sirojiddin_officially

sirojiddin_officially Hayot qiyinchiliklar bo'lsada yashashga arziydi

M.S

26/04/2024
06/10/2023
KUZDA YOZILGAN SHE'RLAR.*     *    *Borliqqa kuz kelar ko'zlarin yoshlab,Hamon bitmas mening kam-u ko'stlarim.Turnalar k...
02/09/2023

KUZDA YOZILGAN SHE'RLAR.

* * *
Borliqqa kuz kelar ko'zlarin yoshlab,
Hamon bitmas mening kam-u ko'stlarim.
Turnalar ketishgan oshyonin
tashlab,
Tashlab ketishgandek meni do'stlarim.

Og'ochlar libosin yechadi shamol,
Qo'yniga suqadi sovuq qo'llarin.
Xazonga qasd qilgan shudir, ehtimol
Ehtimol, bog'zidan so'yishgan barin.

Yomg'ir yog'ib berar maydalab, quyib,
Men dildirab qolgum, unsiz qolib jim.
To'yib yig'lab olay, ezilib, kuyib,
Yomg'irda yig'lasam sezmaydi hech kim.

Balki, men quyoshday so'nayapman jim,
Ehtimol, yaproqday uzilar jonim.
Mayliga o'lsam ham kuzakda o'lay
Qip-qizil xazonga qorishsin qonim.

Behuda to'kilib ketmasin yerga...

* * *

O'zimcha: "men kuzni sevaman" - deyman,
Xush yoqar yomg'irning yoqimli isi.
Ammo, bu so'zimdan pushaymon yeyman,
Onamning pechkada tutar tappisi.

Sal o'tmay keladi qish ham yutoqib,
Qorayar onamning ko'zlarin tagi.
"Ancha yaxshiman" - der sarg'ayib boqib,
Bilaman xo'p azob berar buyragi.

Men oq parqu qorlarni alqayman, biroq,
Otamning oyog'i yoqtirmas uni.
Qaqshaydi suyagi, bosadi titroq,
Ko'p azob beradi sovuq qish kuni.

Ayting, qandoq sevay endi?
bu kuz-u qishni?
Axir, sovuq qotib yashar Vatanim.
Axir, hamma o'ylar sovuq tashvishni,
Faqat issiq uyida uxlaydi G'ANIM.

O'zimcha: "men kuzni sevaman" - deyman...

* * *

Xazonlar olamni qildi zafaron,
Eng baland notada kuylarni chaling.
Mening yuragimga undan o't ketgan,
Boring! o'chirmoqqa yog'mur chaqiring.

Balki Kuz, ayriliq turgan bitgani,
Barglar ham qo'l siltab ketgan
shoxidan.
Balki, turnalar ham topayin mani,
Kuzni qarg'ab uchar ketar chog'ida.

Og'ochlar yalong'och, tizilib turar,
Qarg'alar mingazib yelkalariga,
To'kilgan yaproqlar esa jon berar,
Yuz bosib xiyobon yo'lkalariga.

Mayli, qo'ying!
Ey yaxshilar, kuzni qarg'amang.
Sizda g'ubor bo'lsa, unda ne gunoh.
Shundog'am sarg'aygan, holi bo'lib tang,
Ming yillab ezilib chekkandir ko'p oh.

Kuzakdan nolishdan bormikan mani,
Kuzning yog'murlari ko'nglimni ovlar.
Bog' to'la xazonga ko'minggiz meni,
Qo'nmasin qalbimga toki qirovlar.

T.me/Klassik_simfoniya

Address

Samarkand

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when sirojiddin_officially posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share