Daryo “Daryo” internet-nashrining Facebook‘dagi rasmiy sahifasi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdiTa’lim va ilm-fan vazirl...
03/10/2026

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etadi. PA va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715816/

Zafar Hoshimov PA huzurida yangi tashkil etiladigan ishchi guruhga rahbarlik qiladiGuruh tarkibiga ta’lim muassasalarini...
03/10/2026

Zafar Hoshimov PA huzurida yangi tashkil etiladigan ishchi guruhga rahbarlik qiladi

Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715808/

Obid Hakimov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari, Kamoliddin Mardonov esa prezident maslahatchisi etib tayin...
03/10/2026

Obid Hakimov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari, Kamoliddin Mardonov esa prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Hakimov o‘rindoshlik asosida Yangi O‘zbekiston universiteti rektori vazifasini ham bajaradi. U bungacha prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi edi. Bu lavozimga Kamoliddin Mardonov tayinlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715806/

Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim vazirliklari yagona vazirlik sifatida qayta tashkil etildiBundan ko‘zlan...
03/10/2026

Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim vazirliklari yagona vazirlik sifatida qayta tashkil etildi

Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715803/

U ilgari parvozdan chetlatilgan: Flydubai kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi haqida maʼlumot berildiOAV hujumda g...
03/10/2026

U ilgari parvozdan chetlatilgan: Flydubai kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi haqida maʼlumot berildi

OAV hujumda gumonlanayotgan shaxs 29 yoshli Ummon fuqarosi Hammam al-Hammami ekanini yozmoqda. U 2024-yilda Oman Air aviakompaniyasida ikkinchi uchuvchi-stajyor boʻlib ishlagan. Biroq unda ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlangach, parvozlardan chetlatilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715759/

O‘zbekistonda 8 oyda tabiiy gaz qazib chiqarish 16 foizga qisqardiNeft qazib chiqarish esa 2025-yilning shu davridagi 43...
03/10/2026

O‘zbekistonda 8 oyda tabiiy gaz qazib chiqarish 16 foizga qisqardi

Neft qazib chiqarish esa 2025-yilning shu davridagi 434,5 ming tonnadan 2026-yilda 425 ming tonnagacha tushgan.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715771/

To‘qayev Qozog‘iston Mudofaa vazirligidan yana uch kishini ishdan oldiBosh shtab boshlig‘i va vazirning o‘rinbosarlari e...
03/10/2026

To‘qayev Qozog‘iston Mudofaa vazirligidan yana uch kishini ishdan oldi

Bosh shtab boshlig‘i va vazirning o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu o‘zgarish Kaspiy dengizida 14 nafar harbiy halok bo‘lgani ortidan amalga oshirildi.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715768/

“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani va 100 mlrd so‘m qarz olgani rad etildiWildberries va Uzum Market davlat ulu...
03/10/2026

“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani va 100 mlrd so‘m qarz olgani rad etildi

Wildberries va Uzum Market davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirgan, biroq xususiylashtirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmagan. Wb Int Export bilan 100 mlrd so‘mlik qarz bo‘yicha ham yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715755/

Senator bolalarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlarni kastratsiya qilishni taklif etdiRustam Kalanov ayrim davlatla...
03/10/2026

Senator bolalarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlarni kastratsiya qilishni taklif etdi

Rustam Kalanov ayrim davlatlarda bunday jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jarrohlik yo‘li bilan kastratsiya qo‘llanishini misol qilib keltirdi. Senat raisi Tanzila Norboyeva esa avval yangi qonunning amaliyotda qanday ishlashini kuzatish kerakligini bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/p/715746/

Sobir Rahimov—O‘rtaovul oralig‘ida yangi temiryo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi3-oktyabr kuni “O‘zbekiston temi...
03/10/2026

Sobir Rahimov—O‘rtaovul oralig‘ida yangi temiryo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi

3-oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent shahri va viloyati kesishmasidagi transport oqimini tartibga solish maqsadida Sobir Rahimov–O‘rtaovul bekatlari oralig‘ida yangi temiryo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Z. Narzullayev, transport prokuraturasi prokurori I. Narimov, OAV vakillari va mahalliy aholi ishtirok etdi.

Loyiha doirasida 23,6 metr uzunlikdagi ikki yo‘lli temir yo‘l ko‘prigi, 1200 metr aylanma temir yo‘l va avtomobil yo‘li, zamonaviy avtomobil va piyodalar yo‘laklari barpo etildi. Shuningdek, 800 metr kontakt tarmog‘i ko‘chirildi va 60 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi.

Yangi o‘tkazgich Zangiota tumani aholisi va tranzit yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratib, tirbandliklarni kamaytirish, vaqtni tejash hamda xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Address

Toshkent
Toshkent

Telephone

+998908307175

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Daryo posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Daryo:

Shortcuts

Share