Tohir Abdulloh

Tohir Abdulloh Registon TV asoschisi Tohir Abdulg'ani Abdullohning rasmiy sahifasi

02/05/2025

30-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Uylaninglar, taloq qilmangalar. Chunki, Alloh taolo mazaxo‘rak er va mazaxo‘rak ayollarni yaxshi ko‘rmaydi”. Tobaroniy rivoyat qilgan.

Izoh: Hadis matnidagi “zavvoqin” so‘zini “mazaxo‘rak” deb tarjima qilindi. Bundan shahvoniy istak ila uylanib, hirsi qongach ajrashib ketadiganlar ko‘zda tutilgan.

31-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “To‘rt narsa borki, ular kimga berilgan bo‘lsa, bas, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: shukr qiluvchi qalb; zikr qiluvchi til; baloga sabr qiluvchi badan; erining joni va molida (xiyonat bilan) nojo‘ya ish qilishni istamaydigan xotin”. Tobaroniy rivoyat qilgan.

32-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Uylanishga qodir bo‘la turib uylanmaganlar mendan emasdir”. Tobaroniy rivoyat qilgan.

33-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Birinchi farzandning qiz bo‘lishi xotinning barakasidandir”. Ibn Asokir rivoyat qilgan.

34-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Nutfa (urug‘)laring uchun (ayollarni) tanlanglar. Chunki ayollar o‘z aka-uka va opa-singillariga o‘xshash (farzand) tug‘adilar”. Ibn Adiy va ibn Asokir rivoyat qilgan.

35-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Xotin olinglar, chunki ular boylik keltiradi”. Bazzor va Xatib Bag‘dodiy rivoyat qilganlar.

36-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ikki asrdan keyin sizlarning eng yaxshingiz xotinini haydab solishga shoshmaydiganlaringizdir”. Xatib Bag‘dodiy rivoyat qilgan.

37-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kimgaki Alloh soliha ayol bergan bo‘lsa, bas, uning yarim dinini isloh qilishga Alloh ko‘maklashibdi. Endi, keyingi yarmini islohi uchun Allohga taqvo qilsin”. Hokim rivoyat qilgan.

38-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “To‘rtta narsa saodatdandir: soliha ayol; keng maskan; yaxshi qo‘shni; yoqimli ulov. To‘rtta narsa baxtsizlikdandir: yomon qo‘shni; yomon xotin; yoqimsiz ulov; tor maskan”. Ibn Hibbon rivoyat qilgan.

39-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim to‘rt narsadan saqlana olsa jannatga kiradi: qon (to‘kish); mol(ni nohaq yeyish); farj (zino); (harom) ichimliklar;”. Bazzor rivoyat qilgan.

40-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Oila quringlar, taloq qilmanglar. Chunki taloq tufayli Arsh larzaga keladi”. Ibn Adiy rivoyat qilgan.

02/05/2025

16-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “(Erkak va ayol orasidagi) halol va haromlikni (nikohdagi e’lon uchun bo‘lgan) tovush va do‘mbira ajratdi”. Imom Ahmad, Termiziy va ibn Mojalar rivoyat qilgan.

17-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Mo‘min kishi taqvodan keyin soliha ayoldan ham yaxshiroq ne’matga ega bo‘lolmadi. Soliha ayolga eri buyruq qilsa itoat qiladi; nazar qilib boqsa ko‘zni quvnatib shod etadi; unga bog‘liq qasam ichsa erning qasamini buzdirmaydi; er uyda yo‘qligida o‘zi va erining boyligiga qo‘riqchi bo‘ladi”. Ibn Moja rivoyat qilgan.

18-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Nutfa (urug‘)laring uchun (ayollarni) tanlanglar, mos kelganlari bilan oila quringlar va (qizlaringni) ularga turmushga beringlar”. Ibn Moja, Hokim, Bayhaqiylar rivoyat qilishgan.

19-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ikki kishining nikoh ishida shafoatchilik qilishingiz eng afzal shafoatlardandir”. Ibn Moja rivoyat qilgan.

20-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: O‘zlaringga bokira qizlarni lozim tuting, chunki ular shirinso‘z, serfarzand va ozginaga xo‘p deb ko‘nuvchi bo‘ladilar. Ibn Moja rivoyat qilgan.

21-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Bir-birini yaxshi ko‘rgan (yigit va qiz) ikkisi uchun (oradagi muhabbatni ziyoda qilishda) nikohga teng keladigan (boshqa narsa)ni t**a olmaysiz”. Ibn Moja va Hokim rivoyat qilgan.

