16/07/2026
📶 Mahalladagi g‘oyalar amaliy o‘zgarishlarga aylanmoqda!
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi 6 ta mahalliy tashabbus ABCD grant tanlovida g‘olib deb topildi.
Ushbu tashabbuslar “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining inklyuziv hamjamiyatlarni rivojlantirishdagi imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlanadi va amalga oshiriladi.
🤩 ABCD yondashuvining muhim jihati shundaki, loyihalar mahalla aholisining real ehtiyojlari, mavjud imkoniyatlari va faol ishtiroki asosida ishlab chiqilgan. Ya’ni aholi nafaqat muammoni ko‘rsatadi, balki uning yechimini yaratishda ham bevosita qatnashadi.
🌱 G‘olib tashabbuslar ekologik madaniyatni oshirish, inklyuziv sport infratuzilmasini yaratish, ayollar mehnatini yengillashtirish, bandlikni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va ayollarga zamonaviy kasb va raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan.
6 ta mahalla, 6 ta amaliy yechim va ko‘plab yangi imkoniyatlar!
G‘olib loyihalar haqida batafsil bilish uchun kartochkalarni varaqlang.☝️
—————-
Rasmiy sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Linkedin 📱Facebook 📱Telegram
——————
Yevropa Ittifoqi va Konrad Adenauer jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshchiligida, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
———————