BBC Uzbek

BBC Uzbek BBC O‘zbek xizmati https://www.bbc.com/uzbek va barcha ijtimoiy tarmoqlarda - nafaqat yangiliklar… Sizning fikr va mulohazalaringiz uchun doim ochiq.

BBC Jahon Xizmati o'z Facebook sahifasida do'stona, samimiy va ochiq suhbatni olqishlaydi, ammo, yo'llangan sharhlar yoki bahslarni olib tashlash huquqini saqlab qoladi. Bu mulohazalar bizning dasturlarimizda ham ishlatilishi mumkin. Ushbu sahifada o'zgalar fikri va qarashlarini davomli masxara qilgan shaxslar muxlislar safidan butunlay chiqarib tashlanishi mumkin.

• o'zgalarga xalaqit qiladigan,

ko'ngilni og'ritadigan va tahqirlaydigan
• irqiy, milliy, shahvoniy, dashnom beradigan va e'tirozlarga sabab bo'ladigan
• tarkibida haqoratomuz so'zlar bo'lgan
• qonnunni buzishi mumkin bo'lgan yo mas'uliyatsiz yoda noqonuniy faoliyatga yetaklaydigan (jumladan mualliflik huquqini buzish, to'hmat va mahkamaga hurmatsizlik)
• daromad vayo foyda olish maqsadida mahsulot va xizmatlarni reklama qiladigan
• o'zga shaxs nomidan yozilgan
• aloqa qilish maqsadida shaxsiy telefon nomerlar, pochta va e-mail adreslarni qoldirgan
• boshqalar tinchligi vayo mol-mulkini xavf ostiga qo'yadigan faoliyatni tasvirlagan vayo tashviq etadigan
• "spam" deya ko'riladigan (ayni khabarni ko'p martalab yo'llagan payg'omlar)
• blog, bahs vayo sahifa uchun mutlaqo aloqasi bo'lgmagan

Sharhlarni olib tashlash huquqini saqlab qolamiz

🇺🇿🏥Ўзбекистон: Ота-оналар вазирлик олдига йиғилди. Қизамиққа чалинган болалар учун умид борми?https://bbc.in/4A10Phr    ...
10/09/2026

🇺🇿🏥Ўзбекистон: Ота-оналар вазирлик олдига йиғилди. Қизамиққа чалинган болалар учун умид борми?
https://bbc.in/4A10Phr

Ўзбекистоннинг турли ҳудудларидан келган SSPE касаллигига чалинган болаларнинг ота-оналари Соғлиқни сақлаш вазирлиги олдига йиғилди. Улар зарур дори-дармон, тибби....

🇰🇬Qirg‘iziston: Tashievga chiqarilgan hukm nega prezident saylovi bilan bog‘lanmoqda?https://bbc.in/4ysmiOm
10/09/2026

🇰🇬Qirg‘iziston: Tashievga chiqarilgan hukm nega prezident saylovi bilan bog‘lanmoqda?
https://bbc.in/4ysmiOm

Qamchibek Tashievga chiqarilgan navbatdagi sud hukmi Qirg‘izistondagi bo‘lajak prezident saylovi arafasida siyosiy bahslarni yana kuchaytirdi.

🇰🇬Қирғизистон: Ташиевга чиқарилган ҳукм нега президент сайлови билан боғланмоқда?https://bbc.in/4A577fH
10/09/2026

🇰🇬Қирғизистон: Ташиевга чиқарилган ҳукм нега президент сайлови билан боғланмоқда?
https://bbc.in/4A577fH

Қамчибек Ташиевга чиқарилган навбатдаги суд ҳукми Қирғизистондаги бўлажак президент сайлови арафасида сиёсий баҳсларни яна кучайтирди.

10/09/2026

Universal bazaviy daromad nima?

Agar hukumat har bir odamga, misol uchun, oyiga $1300 bersa nima bo‘ladi?

Bu odamlar bajarayotgan ishni sun’iy idrok tortib olgani uchun global ish bozoriga sun’iy intellekt ta’sirini kamaytirish uchun taklif etilayotgan g‘oyalardan biridir.

