O'zbekiston 24 telekanali

O'zbekiston 24 telekanali Tarix hozir yozilmoqda — O'zbekiston 24 telekanali uni sizga darhol yetkazadi! Oʻzbekiston 24 telekanalining rasmiy facebook sahifasi.

31/07/2026

Toshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmuasi ommaviy savdoga chiqariladi

Prezident qaroriga muvofiq, poytaxtdagi 35 ta bozor, savdo majmuasi va ularning shoxobchalari xususiylashtirish doirasida sotuvga qo‘yiladi. Ular orasida «Qo‘yliq», «Sergeli», «Yangiobod», «Parkent», «O‘rikzor», «Navro‘z», «Farhod» va boshqa yirik bozorlar ham bor.

Loyihaga ko‘ra, ushbu hududlarda zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, ko‘ngilochar majmualar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar barpo etiladi.

31/07/2026

🚨 7 milliard dollar!

Johnson & Johnson nega buncha katta to‘lov qilishiga to‘g‘ri kelmoqda?

31/07/2026

Prezidentimiz Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning norasmiy sammitida nutq so‘zladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy M...
31/07/2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi nutqi (https://president.uz/oz/lists/view/9477)

Toshkentning to‘rtta kirish joyida ramziy darvozalar quriladiRohat, Bektemir, Erkin va Uch qahramon ramziy darvozalarini...
31/07/2026

Toshkentning to‘rtta kirish joyida ramziy darvozalar quriladi

Rohat, Bektemir, Erkin va Uch qahramon ramziy darvozalarini qurish orqali turistlar oqimini oshirish maqsad qilingan.

31/07/2026

Prezidentlarga taom tayyorlagan oshpaz

31/07/2026

"Zolotaya Korona" ishlashda davom etadi: O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida uzilish bo‘lmaydi

Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari ortidan ayrim mamlakatlarda xalqaro pul o‘tkazmalariga oid xavotirlar kuchaydi. Biroq Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda "Zolotaya Korona" tizimi orqali pul yuborish va qabul qilish jarayonlari odatdagi tartibda davom etmoqda.

Qayd etilishicha, sanksiyalar tizimning o‘ziga emas, balki unga xizmat ko‘rsatuvchi hisob-kitob bankiga nisbatan joriy etilgan. Shu sababli foydalanuvchilar uchun amaldagi xizmatlarda hech qanday cheklov mavjud emas.

Shuningdek, yaqin kunlarda tizim sanksiyalarga duch kelmagan yangi bank operatoriga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu esa pul o‘tkazmalarining barqarorligini yanada mustahkamlaydi.

📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida mazkur tizim orqali O‘zbekistonga qariyb 2,4 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ yuborilgan.

O‘zbekistonda aholi daromadlari yarim yilda 9,2 foizga o‘sdi2026-yilning birinchi yarmida mamlakatda aholi umumiy daroma...
31/07/2026

O‘zbekistonda aholi daromadlari yarim yilda 9,2 foizga o‘sdi

2026-yilning birinchi yarmida mamlakatda aholi umumiy daromadlari 618,3 trln so‘mga yetdi.

30/07/2026

Yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi kurash: Prezident qarori ijrosida qanday ishlar qilindi?

30/07/2026

🎖O‘zbekiston yetakchisi yana bir yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Davlat tashrifining eng yorqin voqealaridan biri Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonning oliy davlat mukofotlaridan biri — I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlangani bo‘ldi. Mukofotni davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi (https://president.uz/oz/lists/view/9473).

Davlatimiz rahbari ushbu mukofotni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlikni mustahkamlash hamda ikki davlat munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga olib chiqish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning yuksak e’tirofi sifatida baholadi.

Address

Toshkent
Tashkent
100000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zbekiston 24 telekanali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share