Darakchi.uz

Darakchi.uz Энг сўнгги Ўзбекистон ва жаҳон янгиликлари

Xalqaro jinoiy sud Tolibon oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda va Afg‘oniston Oliy sudi raisi Abdul Hakim Haqqoniyni hibs...
08/07/2025

Xalqaro jinoiy sud Tolibon oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda va Afg‘oniston Oliy sudi raisi Abdul Hakim Haqqoniyni hibsga olishga order berdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Tergov palatasi Tolibon Afg‘onistonda davlat siyosatini olib borgani, natijada tinch aholining asosiy huquq va erkinliklari buzilgani, jumladan, o‘ldirish, qamoqqa olish, qiynoqlar, zo‘rlash va g‘oyib bo‘lishlar kuzatilganini aniqlagan. Sud toliblarni qizlar va ayollarni ta’lim olish, shaxsiy va oilaviy hayot, shuningdek, harakat erkinligi, fikrlash, vijdon va din erkinligidan ataylab mahrum qilganlikda gumon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil martida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qamashga order bergandi. 2024 yil noyabrida esa Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Ioav Gallantni hibsga olishga ham order taqdim etildi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2 nafar voyaga yetmagan qiz ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini pastga tashlab, joniga q...
08/07/2025

Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2 nafar voyaga yetmagan qiz ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qildi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz so‘roviga asosan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismiga 7 iyul kuni soat 08:15 da shaharning Nurli hayot ko‘chasida joylashgan 7 qavatli uyning tomidan 2 fuqaro o‘zini-o‘zi pastga tashlab, vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

O‘tkazilgan tekshiruvda o‘z joniga qasd qilgan qizlar – 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.S. hamda 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.B. ekani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Yevrokomissiya Ukrainaga ko‘mak berishning turli yo‘llarini muhokama qilmoqda. Gap harbiy yordamni budjetdan tashqari gr...
08/07/2025

Yevrokomissiya Ukrainaga ko‘mak berishning turli yo‘llarini muhokama qilmoqda. Gap harbiy yordamni budjetdan tashqari grantlar shaklida yuborish, 50 milliard dollarlik kredit ajratish va Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish haqida bormoqda.

Ukrainaning 2026-yilgi budjetida kamida 19 milliard yevrolik teshik yuzaga kelgan. Sabab – investorlar va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi urush 2025 yilda yakunlanadi, degan umidda moliyaviy rejalarni tuzgan edi.

Ammo real vaziyat bunga mos emas: urush davom etmoqda, mablag‘lar esa kamaymoqda.

“Endi ko‘pchilik xarajatlarni qayta hisoblashga majbur. Har qanday ssenariyda moliyaviy teshik yuzaga chiqadi”, – deydi Ukrainadagi muzokaralarda ishtirok etayotgan Yevroittifoq rasmiysi, Financial Times nashri yozishicha

Bugun, 8 iyul kuni ertalab Rossiyaning bir nechta hududlarida mustaqil jurnalistlar, huquq himoyachilari va madaniy tash...
08/07/2025

Bugun, 8 iyul kuni ertalab Rossiyaning bir nechta hududlarida mustaqil jurnalistlar, huquq himoyachilari va madaniy tashkilotlar vakillari uyida tintuvlar o‘tkazildi. Taxminlarga ko‘ra, bu harakatlar “davlatga xiyonat” moddasiga oid jinoyat ishi doirasida amalga oshirilgan.

Ishonchli manbalarga ko‘ra, Irkutskda “Sibir qiynoqlarsiz” jamg‘armasi rahbari Svyatoslav Xromenkovning uyi tintuv qilindi. U IRK-6 koloniyasida qiynoqqa solingan mahbuslar huquqlarini himoya qilib kelayotgan edi. Tintuv chog‘ida barcha texnika, hujjatlar va telefonlar olib qo‘yildi. Xromenkovning aytishicha, hozir uni advokat bilan ko‘rishishga qo‘ymayapti. Rafiqasi bu holatni “qo‘rqitish akti” deb baholagan. Ayni paytda advokat uni qayerda ekanini aniqlay olmayapti.

Yoshkar-Olada ham huquq himoyachilari – Irina Protasova va Olga Vasileva uyida va ofisida tintuvlar bo‘lib o‘tdi. Ularning telefonlari va texnikalari musodara qilindi. Protasovani esa tergov qo‘mitasiga olib ketishgan.

Jurnalistlar ham chetda qolmadi. Siyosiy mahbuslar ustidan sud ishlarini yoritgan va SOTAvision bilan hamkorlik qilgan jurnalist Yekaterina Tkachyova uyida ham tintuv bo‘lib, u Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ga so‘roq uchun olib ketildi.

Bundan tashqari, mamlakatning “Revolt-markazi” nomli madaniy makonda ham FSB xodimlari tintuv o‘tkazdi. Bu markaz 2019 yildan beri ko‘rgazma va ma’ruzalar o‘tkazib kelayotgan edi. Uning xodimlari uyida ham tintuvlar bo‘ldi.

