Pivot Uz

Pivot Uz Connecting Uzbekistan’s Future Innovators with the World

12 oyda 100 barobar o’sish ortidagi sirlarni o’tkazib yubormang!Har kuni o’ylab yurgan savolingiz: “Nega boshqalarda ret...
25/07/2026

12 oyda 100 barobar o’sish ortidagi sirlarni o’tkazib yubormang!

Har kuni o’ylab yurgan savolingiz: “Nega boshqalarda retention va MRR o’syapti-yu, bizda yo’q?”

Javobni bugun kechqurun bilib olasiz. Yoki bilmay, yana noto’g’ri gipotezalarni test qilib vaqt va pul yo’qotasiz. Suhbat onlayn bo’lgani uchun xohlagan joyingizdan ulanib olishingiz mumkin.

🔹 Bugun 20:00 da Pivot Talk’da DOMO asoschisi Alisher Tojiyev va Aloqaventures Partneri Davron Parmonov bilan jonli muloqot bo’lib o’tadi.

Muhokama markazida:
• DOMO qanday qilib millionlar ehtiyojiga aylandi?
• Mass-marketga chiqish va foydalanuvchilarni ushlab qolish;
• Investorlar e’tibor beradigan real metrikalar.

🗓 Vaqt: Bugun, 25-iyul | 20:00
🔥 Jonli efir havolasi storisda

📌 Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring. Eng qiziqarli savollarga spikerlarimiz jonli efirda javob berishadi!

🚀 Startup Garage GRAND DEMO DAY ga taklif qilamiz!2 oy davomida saralangan eng istiqbolli startup loyihalari final bosqi...
24/06/2026

🚀 Startup Garage GRAND DEMO DAY ga taklif qilamiz!

2 oy davomida saralangan eng istiqbolli startup loyihalari final bosqichida o‘z g‘oyalarini taqdim etadi. Loyihalarni venture fondlar vakillari va angel investorlar baholab, eng kuchli startuplarni aniqlashadi.

🎯 Tadbir davomida:
• Startup loyihalar pitchlari
• Investorlar va ekspertlar bilan networking
• Startuplar uchun investitsiya olish imkoniyati
• Homiylardan maxsus sovg‘alar

📅 25-iyun | 14:00
📍 School 21, Toshkent

🎟 Tomoshabin sifatida qatnashish bepul. Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: tadbir.app

SportTech: global bozor va daromad imkoniyatlariDunyo bo’ylab sport industriyasi texnologiya bilan birlashib, yangi daro...
13/06/2026

SportTech: global bozor va daromad imkoniyatlari

Dunyo bo’ylab sport industriyasi texnologiya bilan birlashib, yangi daromad modellarini yaratmoqda. O’zbekistonda esa bu soha endigina shakllanmoqda — ya’ni, imkoniyat katta.

Navbatdagi Pivot Talk’da Xusniddin Rashidov – 7Saber Rating CEO va Co-founder’i bilan global SportTech bozori, O’zbekistonda sport-texnologiyalari uchun real daromad imkoniyatlari va amaliy tajribalar haqida ochiq suhbat qilamiz.

📅 Sana: 15-iyun
🕒 Vaqt: 20:00

👉 Jonli suhbat havolasi Telegram kanalida

Avtomato.uz platformasi O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo‘lgan REVO asoschisi, dasturiy ta’minot muha...
10/06/2026

Avtomato.uz platformasi O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo‘lgan REVO asoschisi, dasturiy ta’minot muhandisi va Xorazmlik tadbirkor Yo‘ldoshboy Sultonov tomonidan 2025-yil aprel oyida ishga tushirilgan.

Bugungi kunga qadar Avtomato.uz platformasi 100 dan ortiq korporativ mijozlar ishonchini qozonib, ularning biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qilmoqda. Kompaniya 2026-yil yakuniga qadar mijozlar bazasini 500 tadan oshirishni maqsad qilgan.

👉 Batafsil Pivot.uz o’qing

🚀 GITEX AI Kazakhstan2026-yilning 4−5-may kunlari Olmaota shahridagi IEC Atakent maydonida mintaqadagi eng nufuzli texno...
28/04/2026

🚀 GITEX AI Kazakhstan

2026-yilning 4−5-may kunlari Olmaota shahridagi IEC Atakent maydonida mintaqadagi eng nufuzli texnologik tadbirlardan biri — GITEX AI Kazakhstan xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur forum global GITEX ekotizimining bir qismi bo‘lib, Markaziy Osiyo va Kavkazda sun’iy intellekt hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun asosiy maydon vazifasini o‘taydi.

