
25/03/2025
UZEX dividendlar uchun 143,2 mlrd so‘m yo‘naltiradi
2025-yil 19-martda "O‘zRTXB" AJ (UZEX) aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida dividendlarni to‘lash uchun 143,2 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Aksiyadorlar har bir aksiya uchun 382 so‘mdan olishadi. Masalan, agar aksiyador 5000 ta aksiyaga ega bo‘lsa, u holda dividendlar 1 910 000 so‘mni (382 so‘m × 5000 ta aksiya) tashkil etadi.
2024-yil noyabr oyida UZEX foydani kapitalizatsiya lashni amalga oshirgan, natijada har bir aksiyador mavjud aksiyalarga qo‘shimcha 4 tadan aksiyaga ega bo‘lgan. Bu operatsiya dividendlarni aksiyalar ko‘rinishida to‘lash hisoblanadi. Shunday qilib, 2024-yil yakuniga ko‘ra, UZEX dividendlarni to‘lashga 342 milliard so‘m yo‘naltirdi (143,2 milliard so‘m pul va 198,8 milliard so‘m aksiya shaklida), bu sof foydaning 107 foizini tashkil etadi (2023-yilda 85 foizni tashkil etgan).
Dividendlarni qanday olish mumkin?
1️⃣ Dividendlarni olish uchun ariza namunasini UZEX saytidan yuklab oling https://www.uzex.uz/uz/pages/public-data-on-accrued-dividends.
2️⃣ Arizani to‘ldiring.
3️⃣ Arizani [email protected] elektron manziliga yuboring.
4️⃣ Siz ko‘rsatgan hisob raqamiga pul tushishini kuting. Dividendlar aksiyadorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan k***an boshlab 60 kun ichida to‘lanadi.
ℹ️ Dividendlar olish bo‘yicha savollar bo‘lsa, aksiyadorlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin (+99871) 207-00-33, ichki raqam 10-45.
Xalqchil IPO kanaliga obuna bo‘ling va navbatdagi IPO-dan xabardor bo‘ling!