17/07/2025
🎯"Olam-25"
1968-yilda amerikalik etolog Jon Kelxun xulq-atvor fanlari tarixidagi eng qo‘rqinchli tajribalardan birini o‘tkazadi. U uni "Olam-25" deb ataydi. "Olam-25" – sichqonlar jannatdagidek yashashi kerak bo‘lgan ideal jamiyat modeli edi.
Kelxun 3840 ta kemiruvchi uchun mo‘ljallangan yopiq joy quradi. Bu “olam”da hamma narsa bor edi: cheksiz oziq-ovqat, toza suv, doimiy harorat, to'liq xavfsizlik, tozalik va tibbiy nazorat. Hech qanday kasalliklar, yirtqichlar, resurslar uchun raqobat yo‘q edi.
Yopiq joyfa to'rt juft sichqon qo‘yiladi.
Avvaliga hamma narsa zo‘r bo‘lafi: sichqonlar ko‘payoshadi, joyga o‘rnashib olib, avlodlariga g‘amxo‘rlik qilishad. Ammo, rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisida – ularning soni 2200 ga etganida – qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar boshlanadi.
Erkaklari urg‘ochilariga nisbatan va hududni himoya qilishga qiziqishni yo‘qotdilar. Ko‘pchilik befarq yoki tajovuzkor bo‘lib qoldi. Urg‘ochilar bolalarini boqishdan bosh tortadilar va ba’zida ularni o‘ldirishadi. Yangi toifa, “chiroyli sichqonlar” Paydo bo‘ladi. Ular jismonan yaxshi shakllangangan, mukammal mo‘ynali, ammo butunlay passiv elitaga yalangan edilar. Ular boshqalar bilan jang qilmaydilar, juftlashmaydilar, nasl qoldirmaydilar. Ular faqat ovqat, uyqu va o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilish bilan band edilar.
Sichqonlar jamiyati parchalanib ketadi. Ijtimoiy aloqalar buziladi. Ko‘paytirish to‘xtaydi. Populyatsiya keskin kamayib, resurslar hali ham ko‘p bo‘lsa ham, sichqonlar endi odatdagi xatti-harakatlariga qayta olishmaydi.
Tajribaning 1780-kuniga kelib, oxirgi sichqon vafot etgan.
Kelxunning tajribasi nafaqat biologlar, balki faylasuflar, sotsiologlar va urbanistlar uchun ham metafora bo‘ladi. Bu tajriba shuni ko‘rsatdiki, to‘liq mo‘l-ko‘lchilik sharoitida, qiyinchiliklar, kurash va moslashish zarurati yo‘qoladi, jamiyat ma‘nosini, maqsadini va omon qolish qobiliyatini yo‘qotadi.
Kelxunning xulosasiga ko‘ra utopiya sifatida o‘ylangan g‘oya, ideal hayotning so‘ngan sukunati bo‘lib chiqadi.
Bu voqeadan biror xulosa chiqarishga undamoqchi emasman, shunchaki rivojlangan G‘arb jamiyatlari hayotining ayrim jihatlarini eslatib yubordi. Balki, sizlarda boshqa xulosadir.
Farhod Karimov