21/08/2026
📝O‘quvchini bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish tartibi qanday?
Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga ega. «Huquqiy axborot» kanali xabariga ko‘ra, bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.
Direktor arizani olgan k***an 1 ish kunida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. Sinfdagi o‘quvchilar soni me’yordan (35 nafar) ortiq bo‘lganda, direktor o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin. Rad etish haqida direktor 3 k***a ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilishi kerak.
Direktorning o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, 3 k***a sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal! Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar. Savol va takliflar uchun: Reklama: