Fan va turmush

  • Home
  • Fan va turmush

Fan va turmush Bu sahifada jurnal bilan tanishing!

Tanishing "Fan va turmush" jurnali bizni ko'pchilik eslaydi siz ham biling Mamlakatimiz hududidagi eng ko'hna va nufuzi baland jurnallardan biri 1933 yildan boshlab chop etiladi mushtariylar soni 300 mingdan oshgan!

  2025 yil 3-son (https://t.me/fanturmush/28)❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥Grafen: yangiajoyib material❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥Grafen — 2000-yillarnin...
17/02/2026

2025 yil 3-son (https://t.me/fanturmush/28)
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥Grafen: yangiajoyib material❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
Grafen — 2000-yillarning boshlarida kashf etilgan material bo‘lib, u haqqoniy ravishda “Ajoyibotlar yonimizda!” degan tamoyil asosida yaratilgan noyob materiallar va innovatsion texnologiyalar turkumiga kiradi. Grafen — kosmosdagi eng ko‘p tarqalgan elementlardan biri bo‘lgan uglerodning tekis ikki o‘lchovli kristallik modifikatsiyasi, aniqrog‘i, uning uglerodli strukturalaridan biridir. Grafenning o‘ziga xosligi uning noodatiy tashkiliy strukturasida, haroratga chidamliligida hamda noyob yupqa plyonka materiali sifatida mavjudligidadir. Boshqacha aytganda, grafen materiali — bu ikki o‘lchovli (2D) geometrik kristall panjara shaklida birikkan uglerod atomlarining monoqatlamidir. Bunday monoqatlamli “plyonka” qalinligi aniq bitta atom o‘lchamiga teng (minimal mumkin bo‘lgan atom o‘lchami). Aslida, grafen qalinligi bo‘yicha bir atomli bo‘lib, bir tekislikda joylashgan ko‘p atomli klasterdir. U uglerod atomlaridan tashkil topgan bo‘lib, bu atomlar elektron-kimyoviy bog‘lanishlar orqali mustahkam biriktirilgan va tekis ikki o‘lchovli (2D) hujayrali struktura shaklida tartiblangan.
Farid Umarov,professor,
Ishmo‘min Yodgorov,
fizika-matematika fanlari doktori

  2023 - yil 4- son 🎓👍Ichimizdagi mikroolamOlimlar bizning inson DNKimiz nuqtai nazaridan deyarli barchamiz bir xil ekan...
09/02/2026

2023 - yil 4- son
🎓👍Ichimizdagi mikroolam
Olimlar bizning inson DNKimiz nuqtai nazaridan deyarli barchamiz bir xil ekanligimizni aniqladilar. Sizning DNKingiz yoningizda o‘tirgan odam bilan 99,99% bir xil. Ammo ichak mikroblari nuqtai nazaridan siz yoningizda o‘tirgan odamga atigi 10% o‘xshashlikka ega bo‘lishingiz mumkin. Ya’ni, dashtdagi bakteriyalar jamoasi o‘rmondagi bakteriyalar jamoasidan farq qilgani kabi, tarkibi jihatidan ular bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu turli mikroblar yuqorida aytib o‘tilgan barcha turli funksiyalarga ega – ovqat hazm qilishdan tortib, turli kasalliklarda ishtirok etish, modda almashinuvi va boshqalar. Xo‘sh, ularning barchasi buni qanday qilishadi? Ular buni qisman qilishlari mumkin, chunki bizning ichaklarimizda bu mikroblarning atigi bir yarim kilogrammi bo‘lsa-da, aslida biz bilgandan ko‘ra ko‘proq. Ular bizdan qanchalik ko‘p bo‘lsa,
qaysi o‘lchov birligini olish kerakligiga bog‘liq. Agar biz hujayralarni olsak, kattalar tanasi taxminan 10 trillion inson hujayralaridan iborat, ammo bizda 100 trilliongacha mikrob hujayralari mavjud. Shunday
qilib, ular bizdan kamida 10 baravar ko‘p. Agar biz inson, organizm DNK tomonidan aniqlangan deb hisoblasak, demak, har birimiz 20000 ga yaqin inson genlariga egamiz, ammo mikroorganizmlarning 2
milliondan 20 milliongacha genlari bor.
Shahlo Miralimova, biologiya fanlari doktori

  2025-yil 3-son Markaziy Osiyo va Eronning oltin hamdakumushdan yasalgan durdonalari2025-yil 1-iyuldan 8-iyulgacha Lond...
04/02/2026

2025-yil 3-son Markaziy Osiyo va Eronning oltin hamda
kumushdan yasalgan durdonalari
2025-yil 1-iyuldan 8-iyulgacha London shahrida O‘zbekistonning Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun artefaktlar xarid qilishning yangi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Xarid uchun tanlov komissiyasi tomonidan auksion uylari — SOTHEBY’S, CHRISTIE’S va BONHAMS, shuningdek, Sharq san’ati bo‘yicha yetakchi galereyalar — Sam Fogg, Davud Shah, Mansour Gallery, Aaron Gallery, Amir Mohtashemi, Momtaz Art, Kent Antiques, Yacob’s Gallery va Orpheus Gallery to‘plamlaridan artefaktlar — qo‘lyozmalar, miniatyuralar va amaliy san’at asarlari tanlab olindi.
Akbar Hakimov, akademik

