17/02/2026
2025 yil 3-son (https://t.me/fanturmush/28)
❤️🔥❤️🔥❤️🔥Grafen: yangiajoyib material❤️🔥❤️🔥❤️🔥
Grafen — 2000-yillarning boshlarida kashf etilgan material bo‘lib, u haqqoniy ravishda “Ajoyibotlar yonimizda!” degan tamoyil asosida yaratilgan noyob materiallar va innovatsion texnologiyalar turkumiga kiradi. Grafen — kosmosdagi eng ko‘p tarqalgan elementlardan biri bo‘lgan uglerodning tekis ikki o‘lchovli kristallik modifikatsiyasi, aniqrog‘i, uning uglerodli strukturalaridan biridir. Grafenning o‘ziga xosligi uning noodatiy tashkiliy strukturasida, haroratga chidamliligida hamda noyob yupqa plyonka materiali sifatida mavjudligidadir. Boshqacha aytganda, grafen materiali — bu ikki o‘lchovli (2D) geometrik kristall panjara shaklida birikkan uglerod atomlarining monoqatlamidir. Bunday monoqatlamli “plyonka” qalinligi aniq bitta atom o‘lchamiga teng (minimal mumkin bo‘lgan atom o‘lchami). Aslida, grafen qalinligi bo‘yicha bir atomli bo‘lib, bir tekislikda joylashgan ko‘p atomli klasterdir. U uglerod atomlaridan tashkil topgan bo‘lib, bu atomlar elektron-kimyoviy bog‘lanishlar orqali mustahkam biriktirilgan va tekis ikki o‘lchovli (2D) hujayrali struktura shaklida tartiblangan.
Farid Umarov,professor,
Ishmo‘min Yodgorov,
fizika-matematika fanlari doktori