22-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ayollarni go‘zalligi uchun uylanmang, ularning husni o‘zlarini qulatishi mumkin. Mol-dunyosi uchun ham uylanmang, mol-dunyosi ularni tug‘yoonga ketgizishi mumkin. Va lekin dinini deb uylaninglar. Albatta, kelishmagan beso‘naqay qora tanli dindor ayol (diyonati yo‘qlardan) afzaldir”. Ibn Moja rivoyat qilgan.

23-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Oltita narsaga kafolat beringlar, men sizlarga jannat kafolatini beraman: Gapirsalaring rost so‘zlanglar; va’dani ustidan chiqinglar; omonatni ado qilinglar; zinodan saqlaninglar; ko‘zlaringni tiyinglar; qo‘llaringni (haromdan) tortinglar”. Ahmad, ibn Hibbon rivoyat qilgan.

24-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Oila quringlar, chunki men sizlarning ko‘pligingiz bilan ummatlarga maqtanaman. Nasoro rohiblariga o‘xshamanglar”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

25-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim mening fitratim (xulqim, tabiatim)ni yaxshi ko‘rsa, mening sunnatlarimga odatlansin. Va nikoh albatta mening sunnatimdandir”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

26-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Agar banda oila qursa, bas, dinining yarmini to‘ldiribdi. Qolgan yarmini to‘ldirish uchun Allohga taqvo qilsin”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

27-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Nikohning eng barakalisi chiqimi yengilrog‘idir”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

28-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim agar tili, qorni, farjining yomonligidan tiyila olsa, unga jannat vojib bo‘ladi”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

29-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kimki biror ayolga uning azizligi, obro‘ va sharafi uchun uylansa, Alloh unga xorlikni ko‘paytirib qo‘yadi. Kimki ayolning mol-dunyosi uchun uylansa, Alloh unga qashshoqlikni ko‘paytirib qo‘yadi. Kimki ayolning ota-bobolaridagi shon-sharaf tufayli uylansa, Alloh unga pastkashlikni ko‘paytirib beradi. Kimki ko‘zini haromdan tiyish uchun, zinodan saqlanish uchun, qarindosh-urug‘likni tiklash uchun uylansa, Alloh ayolni eriga, erni ayoliga barakali qilib qo‘yadi”. Tobaroniy rivoyat qilgan.

Davomini o'qish uchun quyidagi havoladan o'ting👇

https://www.facebook.com/share/p/1679NAEfCr/

02/05/2025

Nikoh haqida qirq hadis

1-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki oila ko‘zni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za tutish lozimdir. Chunki ro‘za shahvatni sindiruvchidir”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar.

2-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ayol kishini to‘rt xislati uchun nikohga olinadi: moli uchun; hasabi (ota—bobolarining obro‘si va maqtovga loyiq xislatlari) uchun; jamoli uchun; dini uchun. Sen dindorini tanlagin, qo‘ling qurigur”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

3-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Halollab olgan ayollaringizning haqlariga rioya qilmoq vafo qilishingiz kerak bo‘lgan shartlar ichida (zarur) haqlirog‘idir”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

4-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kishi musulmon birodarining (sovchiligi) ustiga sovchi qo‘ymasin. Hatto u uylanishi va yo tark etishigacha (sabr qilsin)”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

5-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Dunyoning bor-budi foydalanadigan matohlardir. Dunyo matohlari ichida eng yaxshisi soliha ayoldir”. Muslim rivoyat qilgan.

6-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ayol kishi qovurg‘adan yaratilgandir, hech sizning yo‘lingizga to‘g‘rilanmaydi. Agar undan foydalanmoqchi bo‘lsangiz uning qiyshiq holida foydalanasiz, Agar uni to‘g‘rilamoqchi bo‘lsangiz, sindirib qo‘yasiz. Uning sinishi taloq bo‘lishidir”. Muslim va Termiziy rivoyat qilgan.

7-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Qiyomat kuni Allohning huzurida eng yomon joyni egallagan kishi shunday kishidirki, xotini bilan jinsiy munosabatda bo‘lib, so‘ngra uning sirini (boshqalarga) yoyadi”. Muslim rivoyat qilgan.

8-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Bir dinorni Alloh yo‘lida sarfladingiz; bir dinorni qul ozod qilish uchun sarfladingiz; bir dinorni biror miskinga sadaqa qildingiz; bir dinorni ahli-oilangizga sarf qildingiz; shularning ichida eng ajri ulug‘i ahli-oilangizga sarf etilganidir”. Muslim rivoyat qilgan.

9-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Sizlardan kimki biror ayolga sovchi qo‘ysa, nikohni amalga oshishiga undovchi biror narsa(a’zosi)ni ko‘rib olishga qodir bo‘lsa, ko‘rib olsin”. Abu Dovud rivoyat qilgan.

