Boshlang’ich ta’lim jurnali

Boshlang’ich ta’lim jurnali 🔹ochiq dars ishlanmalar
🔹tadbir ssenariylari
🔹dars jarayonidan lavhalar
🔹ko‘rgazmalar
🔹podkast “Pedagogik majlis”
🔹pedagogik klubi
🔹jonli efirlar

PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi   Bugun ta’lim sohasidagi muhim voqealarda...
10/09/2026

PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi

Bugun ta’lim sohasidagi muhim voqealardan biri — O‘zbekistonning PISA 2025 xalqaro baholash dasturidagi ishtiroki natijalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan Ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.

Forumda O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotidagi ishtiroki, o‘quvchilarning natijalari, bilim darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirda “Boshlang‘ich ta’lim” ilmiy-metodik jurnali muharriri ham ishtirok etdi.

Forum doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturining natijalari rasman e’lon qilindi.

O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi bor ishtirok etdi. Mamlakatimizdan tasodifiy tanlangan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda qatnashdi.

Tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi. Bu 2022-yildagi 355 ball va 80-o‘rin bilan taqqoslaganda, qariyb 83 ballik o‘sishni ko‘rsatadi.

Eng muhim ijobiy ko‘rsatkichlardan biri — bazaviy, ya’ni 2-daraja va undan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar ulushining oshganidir:

🔹 2022-yil — 19 foiz
🔹 2025-yil — 65 foiz

Bu esa 46 foiz punktlik o‘sish demakdir.

💻 Shuningdek, “Raqamli dunyoda o‘rganish” yo‘nalishida O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball natija qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.

📚 PISA 2025 tadqiqotida asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan bo‘lib, matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.

✨ PISA 2025 natijalari O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ko‘rsatdi.

Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz

  ❓Homilador yoki yosh bolasi bor ayollar attestatsiya sinovlarida qatnashish uchun ariza berolmaydi, deb esh*tdim, shu ...
10/09/2026




❓Homilador yoki yosh bolasi bor ayollar attestatsiya sinovlarida qatnashish uchun ariza berolmaydi, deb esh*tdim, shu toʻgʻrimi?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:

➖ pedagoglar ikki turdagi — majburiy va ixtiyoriy (navbatdan tashqari) shaklda attestatsiyadan oʻtkaziladi.

👉 Nizomga asosan:

➖ homilador ayollar (homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖ homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar (taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖ uch yoshgacha bolalari bor ayollar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

🔹 Eʼtibor qaratish lozimki, yuqorida keltirilgan toifadagi pedagoglar faqat majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi, ixtiyoriy attestatsiyada qatnashish istagidagi barcha pedagog ayollar sinovlarda qatnashish uchun oʻrnatilgan tartibda ariza berishlari mumkin.

👉 Maʼlumot uchun: amaldagi tartibga koʻra, malaka toifasini oshirish uchun oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan pedagog kadrlarning:

➖malaka toifasi tushirilmaydi va ularga amalda boʻlgan malaka toifasi boʻyicha;
➖sinov natijalariga koʻra malaka toifasi oshirilgan pedagoglarga oshirilgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.

❗️Eʼtibor bering! Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bor ayollarni majburiy attestatsiyadan ozod qilishdan asosiy maqsad, mazkur ayollarning va farzandlari salomatligini asrash, ularni ortiqcha ovoragarchilikdan himoya qilishdir.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Manba: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Tabriklaymiz!Manba: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
05/09/2026

Tabriklaymiz!

Manba: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

🔔 Birinchi qo‘ng‘iroqYangi o‘quv yilining boshlanishi — quvonch, hayajon va yangi orzular davri. “Birinchi qo‘ng‘iroq” b...
03/09/2026

🔔 Birinchi qo‘ng‘iroq

Yangi o‘quv yilining boshlanishi — quvonch, hayajon va yangi orzular davri. “Birinchi qo‘ng‘iroq” barcha o‘quvchilar uchun unutilmas kun bo‘lib, yangi bilimlar va katta imkoniyatlar sari ilk qadamdir. 📚✨

Fotosuratlar 👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Birinchi_qo‘ng‘iroq 🔔Birinchi qo‘ng‘iroq: yangi o‘quv yili yangi nom va yangi imkoniyatlar bilan boshlandi2026–2027-o‘qu...
02/09/2026

Birinchi_qo‘ng‘iroq 🔔

Birinchi qo‘ng‘iroq: yangi o‘quv yili yangi nom va yangi imkoniyatlar bilan boshlandi

2026–2027-o‘quv yilining ilk dars soatlari yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 34-maktabda tashkil etilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — spichrayter Xayriddin Sultonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Malik Otarbayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari, keng jamoatchilik hamda “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali jamoasi ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘quvchilar, ustoz va murabbiylarga yo‘llagan tabrigi o‘qib esh*ttirildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida ta’lim sohasida kutilayotgan yangilik va o‘zgarishlar haqida fikr almashildi.

