O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Media/News Company, г. Ташкент, площадь Х. Алимджана, БЦ «Пойтахт», западная сторона, 4-2, Tashkent.

🇰🇬🇺🇿Qirg‘iziston va O‘zbekiston yosh parlamentariylarining II forumi: ikkinchi kunForumning ikkinchi kunida yosh parlame...
13/08/2026

🇰🇬🇺🇿Qirg‘iziston va O‘zbekiston yosh parlamentariylarining II forumi: ikkinchi kun

Forumning ikkinchi kunida yosh parlament a’zolarining qonun ijodkorligi jarayonidagi o‘rni, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik, innovatsiyalar va ekologiya yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Panel sessiyasida O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Mamaturdiyev ham ishtirok etdi.

Forum ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston–Qirg‘iziston hamkorligini yoshlar ishtirokida yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

• O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi vakillari II O‘zbekiston–Qirg‘iziston Yosh parlamentariylari forumida ishtiro...
10/08/2026

• O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi vakillari II O‘zbekiston–Qirg‘iziston Yosh parlamentariylari forumida ishtirok etmoqda

• Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida II O‘zbekiston–Qirg‘iziston Yosh parlamentariylari forumi o‘z ishini boshladi.

• Forumda ikki mamlakat yosh parlamentariylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatorida O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

• Tadbir doirasida yoshlar siyosati, parlamentlararo hamkorlik, yoshlarning qonunchilik jarayonidagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |

Swipe Left👉🏻
06/08/2026

Swipe Left👉🏻

OTT platformalar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi23-iyul kuni O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasida Bos...
24/07/2026

OTT platformalar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

23-iyul kuni O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasida Boshqaruv raisi boshchiligida Assotsiatsiyaga a’zo OTT platformalar rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda OTT platformalar faoliyatining bugungi holati, sohadagi dolzarb masalalar va mavjud muammolar, shuningdek, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muloqot davomida platforma vakillarining takliflari tinglanib, sohani rivojlantirish hamda mavjud masalalarga tizimli yechim topish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident!
24/07/2026

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident!

Nodavlat tele va radiokanallar faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindiBugun Ommaviy axborot vositalari uc...
17/07/2026

Nodavlat tele va radiokanallar faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Ommaviy axborot vositalari uchun Kontent tayyorlash markazida O’zbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga a’zo nodavlat tele va radiokanallar rahbarlari, bosh muharrirlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Gibrid formatda tashkil etilgan muloqotda hududlardagi mahalliy nodavlat tele va radiokanallar vakillari ham videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida tele va radio sohasini yanada rivojlantirish, jurnalistlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash, sifatli media kontent yaratish hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va “O‘zmetkombinat” AJ o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandiMamlakatimiz yi...
16/07/2026

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va “O‘zmetkombinat” AJ o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Mamlakatimiz yirik sanoati hamda milliy axborot makoni o‘rtasidagi hamkorlikda muhim qadam qo‘yildi. O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ o‘rtasida keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur strategik ahamiyatga ega hujjatni O‘zMMA Boshqaruv raisi Odiljon Tojiyev va “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev imzoladilar.

|

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga a’zo hamda hamko...
16/07/2026

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga a’zo hamda hamkor ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida keng qamrovli press-tur bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning dastlabki manzili kombinat ishchi-xodimlarining mashaqqatli va sharafli mehnati ulug‘langan yodgorlik majmuasi bo‘ldi. Mazkur maskanda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev hamda O‘zMMA Boshqaruv raisi Odiljon Tojiyev boshchiligida jurnalistlarga kombinatning shonli tarixi va bugungi k***a mamlakat iqtisodiyotidagi muhim ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar kombinatning yangi obyektlari faoliyati bilan tanishdilar. Xususan, 2026-yilda ishga tushirilgan “Sun’iy intellekt markazi” barcha ishlab chiqarish korxonalarini real vaqt rejimida kuzatish va chuqur tahlil qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur loyiha kombinatning raqamlashtirish sari qo‘yayotgan eng muhim strategik qadamlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

O’zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o’rtasida hamkorlik masalalari muh...
14/07/2026

O’zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 14-iyul kuni O’zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Odiljon Tojiyev hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar media sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda axborot makonini yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Muloqotda media savodxonligini rivojlantirish, axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

MUNOSIB E’TIROF BILAN MUBORAKBOD ETAMIZ!“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘t...
10/07/2026

MUNOSIB E’TIROF BILAN MUBORAKBOD ETAMIZ!

“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur marosimda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruv raisi Tojiyev Odiljon Fotihjon o‘g‘li yuksak e’tirof — “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu nufuzli mukofot Odiljon Fotihjon o‘g‘lining mamlakatimiz media sohasini rivojlantirish, milliy jurnalistika taraqqiyoti hamda axborot makonini yanada mustahkamlash yo‘lidagi samarali mehnati va munosib hissasining yuksak e’tirofidir.

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi jamoasi nomidan Boshqaruv raisimiz Odiljon Fotihjon o‘g‘lini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mas’uliyatli faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, yangi zafar va yutuqlar tilaymiz!

Address

г. Ташкент, площадь Х. Алимджана, БЦ «Пойтахт», западная сторона, 4-2
Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi:

Shortcuts

Share