  2024 yil 3-son (https://t.me/fanturmush/24) 🎨🎨🎨 Qalb tuyg‘ulari musavviri. O‘ktam Saidov “Hayot manzili” kartinasida s...
29/01/2026

2024 yil 3-son (https://t.me/fanturmush/24)
🎨🎨🎨 Qalb tuyg‘ulari musavviri. O‘ktam Saidov

“Hayot manzili” kartinasida sahrodagi daraxt va daraxt soyasida stul tasvirlangan. Hayotda inson yo‘ldagi yo‘lovchi kabi yashashganligi bu hayot uyg‘unligidan yo‘lovchini vaqtincha kelib dam olib yana yo‘lida davom etishi vaqtinchalik manzil ekanligi ushbu daraxt orqali tasvirlangan. Rassomning bu kartinasida kuchli sariq, ko‘k va oq ranglar ustunligi bilan ajralib tursa, ba’zi ishlarda bahoriy nafis yashil va havo rangning yetakchilik qiladi. O‘ktam Saidovning turkum asarlarida rangshunoslik qonunlari va tamoyillarini qo‘llab, ba’zi jihatlarda ularni kuchaytirib, ba’zida esa ranglar koloritini so‘ndirib kartina ifodaviyligini oshiradi. Shunday qilib, rassom atrofdagi ranglarni sofligicha ifodalab dunyoni uyg‘unligini aks ettiradi.
Sobirjon Sobirov,
Xorazm Ma’mun akademiyasi kichik ilmiy xodimi

  2024 yil 3-son (https://t.me/fanturmush/24) Koshinkor Usto Abdullo Usta Azim 17 yoshidayoq ajoyib kulol bo‘lib yetishd...
29/01/2026

2024 yil 3-son (https://t.me/fanturmush/24) Koshinkor Usto Abdullo
Usta Azim 17 yoshidayoq ajoyib kulol bo‘lib yetishdi. U Qashqar viloyatida bir necha yil mobaynida yetuk kulollardan biriga shogird tushib ishlaydi va chinni tayyorlash sirlarini o‘rganadi. Vatanga qaytish oldidan u bir chet ellik savdogarga xitoy chinnisini ko‘rsatib, bir yildan keyin bundan a’lo Rishton chinni kosasini Farg‘onada yasayman deganida, savdogar ishonmaydi. Oradan bir yil o‘tgach, o‘z karvoni bilan Farg‘onaga kelgan o‘sha savdogar hayratda qoladi. Usta Azim uning oldiga dunyoning eng go‘zal chinnilarini qo‘ydi va shularning ichidan chet elni mashhur chinnilarini ajratib olishni taklif qildi. Savdogar uzoq o‘ylangach, kosalarni chertib ko‘ra boshladi. Kosalardan faqat biri nozik jarangladi. Axir, qolganlari oddiy Rishton loyidan yasalgan edi-da
Nodirjon Abdulahatov,
tarix fanlari doktori

  2024 yil 1-son (https://t.me/fanturmush/22) 🗣Etnopsixologiya: tabiblar va darveshlarning davolash usullari Shu o‘rinda...
28/01/2026

2024 yil 1-son (https://t.me/fanturmush/22) 🗣Etnopsixologiya: tabiblar va darveshlarning davolash usullari
Shu o‘rinda “chilton “so‘ziga ham e’tibor
qaratamiz. Chilton (fors-tojikcha “chihilton”) – diniy tasavvurlarga ko‘ra, g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lgan afsonaviy 40 ta ruh yoki “qirqta odam” degan ma’noni bildirib, g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lgan, ko‘zga ko‘rinmaydigan, bir-biridan ajralmaydigan afsonaviy mahluqotlardir. Shunisi xarakterliki, chiltonlarning soni ko‘paymaydi ham, kamaymaydi ham. Qirq chiltonga yerdagi bitta oliy ruh qo‘shilib, qirq bir chiltonni tashkil etadi. Dunyoni boshqaruvchi chilton “yerning kindigi”da turadi, deb talqin qilinadi. Rivoyatlarda chiltonlar ba’zan ular orasida odam qiyofasida yashaydi, deb talqin etilib, odatda mozor va shu kabi odamlar yashamaydigan joylarda uchraydi deb tasavvur qilinadi.
muallif: Mamlakat Jumaniyozova,
tarix fanlari nomzodi, dotsent

  2024 yil 1-son Dorivor bozulbang (lagochilus) o‘simligining shifobaxsh xususiyatlarimuallif : Alimjon Matchonov, Kimyo...
28/01/2026

2024 yil 1-son
Dorivor bozulbang (lagochilus) o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari
muallif : Alimjon Matchonov, Kimyo fanlari doktori, professor O’zR FA Botanika instituti

22/01/2026

Tanishing "Fan va turmush" jurnali bizni ko'pchilik eslaydi siz ham biling Mamlakatimiz hududidagi eng ko'hna va nufuzi baland jurnallardan biri 1933 yildan boshlab chop etiladi mushtariylar soni 300 mingdan oshgan! Bu sahifada jurnal bilan tanishing!

Address

Ya. Gulomov Ko'chasi 70

100047

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Fan va turmush posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Fan va turmush:

Shortcuts

  • Want your business to be the top-listed Media Company?

Share