Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan O'zbekiston va xorij yangiliklari

Toshkent shahar IIBB YHXB rahbariyati, YPX brigadasi rahbariyati va barcha shaxsiy tarkib og‘ir musibatga uchradi.2026-y...
17/07/2026

Toshkent shahar IIBB YHXB rahbariyati, YPX brigadasi rahbariyati va barcha shaxsiy tarkib og‘ir musibatga uchradi.

2026-yil 16-iyul kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyoni moto guruhi komandiri, leytenant Ozodbek Madiyorjon o‘g‘li Qo‘ldoshaliev xizmat vazifasini bajarish vaqtida sodir bo‘lgan fojiali yo‘l-transport hodisasi oqibatida 29 yoshida vafot etdi.

Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Dubay shokoladidan keyin navbat Toshkent oshi shokoladiga keldiDubay shokoladi ortidan oshpazlar yana bir noodatiy tajri...
15/07/2026

Dubay shokoladidan keyin navbat Toshkent oshi shokoladiga keldi

Dubay shokoladi ortidan oshpazlar yana bir noodatiy tajribani sinab ko‘rdi. Bu safar eritilgan shokolad ichiga haqiqiy Toshkent oshi — guruch, go‘sht va bedana tuxumi solindi.

Natijada tashqi ko‘rinishi oddiy shokolad, ichi esa osh bo‘lgan desert tayyorlandi. Uni tatib ko‘rganlardan biri ta’mini kutilganidan qiziqroq deb baholagan bo‘lsa, boshqasi esa bunday uyg‘unlikni yoqtirmay, hatto ko‘ngli ayniganini aytdi.
Mazkur noodatiy shirinlik ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ikki kichik sayyoraga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi2026-yil 9-iyul kuni Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik ji...
14/07/2026

Ikki kichik sayyoraga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi

2026-yil 9-iyul kuni Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo‘mitasi (WGSBN) e’lon qilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining ikki nafar olimi – Kamoliddin Ergashev va Otabek Burxonov nomi ikki kichik sayyora asteroidga berildi.

Yangi nomlar WGSBN Bulletinining 6-jild, 11-sonida e’lon qilingan. Endilikda xalqaro astronomik kataloglarda ushbu osmon jismlari (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda harorat 56°C bo‘ldi” degan xabarlar tarqalmoqda. Aslida bu havo harorati emas. Kuchli q...
13/07/2026

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda harorat 56°C bo‘ldi” degan xabarlar tarqalmoqda.

Aslida bu havo harorati emas. Kuchli quyosh ta’sirida asfaltning harorati 50–60°C, ayrim hollarda undan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Oʻzgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Toshkentda havo harorati ancha yuqori bo‘lib, kunning eng issiq paytida ochiq quyosh ostida uzoq vaqt qolish tavsiya etilmaydi.

Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchiga tegajog‘lik qilgan maktab xodimi 5 sutkaga qamaldiSud materiallariga ko‘ra, erkak o‘quvc...
10/07/2026

Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchiga tegajog‘lik qilgan maktab xodimi 5 sutkaga qamaldi

Sud materiallariga ko‘ra, erkak o‘quvchiga Telegram orqali yozib, dastlab maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritishda yordam berishni so‘ragan. Keyinchalik yozishmalar shaxsiy tus olgan.
Qayd etilishicha, maslahatchi qizga tungi vaqtda xabarlar yuborgan, so‘ng unga qo‘ng‘iroq qilib, tashqariga chiqib gaplashishni taklif qilgan. Shundan keyin o‘quvchi bo‘lgan voqeani onasiga aytgan va oila huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

Sudda erkak aybini tan olmagan va holatni “tushunmovchilik” deb izohlagan. Biroq yozishmalar va skrinshotlar dalil sifatida o‘rganilgan.

Alkogol, tamaki va elektron sigaret: yashirin bozor qanday jilovlanmoqdaO‘zbekistonda alkogol, tamaki va elektron sigare...
08/07/2026

Alkogol, tamaki va elektron sigaret: yashirin bozor qanday jilovlanmoqda

O‘zbekistonda alkogol, tamaki va elektron sigaret bozorini tartibga solish, yashirin aylanmaga qarshi kurashish hamda sohada raqamli nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.

Masalan, 6 oy davomida 185 ta holatda 4,2 mlrd so‘mlik 58 ming 403 quti nikotinli snyus mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi oldi olingan. Kursiv Uzbekistan soha bozorini tahlil qildi.

