Xpress.uz - Tezkor xabarlar

  • Home
  • Xpress.uz - Tezkor xabarlar

Xpress.uz - Tezkor xabarlar Tezkor xabarlar - siz kutgan formatda

Reklama:
+998 78 113 10 10

Rasman: Ramazon hayitining ilk kuni – 2-may✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birin...
30/04/2022

Rasman: Ramazon hayitining ilk kuni – 2-may

✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga asoslangan holda prezidentning tegishli qarori e'lon qilindi.

✅ 3–4-may kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari deb belgilandi. Haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun 3–4-may kunlari 7-may (shanba) va 14-may (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kunlari bo‘ladi.

Old o‘rindiqdagi yo‘lovchi kamar taqmasa, buning uchun kim jarimaga tortiladi – yo‘lovchimi yoki haydovchi?Piyodalar va ...
13/04/2022

Old o‘rindiqdagi yo‘lovchi kamar taqmasa, buning uchun kim jarimaga tortiladi – yo‘lovchimi yoki haydovchi?

Piyodalar va yo‘lovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi bilan tartibga solingan. Lekin bu moddadagi qoidalarning aksariyati piyodalarga taalluqli (qizil chiroqdan o‘tish va hokazo).

Yo‘lovchilarga oid qismi esa bitta: ular harakat vaqtida tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) mashina salonidan tashqariga chiqarishsa, 1 BHM (270 ming so‘m) jarimaga tortiladi.

❗️Kodeksda yo‘lovchilarning javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladigan bundan boshqa holat ko‘rsatilmagan.

Kodeksning 125-moddasiga binoan, haydovchilarning “xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi” 0,5 BHM (145 ming so‘m) jarimaga sabab bo‘ladi.

Yo‘l harakati qoidalarining 11-bandiga binoan esa, haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo‘lovchilarni kamar taqish haqida ogohlantirishi shart.

☝️Biroq, haydovchi harakatni boshlashdan oldin, old o‘rindiqdagi yo‘lovchini kamar taqish haqida ogohlantirgan bo‘lsa va yo‘lovchi kamarni taqmasa, YPX xodimi kimga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirishi qonunchilikda aniq yoritilmagan.

“Agar old o‘rindiqdagi yo‘lovchi kamarni taqmagan bo‘lsa, haydovchi harakatni boshlamasligi kerak; harakat davomida old o‘rindagi yo‘lovchi kamarni yechsa, haydovchi transportni to‘xtatishi kerak”, degan mazmundagi qoida qonunchilikda yo‘q.

✅ Yuqoridagilardan kelib chiqilsa, 1-maydan keyin kim jarimaga tortilishidan qat’i nazar, ikkala tomon ham (haydovchi va yo‘lovchi) sudga murojaat qilish uchun asoslarga ega bo‘ladi.

Endi YPX xodimlari hujjat tekshirish paytida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar bo‘yicha chora ko‘radi▪️Vazirlar Mahkama...
13/04/2022

Endi YPX xodimlari hujjat tekshirish paytida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar bo‘yicha chora ko‘radi

▪️Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka kiritgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda YPX xodimlari transportni hujjat tekshirish uchun to‘xtatganida, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar bo‘yicha chora ko‘radi.

Ilgari faqat shu hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘rilgan.

❗️Haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi ko‘chirmasi bilan o‘sha joyning o‘zida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi.

Endi dislokatsiya bilan tanishish uchun saf bo‘limiga murojaat qilishga to'g'ri keladi.

Xavfsizlik kamari bo‘yicha qoidalarda nimalar o‘zgarmoqda?🔙 1-maydan boshlab, haydovchilar orqaga harakatlanayotganda ha...
13/04/2022

Xavfsizlik kamari bo‘yicha qoidalarda nimalar o‘zgarmoqda?

🔙 1-maydan boshlab, haydovchilar orqaga harakatlanayotganda ham xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘ladi.

🚕 Shuningdek, aholi punktlarida harakatlanayotgan yo‘nalishli taksi (“marshrutka”) haydovchilari ham xavfsizlik kamarini taqishi majburiy bo‘ladi. 1-maygacha amalda bo‘ladigan hozirgi qoidalarda ular kamar taqmasligi mumkinligi belgilangan.

🤰Homilador ayollar kamar taqmasligi mumkinligi haqidagi qoida saqlanib qoladi.

