Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi

Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyati Kengashining Facebook ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi

Ushbu sahifa Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan yuritiladi

⏺    🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolar...
12/05/2023



🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

🖋 Qarorga muvofiq Buxoro  viloyatidan nomzodlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiquvchi Buxoro viloyat komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

👥 Tanlovda Yoshlar ittifoqining sardorlari va Yoshlar ittifoqi tizimidagi faol xodimlari ham ishtirok etdi. Har bitta toifa boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan bir nafar yosh tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

12/05/2023
⚡️Bayram arafasida ikkinchi jahon urush qatnashchisi Norboy bobo Qarshiyevning holidan xabar olindiKeksa avlod vakillari...
08/05/2023

⚡️Bayram arafasida ikkinchi jahon urush qatnashchisi Norboy bobo Qarshiyevning holidan xabar olindi

Keksa avlod vakillariga e'tibor va g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtirom ko‘rsatish ma'naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotir. Xonadonlarimiz fayzi bo‘lgan keksalar holidan xabar olish, og‘irini yengil qilish nafaqat farzandlik burchimiz, balki jamiyat ishiga aylandi.
Shu bois "9-may- Xotira va qadrlash" kuni arafasida ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Norboy bobo Qarshiyev holidan xabar olinib, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Buxoro MTRK, Vatanparvar tashkiloti hamda faol yoshlar bilan birgalikda tashrif amalga oshirildi.
— Dunyoda xalqlar ko‘p, urf-odatlar ham shunga yarasha, ammo inson qadri-qimmati, uning manfaati yuksak qo‘yilgan yurt hamma joyda ham topilavermaydi, — deydi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Norboy ota. — Shukrki, yurtimiz tinch-osuda. Shu sabab, xonadonlarimiz fayzli, obod. Urush yillaridagi ocharchiligu, suronli kunlar, o‘tmishning mashaqqatlarini eslasam, bugungi farovon turmushimizga ko‘z tegmasin deyman. Istiqlol tufayli bugun xalqimiz farovon va osoyishtalikdan masrur. Keksalikning gashtini surib farzandlar, nevarayu chevaralar ardog‘ida izzat-ikromda yashashga ne yetsin. 
Joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda keksalarimizning bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat ekanligi, xalqimiz hech bir ishni keksalar duolarisiz boshlamasligi bejizga emasligi hayotiy misollar orqali ochib berilmoqda.

  Viloyat kasb-hunar maktablari o'rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko'ngillilar klublarining viloyat bosqich musobaqalari  bo'...
06/05/2023




Viloyat kasb-hunar maktablari o'rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko'ngillilar klublarining viloyat bosqich musobaqalari  bo'lib o'tdi.
   Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko'ra:

🥉 Gʻijduvon tumani  kasb-hunar maktab jamoasi faxrli III-o'rinni egallaganligi uchun diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🥈Kogon tumani kasb-hunar maktab jamoasi faxrli II-o'rinni egallaganligi uchun diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🥇🏆Buxoro shahar kasb-hunar maktab jamoasi faxrli I-o'rinni egallaganligi hamda Rеspublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritganligi uchun diplom, esdalik sovg'alar hamda kubok bilan taqdirlanadi.

🏆G'olib jamoaga rеspublika musobaqalarida zafarlar tilaymiz!

  Viloyat kasb-hunar maktablari o'rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko'ngillilar klublarining viloyat bosqich musobaqalari  bo'...
05/05/2023




Viloyat kasb-hunar maktablari o'rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko'ngillilar klublarining viloyat bosqich musobaqalari  bo'lib o'tdi.
   Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko'ra:

🥉 Gʻijduvon tumani  kasb-hunar maktab jamoasi faxrli III-o'rinni egallaganligi uchun diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🥈Kogon tumani kasb-hunar maktab jamoasi faxrli II-o'rinni egallaganligi uchun diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🥇🏆Buxoro shahar kasb-hunar maktab jamoasi faxrli I-o'rinni egallaganligi hamda Rеspublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritganligi uchun diplom, esdalik sovg'alar hamda kubok bilan taqdirlanadi.

🏆G'olib jamoaga rеspublika musobaqalarida zafarlar tilaymiz!

20/04/2023

"Yosh chegarachilar" musobaqasining viloyat bosqichi eng qaynoq jarayonlarini quyidagi video-lavhada tomosha qiling.

Mirshod Ochilov Temur Poyonov

⏺ 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘...
10/04/2023



🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

📌 O‘yinda buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi 10 ta kitoblar asosida savol-javob tashkil etildi.

