02/09/2026
Aziz ustozlar va o‘quvchilar!
Bugun 2-sentabr — yangi o‘quv yilining ilk kuni. Maktabga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarimiz va ilmu ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarimiz — mahallamiz, mamlakatimizning yorqin kelajagidir.
Ustozlarimiz bu yo‘lda eng ishonchli yo‘lboshchi. Sizlarning fidoyiligingiz kelajak avlodni barkamol inson qilib tarbiyalaydi.
Yangi o‘quv yili barcha uchun muvaffaqiyat, yoshlarimiz uchun esa yangi marralarga qanot bo‘lsin!
O'zbekiston mahallalari uyushmasi jamoasi