👉 Batafsil Pivot.uz’da o’qing

Startap qurish uchun kapital emas, muhit kerak — Founders Hub asoschisi bilan suhbatAvvalroq Founders Hub ochilishi haqi...
22/04/2026

Startap qurish uchun kapital emas, muhit kerak — Founders Hub asoschisi bilan suhbat

Avvalroq Founders Hub ochilishi haqida xabar bergan edik. Endi esa loyiha asoschisi Omon Sultonov bilan bo‘lgan intervyu asosida batafsil ma’lumotlarni ulashamiz.

Founders Hub — shunchaki ofis emas, balki Kremniy vodiysi tajribasiga asoslangan hamda o‘zbek startaplarini AQSH bozoriga olib chiquvchi rezidentlik dasturi. Hozirda 20 ta jamoa uchun 12 haftalik bepul rezidentlikka arizalar qabul qilinmoqda, bunda mahsulotning tayyorligidan ko‘ra founderning salohiyati va intizomi muhimroq hisoblanadi.

👉 Batafsil Pivot.uz’da o’qing

Mobil ilovaga pul to‘laydigan foydalanuvchilarni jalb qilish: Founderlar va developerlar uchun real yondashuvlarBugungi ...
05/04/2026

Mobil ilovaga pul to‘laydigan foydalanuvchilarni jalb qilish: Founderlar va developerlar uchun real yondashuvlar

Bugungi k***a mobil ilova yaratishning o‘zi yetarli emas - eng muhim masala bu unga pul to‘laydigan foydalanuvchilarni jalb qilishdir. To‘g‘ri marketing strategiyasi va yondashuv orqali ilovangizni daromad keltiradigan mahsulotga aylantirish mumkin.

Navbatdagi Pivot Talk’da Sadriddin Abduraximov – CORSA Marketing agentligi rahbari bilan mobil ilovaga pul to‘laydigan foydalanuvchilarni jalb qilish, real-case misollar, samarali strategiyalar va amaliy tajribalar haqida ochiq suhbat qilamiz.

📅 Sana: 9-aprel
🕒 Vaqt: 17:00

👉 Jonli suhbat havolasi Telegram kanalida

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildiBitimning barcha tafsilotlari, investorlar ro‘yxati va fondlari...
12/03/2026

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Bitimning barcha tafsilotlari, investorlar ro‘yxati va fondlarimizning kelgusi rejalari haqida batafsil maqolada o‘qing.

👉 Bitim tafsilotlarni Pivot.uz’da o’qing

YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapiXXI asrda yashayapmiz, lekin hali ham to‘y rejalashtirish u...
04/03/2026

YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

XXI asrda yashayapmiz, lekin hali ham to‘y rejalashtirish uchun oylab vaqt, asab va haftasiga kamida 6 soat vaqtimizni sarflayapmiz. Eng yomoni — har 4 ta to‘ydan biri katta qarz evaziga o‘tkazilmoqda.

YorYor platformasi orqali:
• to‘y xarajatlarini $3,000 gacha tejash;
• barcha xizmatlarni (to‘yxona, fotograf, xonanda) vositachisiz topish;
• shaffof narxlar va raqamli taklifnomalardan va boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin.

Google va mahalliy venchur fondlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, $500,000 ga baholangan o‘zbek startapi va uning asoschisi Mokhinur Inomovaning startap yo’li bilan tanishing.

👉 Maqolani Pivot.uz’da o’qing

Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydonVenchur kapitali olam...
02/03/2026

Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Venchur kapitali olamidagi eng yirik tadbirlardan biri — Central Eurasian Venture Forum 2026-yilning 3-aprel kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu forum mintaqadagi eng faol investorlar va eng istiqbolli startaplarni birlashtiradi.

PIVOT promokodi bilan forum chiptalarining barcha toifalariga 15% chegirma oling.

👉 Forum haqida batafsil Pivot.uz’da o’qing

Address

4A Muminov
Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Pivot Uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share