23/09/2025
El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya kabi illatlarga barham berish – barchamizning vazifamiz!
📌Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ishtixon tumani bo‘linmasi, Axborot-kutubxona markazi hamda Ishtixon tuman IIB hamkorligida “El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya kabi illatlarga barham berish – barchamizning vazifamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda yurt taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan illatlarning jamiyat hayotidagi oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga loqaydlik, korrupsiya va mahalliychilikning insoniylik va milliy qadriyatlarimizga zid ekanligi, ularga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlandi.