100Community.uz

  • Home
  • 100Community.uz

100Community.uz Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from 100Community.uz, Broadcasting & media production company, .

The European Union co-financed project “Empowering Civil Society for Inclusive Community Development in Uzbekistan” strengthens the role of civil society in inclusive development and democratic participation. Со-финансируемый Европейским Союзом проект «Расширение возможностей гражданского общества для инклюзивного развития сообществ в Узбекистане». Проект реализуется под руководством Фонда им. Кон

рада Аденауэра в Узбекистане совместно с национальным партнером движение “YUKSALISH”

Аккаунт создан при поддержке Европейского Союза. Содержание является ответственностью Проекта и может не отражать точку зрения ЕС.

👩‍💻Internetdagi har bir ma’lumotga ishonish mumkinmi?Bugungi k***a yoshlar internetda ko‘p vaqt o‘tkazadi. Ammo foydali ...
10/06/2026

👩‍💻Internetdagi har bir ma’lumotga ishonish mumkinmi?

Bugungi k***a yoshlar internetda ko‘p vaqt o‘tkazadi. Ammo foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda yolg‘on xabarlar, kiberbulling va turli onlayn tahdidlar ham uchrab turadi.
Shu sababli Respublika «Istiqbolli Avlod» ijtimoiy-axborot markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi «To‘xta, o‘yla va tekshir» loyihasini amalga oshirishni boshladi.

Loyiha yoshlarning media savodxonligini oshirish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Respublika «Istiqbolli Avlod» ijtimoiy-axborot markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari , Shahnoza Raupovaning aytishlaricha :
“Loyihamizning asosiy maqsadi yoshlarga “ko’rdim-ishondim- ushladim” emas, balki “to’xtadim-o’yladim-tekshirdim” degan yondashuvni singdirishdir!”

Keyingi bosqichlarda esa yoshlar uchun treninglar, interaktiv uchrashuvlar va axborot kampaniyalari tashkil etiladi.

💡 Axborotni tekshirish odatga aylansa, dezinformatsiya ta’siri kamayadi.
—————-
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan «O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — «Yuksalish» harakati bilan amalga oshirilmoqda.
—————

Ertaga Qarshidagi Yuridik klinikada navbatdagi trening bo‘lib o‘tadi!🗓 Sana: 10 iyun🕙 Boshlanish vaqti: 10:00Trening mav...
09/06/2026

Ertaga Qarshidagi Yuridik klinikada navbatdagi trening bo‘lib o‘tadi!

🗓 Sana: 10 iyun
🕙 Boshlanish vaqti: 10:00

Trening mavzusi:
💻 “Media savodxonlik va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini mustahkamlash”

Trening davomida ishtirokchilar media makonida tanqidiy fikrlash, ishonchli va ishonchsiz axborotni farqlash, dezinformatsiyani aniqlash hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha foydali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Treningda ishtirok etishni istaganlar Telegram kanalimizdagi havola orqali qo‘shilishlari mumkin. Kanal havolasi profil shapkasi (bio)da joylashtirilgan.

Barchangizni kutib qolamiz!
————
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan “O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilmoqda.

📍Nukusdagi yuridik klinikada uchinchi trening bo‘lib o‘tdi!2026 yil 5-may kuni loyiha doirasida Nukusdagi yuridik klinik...
08/06/2026

📍Nukusdagi yuridik klinikada uchinchi trening bo‘lib o‘tdi!

2026 yil 5-may kuni loyiha doirasida Nukusdagi yuridik klinikada “Media savodxonlik va axborot xavfsizligi” mavzusida navbatdagi trening tashkil etildi.💻

Trening davomida ishtirokchilar media savodxonlikning ahamiyati, axborotni tanqidiy tahlil qilish, ishonchli va ishonchsiz manbalarni farqlash hamda internetdagi ma’lumotlardan ongli foydalanish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, axborot xavfsizligi bo‘yicha shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kuchli parollardan foydalanish, shubhali havolalardan saqlanish va noma’lum fayllarni yuklab olmaslik yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.

Trening ishtirokchilarga raqamli makonda xavfsiz harakat qilish, dezinformatsiyani aniqlash va axborotdan mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini berdi.

To‘g‘ri axborot va axborot xavfsizligi — xavfsiz hamda ongli jamiyatning muhim poydevoridir.💻
————
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan «O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — «Yuksalish» harakati bilan amalga oshirilmoqda.
————-

Yoshlar g‘oyalari haqiqiy tashabbuslarga aylanmoqda!Bugun loyihaning uch hududi — Qarshi, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda...
05/06/2026

Yoshlar g‘oyalari haqiqiy tashabbuslarga aylanmoqda!

Bugun loyihaning uch hududi — Qarshi, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda yoshlar tashabbuslarini ishlab chiqish bo‘yicha Xakaton gibrid formatda bo‘lib o‘tdi.

💡 Onlayn sessiya davomida ishtirokchilar tashabbuslarni yaratish tamoyillari bilan tanishib, loyihalarni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari hamda o‘z g‘oyalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

🤝 Shundan so‘ng ishlar oflayn formatda davom etdi. Yoshlar o‘z hududlaridagi muammolarni tahlil qilish, ularga yechimlar ishlab chiqish va kelajakdagi loyihalar konsepsiyasini yaratish ustida ishladilar. Jarayon davomida ularga trenerlar, shuningdek, kontent hub va yuridik klinika rahbarlari yaqindan ko‘mak berdilar.