10-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Mehrli, farzand tug‘adigan ayollarga uylaninglar, chunki men sizlarning boshqa ummatlardan ko‘pligingiz sababli faxrlanaman”. Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.

11-HADIS
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Agar sizlarga dini va xulqiga rozi bo‘lar darajada(gi solih) kishi sovchi qo‘ysa, unga (qizlaringni) turmushga bering. Agar unday qilmasalaring, yer yuzida fitna va keng fasod bo‘ladi”. Termiziy rivoyat qilgan.

12-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Bu nikohni (oshkora) e’lon qilinglar va (e’loni komil bo‘lishi uchun) masjidlarda amalga oshiringlar, nikohda do‘mbira chalinglar”. Termiziy rivoyat qilgan.

Izoh: Masjidda nikoh qilish mumkin biroq, do‘mbirani masjidda chalinmaydi. Faqihlarning izohlashicha, hadislarda aytilgan do‘mbiradan shaqildoqlari yo‘q do‘mbiralar ko‘zda tutilgan.

13-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “To‘rt (xislat) payg‘ambarlarning sunnatlaridandir: hayo; atir sepish; misvak ishlatish; nikoh”. Termiziy rivoyat qilgan.

14-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Uch toifa kishilar Allohdan yordam olishga haqlidir: o‘zini qullikdan ozod qilaman deb harakatda bo‘lgan mukotab; zinodan saqlanish niyati ila, poklikni xohlab nikohlanmoqchi bo‘lganlar; Alloh yo‘lida g‘azotga chiqqanlar”. Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyat qilgan.

15-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Go‘zal xulqli mo‘minlar iymoni komillardir. Sizlarning yaxshirog‘ingiz xotinlariga yaxshilik qiluvchilaringizdir”. Termiziy, ibn Hibbon rivoyat qilgan.

Davomini o'qish uchun quyidagi havoladan o'ting👇

https://www.facebook.com/share/p/16M6dCDetu/

30/03/2025

Umrimizni qadriga yetaylik!

14/03/2025

‼️ Yaxshilar yordamingizga muhtojmiz!

Fozilov Shuhrat Ro‘ziyevich UMURTQA POG‘ONA SINISHI kasalligi bilan kurashmoqda.

Bemor qurilishda yuqori qavatdan yiqilishi natijasida umurtqa pog‘onasi singan.

❗️ Hozirda bemor davolanishga muhtoj.

Bemor oilada yolg‘iz boquvchi 2 ta farzandni otasi

Ehsonim haqiqiy ehtiyojmand odamga yetib borsin desangiz, Shuhrat akani sog‘ayishi uchun oz bo‘lsa ham o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Siz uchun kichik bo‘lgan summa bemor og‘irini yengil qilib, oilasining bag'riga qaytaradi

✅ Ma’lumotlar tekshirilgan, ishonchli.

📎 Humo card: 9860120138787789

Karta ayoli Shaxlo Xamrayevani nomida

Tel raqami: +998972901084
Tel raqami: +998932409515

‼️ Bu postni yaqinlaringizga ham ulashib, Shuhrat akaning sog'ayishi uchun o'z yordamingizni ayamang!

🤲 Qilgan xayrli ishlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin

‼️ Yaxshilar yordamingizga muhtojmiz!Fozilov Shuhrat Ro‘ziyevich  SCF ( Umurtqa pog‘ona sinishi) kasalligi bilan kurashm...
14/02/2025

‼️ Yaxshilar yordamingizga muhtojmiz!

Fozilov Shuhrat Ro‘ziyevich SCF ( Umurtqa pog‘ona sinishi) kasalligi bilan kurashmoqda.

Bemor qurilishda yuqori qavatdan yiqilishi natijasida umurtqa pog‘onasi singan.

❗️ Hozirda bemor davolanishga muhtoj.

Bemor oilada yolg‘iz boquvchi 2 ta farzandni otasi

Ehsonim haqiqiy ehtiyojmand odamga yetib borsin desangiz, Shuhrat akani sog‘ayishi uchun oz bo‘lsa ham o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Siz uchun kichik bo‘lgan summa bemor og‘irini yengil qilib, oilasining bag'riga qaytaradi

✅ Ma’lumotlar tekshirilgan, ishonchli.

📎 Humo card: 9860120138787789

Karta ayoli Shaxlo Xamrayevani nomida

Tel raqami: +998972901084
Tel raqami: +998932409515

‼️ Bu postni yaqinlaringizga ham ulashib, Shuhrat akaning sog'ayishi uchun o'z yordamingizni ayamang!