📄 Salomatligi xavfsizlik kamarini taqishga imkon bermaydigan shaxslar esa mashinaning old o‘rindig‘ida ketish uchun yonida tibbiy ma’lumotnoma olib yurishi talab etiladi.

👨‍👩‍👧‍👦 7–12 yoshli bolalarni tashishda maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamaridan foydalanish tavsiya etiladi.

☝️Asosiy yangilik esa, yuqorida yozganimizdek: haydovchidan tashqari, old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchilar ham endi avtomobil yurmasidan oldin xavfsizlik kamarini taqishi majburiy bo‘ladi.

Yo‘l harakati qoidalari kutilmaganda yangilandiKecha Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalarini tasdi...
13/04/2022

Yo‘l harakati qoidalari kutilmaganda yangilandi

Kecha Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlagani ma’lum bo‘ldi. Qoidalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar oldindan muhokamaga qo‘yilgani yo‘q. Yangi qoidalar 1-maydan kuchga kiradi.

Asosiy o‘zgarishlar:

➖ nafaqat haydovchi, balki old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchilar ham endi avtomobil yurmasidan oldin xavfsizlik kamarini taqishi majburiy bo‘ldi;

➖ maktab va bog‘chalar atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha masofada tezlikni 30 km/soatdan oshirish taqiqlandi; mahallalar ichida esa maksimal tezlik 20 km/soat deb belgilandi;

➖ Yo‘l harakati xavfsizligi bo'yicha respublika komissiyasiga yangi vakolat berildi: komissiya Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarining qatnov yuqori va aholi gavjum joylarida tezlikni 60 km/soatgacha cheklash huquqiga ega bo‘ldi (bunaqa huquq shu paytgacha mahalliy hokimiyatlarda ham bor edi);

➖ qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib to‘xtash taqiqlandi;

➖ yuk avtomobillari yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shart deb belgilandi (qoidalarda belgilangan ayrim istisnolardan tashqari);

➖ velosipedchilar – agar yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan bo‘lsa, nur qaytaruvchi elementlarga ega ustki kiyimda bo‘lishi shart;

➖ yengil avtomobilda tashilayotgan yukning avtomobil tomidagi bagajdan boshlab balandligi 1 metrdan (maxsus moslama yordamida velosiped tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasligi shart.

Prezident pensiya bo‘yicha qaror imzoladi❗️Asosiy yangilik shundan iboratki, pensiya va nafaqani plastik karta orqali ol...
08/04/2022

Prezident pensiya bo‘yicha qaror imzoladi

❗️Asosiy yangilik shundan iboratki, pensiya va nafaqani plastik karta orqali oluvchilarning pensiya va nafaqasi 1 foizga oshiriladi. Bu orqali ular bankomatdan pullarini yo‘qotishlarsiz naqdlashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

💳 Pensioner va nafaqaxo‘rlar plastik kartadagi pulini naqdlashtirish uchun tuman markaziga borib yurishiga ham hojat qolmaydi: Xalq bankining sayyor kassalari mahallalarga borib, xohlovchilarning pullarini naqdlashtirib beradi.

☝️Pensiya va nafaqalarni naqd pulda yetkazib bergani uchun Xalq bankiga 1 foiz miqdorda xizmat haqi budjetdan to‘lanadi, bu mablag‘ pensionerlardan ushlab qolinishi haqidagi ma’lumot asossiz.

✅ Yuqoridagi o‘zgarishlar 1-maydan kuchga kiradi. Bundan tashqari:

➖ pensiya va nafaqalar har oyning 5-sanasidan kechiktirmay moliyalashtiriladi;

➖ xorijdan 1800ta bankomat olib kelinib, ular asosan olis tumanlarda o‘rnatiladi.

Rossiyada soliq organlari valyutafurushlarga qarshi “ov” boshladi▪️Rossiyada fuqarolar va tadbirkorlar 9-martdan beri ba...
06/04/2022

Rossiyada soliq organlari valyutafurushlarga qarshi “ov” boshladi

▪️Rossiyada fuqarolar va tadbirkorlar 9-martdan beri banklardan qonuniy yo‘l bilan naqd valyuta sotib ololmayapti – bunga RF Markaziy banki tomonidan taqiq qo‘yilgan. Natijada valyuta qora bozori shakllanmoqda, “ko‘cha kursi” rasmiy kursdan farq qiladi.