✨ Oldinda tashabbuslarni yanada takomillashtirish va ularni taqdim etish bosqichi turibdi. Ishtirokchilarga ilhom va g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni tilaymiz!
————
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan «O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — «Yuksalish» harakati bilan amalga oshirilmoqda.
————-

04/06/2026

📚“Bilimli ayol — jamiyat poydevori” loyihasi amalda!

Farg‘onadagi “Nodirabegim” NNT tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha grant g‘oliblari qatoridan joy olib, bugungi k***a So‘x va Beshariq tumanlarida faol amalga oshirilmoqda.

Treninglar, seminarlar va bepul yuridik maslahatlar orqali ayollarning huquqiy savodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

🎥 Videoda Rapqon mahallasi vakili loyiha doirasidagi treninglar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.
————-
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan «O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — «Yuksalish» harakati bilan amalga oshirilmoqda.
————-

02/06/2026

Debat dasturlari Qarshi, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda faol davom etmoqda!

Har bir uchrashuv o‘z fikrini asoslab berish, auditoriya oldida ishonch bilan so‘zlash, boshqalarni tinglash va mazmunli munozaralarda qatnashish uchun yangi imkoniyatdir.

Ushbu videoda Farg‘onadagi ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, debat va muhokamalarda qatnashish orqali nimalarni o‘rganganlari hamda bu tajriba ularga qanday yangi ko‘nikmalar va ishonch bergani haqida so‘zlab berishadi.

Ularning fikrlari bilan tanishing va siz ham bizga qo‘shiling!
————-
Дебатные программы продолжают активно работать в Карши, Фергане и Каракалпакстане!

Каждая встреча — это возможность научиться аргументировать свою позицию, уверенно выступать перед аудиторией, слушать других и участвовать в содержательном диалоге.

В этом видео участники из Ферганы делятся своими впечатлениями и рассказывают, чему они научились благодаря участию в дебатах и дискуссиях, а также как этот опыт помогает им развивать новые навыки и уверенность в себе.

Смотри их отзывы и присоединяйся!
——-
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan «O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — «Yuksalish» harakati bilan amalga oshirilmoqda.
———-

Bugun Nukus shahrida Kontent Xabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi !Tadbirda Mamatxonov Askar Maxmutovich — “...
19/05/2026

Bugun Nukus shahrida Kontent Xabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi !

Tadbirda Mamatxonov Askar Maxmutovich — “Yuksalish” umummilliy harakati Raisining birinchi o‘rinbosari – ijrochi direktori, shuningdek Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rahbariyati, jumladan rektor va yuridik fakultet dekani ishtirok etdi. Aynan shu fakultet negizida Kontent Xab faoliyat yuritadi.

Mazkur ochilish yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Kontent Xab — bu o‘qish, ijod qilish va o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun zamonaviy makon bo‘lib, sifatli va ijtimoiy ahamiyatga ega kontent yaratishga xizmat qiladi.

Endilikda 3 ta hududda yoshlar uchun sifatli kontent yaratish va rivojlanish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
—————
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan “O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilmoqda.

Bugun 3 ta hududda — Qarshi, Farg‘ona va Nukus shaharlarida yuridik klinikalarda ikkinchi trening bo‘lib o‘tdi! ⚖️Trenin...
19/05/2026

Bugun 3 ta hududda — Qarshi, Farg‘ona va Nukus shaharlarida yuridik klinikalarda ikkinchi trening bo‘lib o‘tdi! ⚖️

Trening mavzusi: “Ayollar huquqlari va gender zo‘ravonligiga qarshi kurash.”

Har bir hududda mahalliy ekspertlar va mahalla vakillari ishtirok etishdi, bu esa muhokamalarning hududiy xususiyatlarini hisobga olish va amaliy yechimlarni kuchaytirishga yordam beradi.

Dastur doirasida ishtirokchilar ayollarni himoya qilishning huquqiy mexanizmlari, jabrlanganlar bilan ishlashning amaliy yondashuvlari hamda gender zo‘ravonlik holatlarini oldini olish va ularga javob berish usullarini o‘rganishdi.

Trening yuridik klinikalar tizimini rivojlantirish va hududlarda huquqiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan.

Bu ayollar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
—————-
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan “O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilmoqda.

Bugun Nukus shahrida yangi kontent xab ochiladi !⏰ Soat 14:00 da📍Yuridik universtitetidaBu maskan — yangi g‘oyalar, kont...
19/05/2026

Bugun Nukus shahrida yangi kontent xab ochiladi !

⏰ Soat 14:00 da
📍Yuridik universtitetida

Bu maskan — yangi g‘oyalar, kontent yaratish va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Keling va yangi tashabbusning bir qismiga aylaning! ✨
——-
Búgin Nókiste jaña kontent xabınıń ashılıwı boladı !

⏰ Sáat 14:00 da
📍Yuridikalıq universitetinde

Bul keńislik — jaña ideyalar, kontent jaratıw hám rawajlanıw ushın jańa múmkinshiliklerdi ashıp beredi.

Keliń hám birge jańa bastamanıń guwası bolıń! ✨
———
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan “O’zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilmoqda.

Address

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when 100Community.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

  • Want your business to be the top-listed Media Company?

Share