O’Hara vafot etdiAktrisa 71 yoshda edi. U 30-yan...
01/31/2026

“Uyda yolg‘iz” filmida Kevinning onasi rolini ijro etgan aktrisa Ketrin O’Hara vafot etdi

Aktrisa 71 yoshda edi. U 30-yanvar kuni qisqa muddatli kasallikdan so‘ng Los-Anjelesdagi uyida vafot etgan.

Odilxon qori qamoqqa olindiPop tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi doirasida 5 nafar sudlanuvchi, jumladan Odilxon I...
01/26/2026

Odilxon qori qamoqqa olindi

Pop tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi doirasida 5 nafar sudlanuvchi, jumladan Odilxon Ismoilovga nisbatan ham «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov organi Odilxon qoriga Jinoyat kodeksining 8 ta moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilgan.

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Odilxon qori» nomi bilan mashhur bo‘lgan sobiq imom Odilxon Ismoilov qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Ba’zi manbalarda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingani ham yozildi.

2026 yil 21 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudida qator iqtisodiy jinoyatlar sodir qilishda gumonlangan 6 kishiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Ushbu ishda gumonlanuvchilar qatorida Ismoilov Odilxon Yunusxon o‘g‘li ham bor. Tergobiri. U o‘z faoliyatini 1998-1999 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi «Hazrati Umar» jome masjidida imom–xatib vazifasidan boshlagan.

1999–2000 yillarda Shayxontohur tumanidagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida (Ko‘kcha) imom noibi vazifasida ishlagan. 2010 yildan Toshkent shahar bosh imom–xatibi o‘rinbosari bo‘lgan. 2011 yildan 2018 yilning yozigacha Shayxontohur tumani bosh imom xatibi va «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagandi.

2018 yil iyul oyida Odilxon qori «tasdiqlanmagan xabarlarni internet orqali tarqatgani va bemorligi vajidan vazifani uddalay olmayotgani sababli» Musulmonlari idorasi raisi, marhum muftiy Usmonxon Alimov tomonidan ishdan olingan edi.

Shundan so‘ng u diniy idora huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondining Diniy-ma’rifiy targ‘ibot bo‘limini boshqargan.

2019 yil fevralida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Shayxontohur tumani, «Xo‘ja Alambardor» masjidiga (xalq tilida Kamolon masjidi) imom-xatib etib tayinlangan. 2019 yilning sentabrida esa sog‘ligidagi muammolar tufayli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgandi. Shundan so‘ng, Odilxon qori O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tizimi faoliyat yuritmagan.

Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, 49 yoshli Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li – Namangan viloyatida tug‘ilgan, “Rayxon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi hisoblanadi.

🔞Qashqadaryoda 20 yoshli qizning oshqozonidan 1,4 kg soch olindiBemor xuddi shunday muammoga avval ham duch kelgani ma’l...
01/21/2026

🔞Qashqadaryoda 20 yoshli qizning oshqozonidan 1,4 kg soch olindi

Bemor xuddi shunday muammoga avval ham duch kelgani ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyatida shifokorlar kam uchraydigan, lekin juda xavfli holatga duch keldi: 20 yoshli bemor qiz oshqozonidan qariyb 1,5 kilogrammga yaqin soch tolalari operatsiya yo‘li bilan olib tashlandi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, gap Qarshi tumanida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan bemor haqida ketmoqda.

Qayd etilishicha, bemor avvaldan "D" hisobda turgan va ushbu muammo bilan tibbiyot muassasasiga ikkinchi marotaba murojaat qilgan. Unda qorinning yuqori qismida og‘riq, shish, ko‘ngil aynishi, qusish kabi belgilar kuzatilgan. Shu sababli viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida mutaxassislar jamoasi tomonidan tezkor tekshiruvlar o‘tkazilib, jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan.

Shifokor M. Pardayev boshchiligidagi jarrohlar amaliyot vaqtida bemor oshqozonida katta hajmli soch to‘plami — trixobezoar borligini aniqlagan. U to‘liq holda olib tashlangan. Olingan soch to‘plamining uzunligi 58 santimetr, eni 7 santimetr bo‘lib, og‘irligi 1 kilogramm 400 grammni tashkil etgan.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, bu holat bir k***a paydo bo‘lib qolmaydi: sochni uzoq yillar davomida yutib borish natijasida shunday katta massa shakllanishi mumkin. Eng e’tiborli jihati — mazkur holat bemorda ikkinchi bor qayd etilgan. Avvalroq ham unga xuddi shunday vaziyat sabab fitobezoar tashxisi bilan laparotomiya va gastrotomiya turidagi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani aytilmoqda.

Ayni paytda bemorning ahvoli barqaror, u shifokorlar doimiy nazorati ostida davolanmoqda.

Andijonlik kelin sepini MIB yordamida qaytarib oldi Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ayolga kelinlik xonadonidan 55 turda...
01/19/2026

Andijonlik kelin sepini MIB yordamida qaytarib oldi

Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ayolga kelinlik xonadonidan 55 turdagi buyumlari olib berildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Xonobod shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, undiruvchi M.S. ga qarzdor M.Sh. dan jami 55 turdagi mol-mulklar qaytarib berilishi belgilangan. Mol-mulklar ro‘yxatidan kelinning sepi tariqasida olib kelingan kiyim-kechak, mebel, maishiy jihozlar va xo‘jalik anjomlari joy olgan.