Bugun Federal soliq xizmati politsiyachilar bilan birga “qo‘l”dan valyuta sotish holatlariga qarshi kurash boshlagani ma’lum bo‘ldi. Qo‘lga tushganlar qancha valyuta bilan ushlangan bo‘lsa, shu summaning 75 foizidan 100 foizigacha miqdorda jarimaga tortiladi.

UzAuto Motors Rossiyaga avtomobil eksport qilolmay qoldi▪️Rossiyaga kiritilgan xalqaro sanksiyalar sabab O‘zbekiston Ros...
06/04/2022

UzAuto Motors Rossiyaga avtomobil eksport qilolmay qoldi

▪️Rossiyaga kiritilgan xalqaro sanksiyalar sabab O‘zbekiston Rossiyaga avtomobil eksportini to‘xtatdi. Gap shundaki, UzAuto Motors'ga yarimo‘tkazgichlar va mikrochiplarni Janubiy Koreya yetkazib beradi. Koreya esa Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan.

Eurasianet'ning yozishicha, agar UzAuto Rossiyaga avtomobil eksportini davom ettirganida, Janubiy Koreya komponentlar ta’minotini to‘xtatib qo‘yishi mumkin edi.

Ramazon oyi 2-apreldan boshlanadi▪️O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ulamolar kengashi 2022-yilda Ramazon oyining bir...
31/03/2022

Ramazon oyi 2-apreldan boshlanadi

▪️O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ulamolar kengashi 2022-yilda Ramazon oyining birinchi kuni 2-aprel, shanba kuniga to‘g‘ri keladi degan xulosaga keldi (https://t.me/muslimuzportal/27492).

Prezident buni ma’lumot uchun qabul qilgan holda, “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” qaror imzoladi.

Hokimlar va vazirlarga ortiqcha xarajatlardan o‘zini tiyish buyurildi▪️Prezident yil oxirigacha barcha hokimlik, vazirli...
31/03/2022

Hokimlar va vazirlarga ortiqcha xarajatlardan o‘zini tiyish buyurildi

▪️Prezident yil oxirigacha barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga quyidagilarni taqiqladi:

🚫 bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish;

🚫 moliyaviy manbasi aniq bo‘lmagan qurilishlarni boshlash.

Bosh prokuraturaga budjet tashkilotlarida bu xarajatlarning oldini olish ustidan tizimli nazorat o‘rnatish va har hafta prezidentga axborot berish topshirildi.

Yig‘ilishda tashqi iqtisodiy sharoitlarning salbiy ta’sirini yumshatish va narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan choralar paketi e’lon qilindi.

Prezident parlament yuborgan qonunni imzolamasdan qaytarib yubordi▪️“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyas...
29/03/2022

Prezident parlament yuborgan qonunni imzolamasdan qaytarib yubordi

▪️“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun bir qator taklif va mulohazalar bilan prezident tomonidan Qonunchilik palatasiga qaytarilgan.

Qonunchilik palatasi bu qonunni o‘tgan yili 2-noyabr kuni qabul qilgan, Senat esa 15-dekabrda ma’qullagan edi. Oliy Majlis qabul qilgan qonunni prezident qaytarib yuborishi O‘zbekistonda kamdan kam bo‘ladi.

Rossiyani tark etgan brendlarning savdo belgilarini o‘zlashtirishga umid qilishmoqda▪️Rossiya Federal intellektual mulk ...
29/03/2022

Rossiyani tark etgan brendlarning savdo belgilarini o‘zlashtirishga umid qilishmoqda

▪️Rossiya Federal intellektual mulk xizmati (“Rospatent”)ga Apple, BMW, Mercedes-Benz, Audi, Mastercard, Nivea, Chanel, Dior, McDonald’s kabi 50dan ortiq butun dunyoga mashhur brendlarning tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga oid arizalar kelib tushgan. Avvalroq bu kompaniyalar Ukrainadagi urush sabab Rossiyani qisman yoki to‘laqonli tark etgan edi.

Huquqshunoslar, Rossiyaga “do‘st bo‘lmagan” mamlakatlarning intellektual mulkini musodara qilishgacha borib yetilmasa, bu arizalarning qanoatlantirilishi ehtimoli deyarli yo‘qligini aytmoqda.

