06/08/2025
                                                        
      
✅Ellikkal’a tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan O'zbekiston "Adolat" SDP Ellikqal'a tumani Kengashi bilan hamkorlikda tumanning "Qavatqal’a" MFYda yashovchi ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolarga huquqiy ko'mak ko'rsatilishga qaratilgan aksiya o'tkazildi. 
✅Tadbir davomida, uyma-uy yurgan holda Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar va ularning oila a’zolari holidan xabar olinib, murojaatlari tinglandi.
✅Tadbirda aholi vakillariga “Huquqiy ko‘mak” fuqarolarga bepul, huquqiy yordam ko‘rsatish loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi PQ-1-sonli Qarori mazmun-mohiyati, huquqbuzarlikning oldini olishda huquqiy ongi va madaniyatning o'rni, kiberfribgarlik jinoyati qurboniga aylanmaslik hamda korrupsiya jinoyatining jamiyat va davlat rivoji uchun salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi immunitetni shakillantirish haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
t.me/AdliyaEllikqala