Rasmiylar bu hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi bor-yo‘qligini hozircha izohlamadi. Ammo kuzatuvchilarning fikricha, bu bosimlar mustaqil ovozlarni o‘chirishga qaratilgan navbatdagi urinish bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish davri nihoyasiga yetdi. 11 iyuldan boshlab barcha testlar faqat kompy...
08/07/2025

O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish davri nihoyasiga yetdi. 11 iyuldan boshlab barcha testlar faqat kompyuterda o‘tkaziladi. Bu haqda IDP test markazi rasmiy xabar berdi.

10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan IELTS — qog‘ozli shaklda o‘tkaziladigan so‘nggi imtihon bo‘ladi. Bu o‘zgarish IDP, British Council va Cambridge University Press & Assessmenttomonidan o‘tkaziladigan barcha imtihonlarga tegishli.

Qog‘ozli shaklning bekor qilinishi operativ va xavfsizlik sabablari bilan izohlanmoqda. So‘nggi oylarda ayrim imtihonlarning javoblari testdan oldin tarqab ketgani haqida xabarlar chiqqan edi. Xususan, 7 iyun kuni o‘tkazilgan imtihon javoblari kechikib 24 iyunda e’lon qilingan.

Shu sabab, Edu-Action Exams markazi ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga ikkita imkoniyatni taklif qilmoqda:

1. IELTSni kompyuter shaklida topshirish (bepul o‘tkaziladi);

2. To‘lovni to‘liq qaytarib olish.

Ma’lumot uchun, har yili dunyo bo‘yicha 4 milliondan ortiq inson IELTS topshiradi. Bu test oliy ta’lim, migratsiya va ishga joylashishda xalqaro e’tirofga ega bo‘lgan eng ishonchli tizimlardan biri hisoblanadi.

Isroil hukumati agar Eron uranni boyitishni qayta boshlasa, uning yadro obyektlariga hujum qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu...
08/07/2025

Isroil hukumati agar Eron uranni boyitishni qayta boshlasa, uning yadro obyektlariga hujum qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Axios nashri ma’lum qildi.

Yangi zarbalarni berish ssenariylaridan biri Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi yadroviy obyektlardan yuqori boyitilgan uranni olib chiqishga urinishi bo‘lishi mumkin, dedi nashrga xabardor manbalar.

Ilgari ushbu obyektlar Isroil va AQSH tomonidan hujumga uchragan edi. Shuningdek, Isroil qo‘shinlari Tehronning yadroviy dasturini, xususan, uranni boyitish obyektlarini tiklashga urinishlari tufayli hujumlarni qayta boshlashi mumkin.

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’lum shartlar asosida Eronga zarba berishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi, dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning bosh maslahatchisi Ron Dermer.

U o‘tgan hafta AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens, davlat kotibi Marko Rubio va Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashgan. Isroil 13 iyundan boshlab Eronga tinimsiz hujum qilib, uning yadroviy obyektlari, mudofaa tizimlari, yuqori martabali harbiy amaldorlari va yadrochi olimlarini nishonga oldi.

Hujumlar oqibatida kamida 627 kishi, jumladan, ko‘plab tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, deb xabar berdi Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Andijon viloyatida ikki nafar 8 yoshli bola hovuzga tushib ketishi ortidan halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbu...
08/07/2025

Andijon viloyatida ikki nafar 8 yoshli bola hovuzga tushib ketishi ortidan halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Oltinko‘l tumani “ORS” MFYda yashagan 8 yoshli voyaga yetmagan A.U. hamda Oltinko‘l tumani “Suvyulduz” MFYda yashagan 8 yoshli M.M. joriy yilning 5 iyul kuni soat 14:00 larda Oltinko‘l tumani Turkiston massivida joylashgan “Jaloliddin oltin tolasi” fermer xo‘jaligiga qarashli tomchilab sug‘orish tizimi uchun qazilgan hovuzga cho‘milish uchun tushishgan.

Oqibatda, ikkisi ham suvda cho‘kib, hodisa joyida vafot etishgan. Ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Niderlandiya va Norvegiya Polsha havo hududini NATO doirasida patrullashni boshlaydi. Bu haqda Niderlandiya mudofaa vazi...
08/07/2025

Niderlandiya va Norvegiya Polsha havo hududini NATO doirasida patrullashni boshlaydi. Bu haqda Niderlandiya mudofaa vaziri Ruben Brekelmans X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu qadam Rossiyani tiyib turish va Ukraina uchun muhim ta’minot yo‘llarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Brekelmans, shuningdek, Niderlandiya va Polsha o‘rtasida harbiy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yangi kelishuv imzolangani, bu esa birgalikdagi mashg‘ulotlar sonining oshishi, havo hujumidan mudofaa tizimlarini mustahkamlash va mudofaa sanoatidagi aloqalarni kengaytirishni nazarda tutishini aytdi.

