Oyna uz

Oyna uz • Kunlik yangiliklar
• Siyosiy xabarlar
• Manfaatli kontentlar

16/01/2026
Tramp Grenlandiya unga nima uchun kerakligini izohladiPrezident Donald Tramp Grenlandiya Rossiya yoki Xitoy qo‘liga o‘ti...
11/01/2026

Tramp Grenlandiya unga nima uchun kerakligini izohladi

Prezident Donald Tramp Grenlandiya Rossiya yoki Xitoy qo‘liga o‘tib ketmasligi uchun hududni AQShning o‘zi egallashi lozimligini aytdi.
“Men Xitoy xalqini sevaman, men Rossiya xalqini sevaman. Lekin ular Grenlandiyadagi qo‘shnilarimiz bo‘lishini istamayman. Bunday bo‘lmaydi. Va NATO buni tushunishi kerak”, — dedi Tramp.

📱 Telegram
📱 Instagram

11/01/2026

"Xabardor uz" kanalining maʼlum qilishicha Hindistonda ommaviy tarzda islomni qabul qilish holatlari kuzatilmoqda. Bunga sabab esa batafsil ushbu videoda.

Bobolari bilan maqtanishdan boshqa narsani eplolmaydigan xalq boʻldik.
10/01/2026

Bobolari bilan maqtanishdan boshqa narsani eplolmaydigan xalq boʻldik.

Aldov va majburlov bilan urushga olib ketilgan sirdaryolik yigit(Ruslarning yana bir dushmanligi)Ishlash maqsadida Rossi...
10/01/2026

Aldov va majburlov bilan urushga olib ketilgan sirdaryolik yigit
(Ruslarning yana bir dushmanligi)

Ishlash maqsadida Rossiyaning Krasnoyarsk shahriga borgan 27 yoshli yigit politsiya tomonidan ushlanib, majburan urushga yuborilgan. U sudda politsiya xodimlari aldab, deportatsiya qilamiz deb frontga jo‘natib yuborganini aytgan. Donetsk viloyatining Serebryansk qishlog‘i hududida Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgan yigit dron hujumidan og‘ir yaralangan.

“Bizga kaskasida ko‘k va sariq ranglari bo‘lgan shaxslarni ko‘rgan zahoti darhol o‘t ochishni o‘rgatishdi”, — degan yigit sudda.

👉 Telegram
👉 Instagram

Diqqat tarqating ‼️Oxirgi bir necha oy ichida notanish aloqa operatorlari orqali firibgarlik holatlari koʻp koʻzga tashl...
10/01/2026

Diqqat tarqating ‼️

Oxirgi bir necha oy ichida notanish aloqa operatorlari orqali firibgarlik holatlari koʻp koʻzga tashlanmoqda. Jumladan OʻzJOKU talabalari etirozlariga koʻra 78 kodi bilan boshlanuvchi nomalum shaxs tomonidan qoʻngʻiroq amalga oshirilishi orqali raqam egasining hisobidan mablagʻ yechib olinmoqda. Shu va shunga oʻxshash firibgarlik va oʻgʻrilik holatlaridan ogoh boʻling. Shubhali va notanish raqamlar bilan muloqotga kirishishdan ehtiyot boʻling.

📱 Telegram

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi🕒 Vaqti: 09.01.2026 yil, soat 02:14:1...
09/01/2026

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi

🕒 Vaqti: 09.01.2026 yil, soat 02:14:18

🇺🇿 O‘zbekiston hududida sezilishi:

Farg‘ona viloyatida — 2–3 ball (260 km)
Andijon viloyatida — 2 ball (285 km)
Namangan viloyatida — 2 ball (325 km)

📱 Telegram
📱 Instagram

❗️Yana korrupsiya, yana hokimlik vakili ushlandi!Hokimiyat vakilining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.🤑 Uchtepa tuman...
08/01/2026

❗️Yana korrupsiya, yana hokimlik vakili ushlandi!

Hokimiyat vakilining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

🤑 Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi noqonuniy ravishda tadbirkordan 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hokimiyat vakili go‘yoki joriy yilda Uchtepa tumani hududida buzilishi lozim bo‘lgan savdo do‘konlari va boshqa manzillar ro‘yxati tuzilayotganini ro‘kach qilib, tadbirkorga tegishli do‘konni tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari orqali mazkur ro‘yxatga kiritmaslik hamda buzdirib yubormaslik evaziga ushbu pul mablag‘ini talab qilgan.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “B” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

https://t.me/oyna_news

https://www.instagram.com/oyna_tm?igsh=MWtxcnNlNDVtdHIx

Kolumbiya prezidenti Trampga uchinchi jahon urushidan ogohlantirish berdimi?➖ Lotin Amerikasidan faqat neft uchun foydal...
08/01/2026

Kolumbiya prezidenti Trampga uchinchi jahon urushidan ogohlantirish berdimi?