🤲 Qilgan xayrli ishlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin

30/01/2025

Islom shariatiga ko‘ra nikohi harom bo‘lgan yaqin qarindoshlar ikki guruhga bo‘linadi:

1- Nasab (qon-qarindoshlik) bo‘yicha harom bo‘lganlar

Bu kishilar bilan nikohlanish doimiy ravishda harom qilingan bo‘lib, ular Qur’onda quyidagicha zikr etilgan:

“Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opalaringiz, ammalaringiz, xolangiz, jiyanlaringiz (ya’ni akangiz yoki ukangiz qizlari, opangiz yoki singlingiz qizlari) harom qilindi” (Niso surasi, 23-oyat).

Shunga ko‘ra, quyidagi qarindoshlar bilan nikohlanish taqiqlangan:
• Ona (buvisi, bobosi tomonidan bo‘ladigan buvisi ham shu jumlaga kiradi).
• Qiz (nabira – o‘g‘il yoki qiz farzandining farzandi ham shu jumlaga kiradi).
• Opa-singil (tug‘ishgan, otadan yoki onadan).
• Amma (ota tomondan bo‘lgan opa-singil).
• Xola (ona tomondan bo‘lgan opa-singil).
• Jiyan (aka yoki uka qizi).
• Jiyan (opa yoki singil qizi).

2- Nikoh sababli harom bo‘lganlar (musoharalik bo‘yicha)

Ba’zi ayollar, nikoh orqali yaqin qarindosh hisoblanib, ular bilan nikohlanish doimiy ravishda harom bo‘ladi. Ular Qur’onda shunday zikr qilingan:

“Sizlarga ayollaringizning onalari va ayollaringizdan bo‘lgan o‘gay qizlaringiz (agar ularning onalariga yaqinlik qilgan bo‘lsangiz) ham harom qilindi. O‘g‘illaringizning (o‘z belingizdan bo‘lgan farzandlaringizning) xotinlari va ikki opa-singilni birga nikohlash ham (harom qilindi)” (Niso surasi, 23-oyat).

Ushbu ayollar bilan nikohlanish mumkin emas:
• Xotinining onasi (ularning qiziga faqat nikoh qilingan bo‘lsa ham, onasi bilan nikohlanish mumkin emas).
• O‘gay qiz (xotinining qizi) (agar erkak onasi bilan yaqinlik qilgan bo‘lsa, qizi unga harom bo‘ladi).
• O‘g‘ilning xotini (agar u o‘zidan bo‘lsa, ya’ni o‘z belidan chiqqan farzandi bo‘lsa).
• Otaning xotini (o‘gay ona).

3- Emiziklik sababli harom bo‘lganlar (ridho’a bo‘yicha)

Payg‘ambarimiz ﷺ aytganlar: “Nasab bo‘yicha harom bo‘lgan narsa emizish orqali ham harom bo‘ladi” (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Agar chaqaloq ikki yoshga to‘lishidan oldin besh mahal to‘ygunicha emsa, u bolaga emizgan ayolning o‘z farzandi singari harom bo‘ladi. Shunga ko‘ra, quyidagilar bilan nikohlanish harom bo‘ladi:
• Emizgan ona (chaqaloqni besh mahal emizgan ayol).
• Emizikdosh opa-singil (agar bir ayol ikkala chaqaloqni ham emizgan bo‘lsa).
• Emizikdosh amma (agar emizgan ayol bolaning otasining emizikdosh opasi bo‘lsa).
• Emizikdosh xola (agar emizgan ayol bolaning onasining emizikdosh singlisi bo‘lsa).
• Emizikdosh aka yoki uka qizi.
• Emizikdosh opa yoki singil qizi.

4- Birgalikda nikohlash taqiqlangan ayollar

Ba’zi ayollarni bir vaqtning o‘zida nikohlash harom hisoblanadi:
• Ikki opa-singilni birga nikohlash.
• Ayol va uning ammasi yoki xolasini birga nikohlash.

Bu shariat bo‘yicha doimiy yoki vaqtinchalik ravishda nikohi harom bo‘lgan ayollar toifalaridir.

26/01/2025

🔴 ME'ROJ KECHASI HAQIDA ( 26-yanvar, 2025-yil) LIVE

👉 Tohir Abdulloh — sahifamizga obuna boʻling!

18/01/2025

Allohning ne'matlarini eslang

12/01/2025

Sodiqlar bilan birga bo'ling!

11/01/2025

Sizga yordam berganlarni aslo unutmang!

Address

O'zbekiston
Tashkent

Website

https://t.me/Tohir_Abdulloh

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tohir Abdulloh posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share