Norvegiya esa 30 iyun kuni F-35 rusumidagi qiruvchi samolyotlarini Polshaga yuborishini e’lon qildi. Norvegiya Mudofaa vazirligining bildirishicha, bu hissa NATOning integratsiyalashgan havo va raketaga qarshi mudofaa tizimi doirasida ko‘rilayotgan choralar qatoriga kiradi.

F-35’lar ayniqsa Jeshuv-Yasenka aeroporti atrofi va Polsha havo hududida xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari 12 ming AQSH dollari pora olgan paytida ushlandi. U ...
08/07/2025

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari 12 ming AQSH dollari pora olgan paytida ushlandi. U yer maydoni ajratish evaziga Taxiatosh tumanida faoliyat yurituvchi, qizilmiya ildizini qayta ishlashga ixtisoslashgan xususiy korxona rahbari bilan kelishuvga borgan. Bu haqda Darakchi.uz nashri Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hokim o‘rinbosari Beruniy tumanidan 150 gektar yerni ajratib berishni va’da qilgan. Tezkor tadbir chog‘ida u ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.

Poraviy jinoyat Namanganda ham kuzatilgan. Kosonsoy tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari 24 gektar yer maydonini “tanish mansabdor” orqali boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 240 ming dollar talab qilgan. U oldindan 50 ming dollar olgan paytida ushlangan.

Qizig‘i shundaki, u bilan “hamkorlik” qilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Kosonsoy tuman loyiha ofisi bosh mutaxassisi ham 10 ming dollar pora bilan ushlangan.

Pora Andijonda ham to‘xtamadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 6 sotix yerda noqonuniy qurilgan inshoot bo‘yicha kam xulosa berish uchun 1 000 dollar olgan paytida qo‘lga tushdi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Rossiyada Federal soliq xizmati (FNS) Qozog‘istonda masofaviy ishlagan fuqarolarga 2022–2023 yillar uchun to‘liq daromad...
08/07/2025

Rossiyada Federal soliq xizmati (FNS) Qozog‘istonda masofaviy ishlagan fuqarolarga 2022–2023 yillar uchun to‘liq daromad solig‘ini to‘lash talabini qo‘ydi. Bu esa ikki tomonlama soliqqa tortilish holatini yuzaga keltirdi — axir ular bu yillarda Qozog‘istonda allaqachon 5 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan stavkada soliq to‘lashgan edi.

Soliqchilarning talqini bo‘yicha, ish Rossiya hududida turib bajarilgan, shuning uchun daromad solig‘i aynan Rossiyada olinishi kerak. Eng ajablanarlisi — ular bu masalada ishchilarning Qozog‘istonda soliq to‘lagani va 1996 yildan beri ikki davlat o‘rtasida ikki tomonlama soliqdan ozod qilish bo‘yicha konvensiya amal qilishini hisobga olmayapti.

FNS vakillari “Vedomosti” gazetasiga bergan izohida shunday deydi: agar ish xorijda bajarilgan bo‘lsa-yu, biroq xodim Rossiya soliq rezidenti maqomini saqlagan bo‘lsa, u holda u o‘zining xizmat safarini (komandirovka) hujjatlar bilan tasdiqlashi kerak.

Ekspertlarga ko‘ra, bu holat Rossiyada masofaviy ish shaklining ommalashgani va Ukrainaga bosqindan so‘ng ko‘plab rossiyaliklar hamda kompaniyalar Qozog‘istonga relokatsiya qilgani bilan bog‘liq

AQSH prezidenti Donald Tramp 1 avgustdan boshlab Yaponiya va Janubiy Koreyadan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizl...
08/07/2025

AQSH prezidenti Donald Tramp 1 avgustdan boshlab Yaponiya va Janubiy Koreyadan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik boj stavkasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining “Truth Social” tarmog‘ida rasmiy maktublarni e’lon qilish orqali bildirdi.

Tramp Tokio va Seulni ishlab chiqarish quvvatlarini AQSHga ko‘chirishga chaqirdi — bu orqali ular boj to‘lovlaridan qutulishi mumkinligini ta’kidladi. Aks holda, u tarif stavkalarini yanada oshirish bilan tahdid qildi:

“Agar Yaponiya yoki Janubiy Koreya o‘z boj stavkalarini ko‘taradigan bo‘lsa, biz ham bu raqamga 25 foiz qo‘shamiz”, — dedi Tramp.

Ushbu bayonot AQSHning Osiyo davlatlari bilan savdo munosabatlarida keskin burilish bo‘lishi mumkinligidan darak bermoqda

Address

Амир Тимур
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 10:00 - 15:00

Telephone

+998712155161

Website

https://t.me/darakchi

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Darakchi.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Darakchi.uz:

Share