Kelinning sepini olib berish bo‘yicha Byuroning shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ijro harakatlari davomida hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan barcha mol-mulklar undiruvchiga olib berilishi ta’minlangan.

01/19/2026

Hokimlik og‘ir ahvoldagi oilaga uy sovg‘a qildi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan 12 yildan buyon og‘ir sharoitda yashayotgan nogiron oilaga uy sovg‘a qilindi.

Mazkur xayriya ishlari mobaynida ularga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilib, barcha sharoit yaratib berilgan.

Ana shunday xayriya tadbirlarini qaysi hududlarda bo‘lishini xohlardingiz, fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Report.uz

01/19/2026

Dunyodagi eng qimmat "Axlat" haqida esh*tganmisiz.

Gap shundaki, Britaniyalik yigit tasodifan 500 million dollarni chiqindi qutisiga tashlab yuborgan.

Jeyms Xauells ismli inson 8000 ta Bitkoini bor qattiq diskni ya’ni hardni adashib axlatga tashlaydi.

Hozirda u diskni topish uchun butun shahar axlatxonasini qazishga ruxsat so‘rab, robot-itlar va sun’iy intellektni ishga solmoqchi. Lekin shahar hokimiyati ruxsat bermayapti.

​Siz-chi, 500 millioningiz axlatda bo‘lsa, nima qilgan bo‘lardingiz?

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Report.uz

01/19/2026

Bloger qiz qahraton qishda muz bochkasida cho‘mildi

Qozog‘istonlik bloger qishning qoq o‘rtasida muz to‘ldirilgan bochkada cho‘milgani aks etgan videoni Instagram profiliga joyladi.

Post ostida esa o‘z obunachilaridan "chiday olarmidingiz" deya so‘rov o‘tkazgan.

Ushbu tasvirlar Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Siz muzli suvga shong‘ishga rozi bo‘larmidingiz, fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Report.uz

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 5 oylik chaqaloq otasi og‘ziga paypoq tiqishi oqibatida vafot etdi.Voqea 10-yanvar kun...
01/18/2026

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 5 oylik chaqaloq otasi og‘ziga paypoq tiqishi oqibatida vafot etdi.

Voqea 10-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Bola yig‘layotgani sababli ota uning og‘ziga paypoq tiqqan. Bola nafas yetishmovchiligi oqibatida ko‘kara boshlagan. Shundan so‘ng ona chaqaloqni zudlik bilan shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar bolaning hayotini saqlab qolishga harakat qilgan bo‘lsa-da, u oradan to‘rt kun o‘tib, shifoxonada vafot etgan.

“10-yanvar kuni kechasi soat 24:00 larda bir bemor o‘ta og‘ir ahvolda olib kelindi. Klinik o‘lim holatida edi, yurak va nafas olishi to‘xtagandi. O‘pka-yurak reanimatsiyasini o‘tkazdik. Shundan so‘ng yuragi tiklandi. To‘rt kun davomida bolalar reanimatsiyasi bo‘limida standart asosida davoladik. Kerakli mutaxassislar ko‘rdi. Shunga qaramasdan, 14-yanvar kuni soat 22:00 larda bolada biologik o‘lim holati kuzatildi. Shundan so‘ng ichki ishlar xodimi chaqirildi va murdani ekspertizaga o‘tkazdik”, degan shifokor O‘ral Rahmatullayev.

Mahalla vakillarining ma’lum qilishicha, bu erkakning shar’iy nikohiga olingan ikkinchi oilasi bo‘lgan. Avvalgi oilasida ham u farzandlariga doimiy ravishda zulm qilgan. Mahalla yettiligi erkak bilan ko‘p marotaba profilaktik suhbatlar o‘tkazgan va nazoratda bo‘lgan.

Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Fayozbek Qosimovning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dang‘arada bola o‘z onasini boshini tanasidan judo qildiInsayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qotil onasining bo‘yniga...
01/17/2026

Dang‘arada bola o‘z onasini boshini tanasidan judo qildi

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qotil onasining bo‘yniga pichoq sanchib, boshini tanasidan judo qilgan. So‘ngra jinoyat izlarini yo‘qotish maqsadida jasadni bo‘laklarga bo‘layotgan vaqtda, otasi kelib qolgan va dahshatli manzarani ko‘rgan.

Jinoyat ustida fosh bo‘lgan qotil voqea joyidan qochib yashiringan. Unga nisbatan zudlik bilan qidiruv e’lon qilingan edi.

Qo‘qon shahar IIB tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida qotil Qo‘qon shahrining Farobiy ko‘chasida, 4-sonli M.X.T.M PPX hodimi N. M tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Address

New City, NY

Opening Hours

Monday 9am - 5pm
Tuesday 9am - 5pm
Wednesday 9am - 5pm
Thursday 9am - 5pm
Friday 9am - 5pm
Saturday 9am - 5pm
Sunday 9am - 5pm

Telephone

+998971234567

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Report.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share