Batafsil Kursiv Uzbekistan saytda òqishingiz mumkin

UFC sobiq chempioni Maks Xollouey Konor Makgregorga qarshi bo‘lajak jang oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.“Uning oxir...
08/07/2026

UFC sobiq chempioni Maks Xollouey Konor Makgregorga qarshi bo‘lajak jang oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Uning oxirgi jangiga besh yil bo‘ldi. Shu vaqt ichida juda ko‘p narsa o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Biz uning bu besh yil davomida nimalar bilan shug‘ullanganini ko‘rdik va savollar ham aynan shu yerda paydo bo‘ladi. Lekin men ruhiy jihatdan Konor Makgregorning eng yaxshi holatiga qarshi jang qilishga tayyorlanyapman. Besh yil ichida inson o‘zini qayta tiklab olishi, tanasiga e’tibor qaratishi, vazn tashlash azobini chekmasligi va organizmga to‘liq tiklanish imkonini berishi mumkin. Baribir men Konor Makgregorning eng kuchli versiyasiga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘ryapman va buni intizorlik bilan kutyapman”, — dedi Xollouey

Zabit Magomedsharipov Rosasdan qasos olmoqchiSobiq UFC jangchisi Zabib Magomedsharipov bellashuvga bir necha soat qolgan...
07/07/2026

Zabit Magomedsharipov Rosasdan qasos olmoqchi

Sobiq UFC jangchisi Zabib Magomedsharipov bellashuvga bir necha soat qolganida Raul Rosas Juniorga qarshi bahsdan safdan chiqqan edi.
Zabitning o‘rnini egallagan uning ukas Xasan Magomedsharipov esa meksikalik eng yosh UFC jangchisiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ortdan bo‘g‘ish usuli bilan raqibiga yutqazib qo‘ygan Xasan uchun endi akasi o‘ch olishga tayyor.
Liga rejasiga ko‘ra, Rosas Junior va Zabit Magomedsharipov o‘rtasidagi bahs 23-avgust kuni Istanbuldagi ACBJJ 22 turnirda tashkil etiladi.
“Avvalo, bu yerda jang o‘tkaza olmaganim uchun uzr so‘rayman. Afsuski, bellashuvga bir necha soatgina qolganida jarohat oldim. Umid qilamanki, 23-avgust kuniga Raul tayyor bo‘ladi. Shunday ekan, shaklingni yo‘qotma - biz seni kutyapmiz!”, - dedi Zabit Magomedsharipov Rosas bilan ko‘z urishtirish jarayonida.

Sergeli va Yangihayot aholisini qiynayotgan badbo‘y hid muammosi 1-sentyabrgacha bartaraf etiladi1-sentyabrgacha oqova s...
04/07/2026

Sergeli va Yangihayot aholisini qiynayotgan badbo‘y hid muammosi 1-sentyabrgacha bartaraf etiladi

1-sentyabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatib, muammoni bartaraf etish topshirildi.
2027-yildan Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan Quyi Chirchiq tumanida quvvati 300 ming kub metr bo‘lgan zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi. Buning natijasida Sergelidagi suv tozalash inshootiga tushayotgan yuklama keskin kamayishi kutilmoqda.

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o‘zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining tantanali ochi...
03/07/2026

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o‘zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ishtirok etdi.

Tbilisi shahrida Alisher Navoiy haykalining ochilishi Oʻzbekiston bilan Gruziya oʻrtasidagi madaniy aloqalar tarixida yana bir muhim voqea ekani, ikki xalqning azaldan savdo yoʻllari, doʻstlik va oʻzaro hurmat rishtalari bogʻlangani, ikki mamlakatning boy madaniy merosi bir-biriga qiziq ekani alohida ta’kidlandi.

Toshkentning markaziy koʻchalaridan biri S***a Rustavelining nomi bilan atalishi, gruzin mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasiga haykal oʻrnatilgani uning ijodi O‘zbekistonda qadrlanishi sifatida e’tirof etildi. Oʻz navbatida, joriy 2026-yilda Tbilisi markaziy bogʻlaridan biriga Alisher Navoiy nomi berildi.

Address

Узбекистан
Tashkent
МИРАБАД3

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Kursiv Uzbekistan posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Kursiv Uzbekistan:

Shortcuts

Share