TIV: Abdulaziz Komilov xorijda davolanmoqda▪️O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov so‘nggi o‘n kun davomida...
29/03/2022

TIV: Abdulaziz Komilov xorijda davolanmoqda

▪️O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov so‘nggi o‘n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar oldi, deya ma’lum qildi vazirlik axborot xizmati.

Shifokorlarning konsilium xulosasiga ko‘ra, Komilovning salomatligini yanada chuqurroq tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda vazir ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari endi Tojikistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan 10 kungacha qolishi mumkin▪️Bungacha bu muddat 3 kun edi. ...
29/03/2022

O‘zbekiston fuqarolari endi Tojikistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan 10 kungacha qolishi mumkin

▪️Bungacha bu muddat 3 kun edi. Tojikiston parlamentidan ma’lum qilishlaricha, ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi shartnomaga o‘zgartirish kiritilgan. Yuqoridagi yengillik Tojikiston fuqarolariga ham tegishli: ular O‘zbekistonga kelganda registratsiyadan o‘tmasdan 10 kungacha yashashi mumkin.

O‘zbekistonda 2030-yilga borib byudjet pullaridan benzinda yuradigan avtomobil sotib olish man etiladi▪️Elektromobillarg...
25/03/2022

O‘zbekistonda 2030-yilga borib byudjet pullaridan benzinda yuradigan avtomobil sotib olish man etiladi

▪️Elektromobillarga oid qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarish boshlanishi va 2030-yilga borib respublikada sotilayotgan avtotransport vositalarining kamida 15 foizini elektromobillar tashkil etishiga erishish maqsad qilingan.

Budjet tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar xizmat avtomobillari parkining 2025-yilga qadar kamida 10 foizigacha, 2030-yilga qadar 100 foizi elektromobillarga almashtiriladi.

Budjet tashkilotlari va davlat korxonalarida 2022-yildan boshlab xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar bo‘lishi talab etiladi. Elektromobillar importi va zaryadlash stansiyalari uchun soliq va bojxona yengilliklari kiritilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Skype'ni blokdan chiqardi▪️AKT vazirligi xabarida buning sababiga izoh berilmagan. Ta’kidlanishicha, faoliya...
25/03/2022

O‘zbekiston Skype'ni blokdan chiqardi

▪️AKT vazirligi xabarida buning sababiga izoh berilmagan. Ta’kidlanishicha, faoliyati cheklangan tarmoqlar reestridagi boshqa servislardan foydalanishni ham bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda. Hozir bu reestrda Twitter, TikTok, VKontakte va WeChat bor.

Eslatib o‘tamiz, kechadan buyon Toshkentda xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumga, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, chet eldan 1,5 mingdan ortiq mehmon kelgan.

Skype O‘zbekiston 2015-yilda bloklangan edi.

Kontrakt to‘lash muddati 1-aprelgacha uzaytirildi✅ 2021/22 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba ...
16/03/2022

Kontrakt to‘lash muddati 1-aprelgacha uzaytirildi

✅ 2021/22 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-apreli deb belgilandi.

Bu muddat quyidagilarga taalluqli:

👉 to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

👉 to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;

👉 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

👉 o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Avvalroq bu muddat 1-martgacha uzaytirilgan edi.

“Ural” va “dnepr” mototsikllari: nemislarnikimi yo sovetlarniki?▪️II jahon urushidan keyin BMW kompaniyasi sovetlar bila...
16/03/2022

“Ural” va “dnepr” mototsikllari: nemislarnikimi yo sovetlarniki?

▪️II jahon urushidan keyin BMW kompaniyasi sovetlar bilan sudlashishiga to‘g‘ri kelgan, chunki ular BMW brendi ostida mototsikl ishlab chiqara boshlagandi. Bahsning asosiy mavzusi bo‘lgan modellarni bugun O‘zbekistonning ko‘pgina qishloqlarida uchratish mumkin.

Xpress'ning navbatdagi videohikoyasi – nemislardan o‘g‘irlangan “Ural” va “Dnepr” haqida.

📹 Tomosha qiling 👉 https://youtu.be/dXixGctem_A

O‘zbekistonda hanuzgacha odamlar foydalanib kelayotgan «Ural» va «Dnepr» motosikllari ilk bor o‘tgan asrning 30-yillari oxirida Germaniyaning BMW kompaniyasi...

Address


Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xpress.uz - Tezkor xabarlar posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

  • Address
  • Alerts
  • Claim ownership or report listing
  • Want your business to be the top-listed Media Company?

Share