➖ Lotin Amerikasidan faqat neft uchun foydalanish xalqaro huquqning buzilishiga, natijada vahshiylikka va uchinchi jahon urushiga olib keladi.

➖ Agar Janubiy Amerikaning yillik 1400 GVt toza energiya salohiyatidan foydalanilsa, Amerika ittifoqi tuzilishi mumkin edi.

➖ Bu dunyo tinchligini haqiqiy xavf ostiga qo'yadi va qaytarib bo'lmaydigan iqlim buzilishiga va hayotning yo'q bo'lib ketishiga olib keladi.

Kolumbiya prezidenti Petro AQSh prezidenti Tramp bilan Venesueladagi vaziyat yuzasidan o‘tkazgan uchrashuvidan!

📱 Telegram: Oyna | Rasmiy gazetasi
📱 Instagram: Oyna

1963-yil. Vietnam urushi.Amerikalik jurnalist Malcolm Browne tarixga kirgan reportajni qiladi. U olgan kadr — buddist ro...
08/01/2026

1963-yil. Vietnam urushi.
Amerikalik jurnalist Malcolm Browne tarixga kirgan reportajni qiladi. U olgan kadr — buddist rohibning omma oldida o‘zini yoqib yuborishi —
butun dunyoni larzaga soladi.

Birgina shu ish:
— AQSh jamiyatida urushga qarshi kayfiyatni kuchaytirgan
— Siyosiy qarorlar o‘zgarishiga sabab bo‘lgan
— Jurnalistika faqat axborot emas, ta’sir kuchi ekanini isbotlay olgan.

Eng yaxshi media material:
Bu — voqeani ko‘rsatish emas.
Bu — voqeani his qildirish.

https://t.me/oyna_news

https://www.instagram.com/oyna_tm?igsh=MWtxcnNlNDVtdHIx

Diqqat ‼️Endilikda Avtomobilingiz uchun ekostikerlarni onlayn tarzda olishingiz mumkin.Ularni Davlat xizmatlari yagona p...
07/01/2026

Diqqat ‼️
Endilikda Avtomobilingiz uchun ekostikerlarni onlayn tarzda olishingiz mumkin.

Ularni Davlat xizmatlari yagona portali (my.gov.uz) orqali onlayn ariza berib olishingiz mumkin boʻladi. Ariza topshirish va Stikerlar bepul. Faqatgina sizga yetkazib berish xizmati mavjud boʻlib, bu uchun 20 600 miqdorida toʻlanilishi aytilmoqda. Stikerlar 10 kun ichida yetkazib beriladi.

https://t.me/oyna_news

https://www.instagram.com/oyna_tm?igsh=MWtxcnNlNDVtdHIx

Toshkent metropoliteni yo’nalishlarining grafik sxemasi yangilandi.Toshkent metropoliteni yo’nalishlarining grafik sxema...
07/01/2026

Toshkent metropoliteni yo’nalishlarining grafik sxemasi yangilandi.

Toshkent metropoliteni yo’nalishlarining grafik sxemasi yangilanib, dolzarb holatga keltirildi. Yangilangan sxema yo’lovchilar uchun harakat vaqti boʻyicha yanada aniq ma’lumotlarni taqdim etadi.

Yangilanishlar doirasida quyidagi oʻzgarishlar amalga oshirildi:

▫️Yunusobod yoʻli va Halqa yer usti yoʻlida birinchi va oxirgi bekatlar orasidagi oʻrtacha yoʻl vaqti qayta hisoblandi;
▫️Ushbu yo’nalishlarda bekatlar oraligʻida poyezdlar harakatining oʻrtacha vaqti (daqiqalar va soniyalarda) yangilandi;
▫️Metro bekatlari yaqiniga qoʻshimcha shahar atrofi avtostansiyalari kiritildi;
▫️Metro bekatlaridan yetib borish mumkin boʻlgan qoʻshimchs diqqatga sazovor joylar — bogʻlar, bozorlar va sport inshootlari sxemaga qoʻshildi.

Yangilangan sxemaning katta formatdagi varianti bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin. Ma’lumot uchun, sxema 2026-yil 3-yanvar kuni yangilangan

🌐 Xabar.uz

📱 Telegram: Oyna | Rasmiy gazetasi
📱 Instagram: Oyna

Address

Tashkent

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Oyna uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share