Tantanali tadbirning eng muhim voqealaridan biri — 34-maktabga atoqli qozoq yozuvchisi, dramaturg, tarjimon va jamoat arbobi Rahmetolla Rayimqulov nomining berilgani hamda uning nomidagi raqamli kutubxonaning ochilgani bo‘ldi.

Yangi o‘quv yilini ilk bor maktab ostonasidan qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilar uchun esa “Prezident sovg‘asi” topshirildi.

Shuningdek, “Kelajak soati” doirasida “Mustaqillik darsi” o‘tkazilib, unda yosh avlodga Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, tinchlik va bunyodkorlik g‘oyalari singdirildi.

📚 “Boshlang‘ich ta’lim” jamoasi ham ushbu unutilmas kunning bevosita guvohi bo‘lib, ta’limdagi yangilanishlar, ustozlarning fidokorona mehnati va yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlarni yoritishda davom etadi.

✨ Yangi o‘quv yili barchaga ulkan zafarlar, yangi marralar va yorqin kelajak sari dadil qadamlar olib kelsin!

Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz

Yangi o‘quv yiliga oid muhim masalalar muhokama qilindiBugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy Telegram...
29/08/2026

Yangi o‘quv yiliga oid muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy Telegram sahifasida https://t.me/uzedu yangi o‘quv yilidagi yangiliklar hamda maktablarda dars taqsimoti masalalariga bag‘ishlangan audio muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida:
➖ yangi o‘quv yilida kutilayotgan yangilik va rejalar;
➖ pedagoglar o‘rtasida dars soatlarini me’yoriy hujjatlar talablari asosida taqsimlash;

Bunday ochiq va jonli muloqotlar pedagoglarni qiziqtirayotgan masalalarga aniqlik kiritish, ularning fikr va takliflarini esh*tishda muhim ahamiyatga ega.

Elektron jurnal 👉👉👉 btshop.uz

🎓 A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali, Korreksion pedagogika va adaptiv sp...
29/07/2026

🎓 A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali, Korreksion pedagogika va adaptiv sport kafedrasining “Adaptiv jismoniy tarbiya va adaptiv sport” yo‘nalishi bo‘yicha qabul davom etmoqda!

📚Qo‘shma ta’lim dasturi asosida
⏳Ta’lim shakli: kunduzgi va kechki.

📆O‘qish muddati:
🔵Bakalavriat — 4 yil (2+2 tizimi: 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil Rossiyada).
🔵Magistratura — 2 yil (1+1 tizimi: 1 yil O‘zbekistonda, 1 yil Rossiyada).

📝 Kirish imtihonlari umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda test sinovlari orqali o‘tkaziladi.

🌟 Afzalliklari:
🗣 Yuqori ball to‘plagan 5 nafar abituriyent 100% grant asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🌍 Xalqaro namunadagi diplom.
🏠 Mazkur yo‘nalish talabalari uchun yotoqxona mutlaqo bepul.
👨‍🏫 Darslarning 70 foizi rossiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

💳 Qulay to‘lov: shartnoma summasini o‘qish davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

📆 Hujjatlar qabuli 20-avgustga qadar davom etadi.

✨Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📍 Kelajagingizni xalqaro darajadagi professionallar bilan birga quring!

☎️ Murojaat uchun:
📞+998 77 391 44 15
📞 +998 77 389 44 15
📞 +998 77 386 44 15

Биринчи марта устозлар иштирокида волейбол бўйича республика мусобақаси ташкил этилдиМамлакатимизда илк бор педагог хоти...
03/07/2026

Биринчи марта устозлар иштирокида волейбол бўйича республика мусобақаси ташкил этилди

Мамлакатимизда илк бор педагог хотин қизлар ўртасида волейбол бўйича “Мактабгача ва мактаб таълими вазири кубоги” мусобақаси бўлиб ўтмоқда.

14 мингдан ортиқ таълим муассасаларининг 110 452 нафар аёл ходимларини ўзида қамраб олган ушбу мусобақанинг Республика босқичи айни кунларда Наманган шаҳрида ўтказилмоқда.

Унда барча ҳудудларда ғолибликни қўлга киритган 14 та жамоадан 112 нафар аёл ўқитувчилар иштирок этмоқда.

Мусобақанинг республика босқичида:
1-ўрин ғолибларига 150 млн сўм
2-ўрин ғолибларига 100 млн сўм
3-ўрин ғолибларига 70 млн сўм пул мукофоти топширилади.

Шунингдек, барча ғолибларнинг ҳар бирига "Дамас" автомобиллари топширилади.

16/06/2026
🌞 Первая смена лагеря «Солнечный» открыл летний сезонСегодня стартовала первая смена детского оздоровительного лагеря «С...
12/06/2026

🌞 Первая смена лагеря «Солнечный» открыл летний сезон
Сегодня стартовала первая смена детского оздоровительного лагеря «Солнечный».
Подробности https://t.me/BT1992

Address

Узбекистан
Tashkent
0000071

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Boshlang’ich ta’lim jurnali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category