🖋 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1️⃣ 3-Yong‘in o‘chirish qismi;

2️⃣ 4-Yong‘in o‘chirish qismi;

3️⃣ 2-Yong‘in o‘chirish qismi egalladi.

👥 G‘olib jamoalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

.mansurov.1 .sadullaev.zafarovich

Buxoro viloyatidagi harbiy qismda "VATANPARVARLAR" harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.🔰Buxoro vil...
08/04/2023

Buxoro viloyatidagi harbiy qismda "VATANPARVARLAR" harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

🔰Buxoro viloyatidagi harbiy qismda "VATANPARVARLAR" harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichida ishtrokchilar 6 ta shart boʻyicha oʻzaro belashdilar.

🔷Shartlar quyidagicha:
1. Mohir mergan
2. Harbiylashtirilgan estofeta
3. Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish
4. Safda qoʻshiq aytish
5. Temur tuzuklari bilmdoni
6. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari aʼlochisi
Musobaqa natijasiga koʻra:

🥇-oʻrini Qorakoʻl tumani 32 maktab "Burgutlar" jamoasi;
🥈-oʻrini Qorovulbozor tumani 8 maktab "Lochinlar" jamoasi;
🥉- oʻrinni Vobkent tumani 2 maktab "Temurbeklar"  jamoasi qoʻlga kiritishdi.

.sadullaev.zafarovich

⏺4️⃣4️⃣4️⃣🎓 OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (1-qism)🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’l...
07/04/2023

⏺4️⃣4️⃣4️⃣

🎓 OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (1-qism)

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

🖋 Qaror bilan oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan:

🙋 Yoshlar yetakchilari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib belgilandi;

👥 Boshlang‘ich tashkilotlar yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi tashkil qilinadi;

⭐ Har yili “Yoshlar kuni” arafasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi;

👥 Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar Kengashlari tashkil etiladi;

💳 Kengash a’zolari ya’ni boshlang‘ich tashkilot kordinatorlari doimiy tarzda moddiy rag‘batlantirib boriladi.

🖋 Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

➡️ Batafsil: http://bit.ly/QarorMatni

,

✍️ O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va Osiyo Xalqaro universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi🔰Osi...
07/04/2023

✍️ O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va Osiyo Xalqaro universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

🔰Osiyo Xalqaro universiteti rahbariyati va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi  viloyat Kengashi  o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌐Uchrashuvda yoshlarning madaniyatini boyitish, ularni rahbar sifatida shakllantirish xususida so‘z bordi.

📃Memorandum imzolanib, universitetda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati doirasida yoshlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish, hamkorlikda yoshlarga oid davlat siyosatini to‘laqonli joriy etish, "Yoshlar press klubi"da xorijiy va xalqaro ekspertlar, talabalar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

📌 Hamroyev Fayoziddin -Osiyo Xalqaro Universiteti boshlang'ich tashkilot yetakchisi etib saylandi.

.sadullaev.zafarovich .mansurov.1

⏺4️⃣4️⃣4️⃣     🇺🇿  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi M...
05/04/2023

⏺4️⃣4️⃣4️⃣ 

🇺🇿  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qo’shma qarori qabul qilindi.

🇺🇿  Qaror bilan yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagilar belgilanmoqda:

📌  Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini oliy taʼlim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi etib belgilash;

📌  Boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini (ilmiy darajaga ega boʻlgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarining prorektori (direktor oʻrinbosari) lavozimiga kadrlar zaxirasiga kiritish;

📌  Har yili namunali faoliyat yuritib kelayotgan Ittifoqning oliy taʼlim muassasalari (tashkilotlari)dagi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarini “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab borish;

📌  Oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi aʼzolarini vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan doimiy ragʻbatlantirib borish.

🖋 Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

➡️ http://bit.ly/QarorMatni

 ⚡️Bugun "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Ken...
04/04/2023



⚡️Bugun "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi raisi M.Ochilov, bo'lim boshlig'i S.Axatov tomonidan institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti faoliyati o'rganildi.

✅ O'rganish davomida institut fakultet yetakchilari hamda yoshlar Kengashi a'zolari bilan suhbat o'tkazildi.

🔷Suhbat mobaynida yetakchilarning institut yoshlarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha hozirgi kunga qadar o'tkazgan tanlov va tadbirlari sarhisob qilinib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.
  
🔷O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi raisi M.Ochilov faol yoshlarga yetakchi kimligi, uning vazifasi nimalardan iborat ekanligi, talabalarga o'rnak bo'lishi kerakligi, faol yoshlarning ko'rsatkichlarini yanada yuqoriga ko'tarishga ko'maklashishi zarurligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Address

Buxoro Viloyati
Johannesburg
200100

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi:

Share