U Universal bazaviy daromad deb ataladi.

Biroq iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Daron Ajemog‘lu fikricha, bu narsa jamiyatda ulkan jarlikni hosil qilishi mumkin.

BBC muxbiri Kris Sibtorp video lavhasi.

10/09/2026

Sun’iy intellekt insoniyat uchun tahdidga aylanishi mumkinmi?
Anthropic kompaniyasining yetakchi tadqiqotchilaridan biri keyingi o‘n yil ichida AI butun insoniyatni qirib yuborishi ehtimoli 10 foizdan yuqori ekanini aytdi. Bu bayonot texnologiya sohasida yangi bahslarga sabab bo‘ldi.
Siz nima deb o‘ylaysiz: AI kelajak uchun katta imkoniyatmi yoki xavfmi?

10/09/2026

Rossiya droni Zelenskiy uchog‘iga tegishiga "sal qoldi"mi?

Moldova va Norvegiya rahbariyati ana shunday bayonot bilan chiqishdi.

Aytilishicha, aynan Rossiya droni sabab, Ukraina prezidenti Moldovadan Osloga kechikib uchgan.

Ukraina Prezidenti devonidagi “Franc-Press” manbasi esa Zelenskiyga tahdid xavfi haqidagi bayonotlarni “bo‘rttirilgan”, deb atadi.

Ammo prezident samolyoti bortida bo‘lgan ukrainalik rasmiy "Financial Times"ga Norvegiya Bosh vazirining so‘zlarini tasdiqladi.

Nima gap?

Tafsilotlari uchun videomizni ko‘ring, yana YouTube kanalimizga ham boqing.

Videoni boshqalarga ham ulashing, fikrlaringizni qoldiring.

Россия дрони Зеленский учоғига тегишига "сал қолди"ми?

Молдова ва Норвегия раҳбарияти ана шундай баёнот билан чиқишди.

Айтилишича, айнан Россия дрони сабаб, Украина президенти Молдовадан Ослога кечикиб учган.

Украина Президенти девонидаги “Франc-Пресс” манбаси эса Зеленскийга таҳдид хавфи ҳақидаги баёнотларни “бўрттирилган”, деб атади.

Аммо президент самолёти бортида бўлган украиналик расмий "Financial Times"га Норвегия Бош вазирининг сўзларини тасдиқлади.

Нима гап?

Тафсилотлари учун видеомизни кўринг, яна YouTube каналимизга ҳам боқинг.

Видеони бошқаларга ҳам улашинг, фикрларингизни қолдиринг.

Siz nima deb o'ylaysiz? Videoga link izohda
10/09/2026

Siz nima deb o'ylaysiz? Videoga link izohda

10/09/2026

Rossiya, O‘zbekiston va mintaqa: Tolibonga ishonsa bo‘ladimi?

Shu kunlarda Rossiya tomoni yana yangi bayonot bilan chiqdi.

Tojik-Afg‘on chegarasidagi vaziyatga bu gal Rossiya Mudofaa vaziri e’tibor qaratdi.

Belousov mazkur chegarani mustahkamlash hozir Moskva uchun eng muhim ustivor vazifalardan biriga aylanganini aytdi.

Rossiya Mudofaa vaziridan avval bu masalani shaxsan Putinning o‘zi rasman va oshkora tilga olgan.

"Vaziyatdan boxabar" ekanini aytib, mintaqadagi ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortgandi.

Tolibon hukumati vakili esa bungacha barchani "xavotirlanishga hech bir asos yo‘q"ligiga ishontirgan.

Afg‘on-Tojik chegarasida "xavfsizlik to‘liq ta’minlangani"ni aytib chiqqandi.

Afg‘onistonning mintaqaga chegaradosh va strategik jihatdan muhim Badaxshonida so‘nggi paytlarda vaziyat jiddiy yomonlashgan.

Shunday ekan, bugun mintaqaga Afg‘oniston tahdidi qanchalik real?

Россия, Ўзбекистон ва минтақа: Толибонга ишонса бўладими?

Шу кунларда Россия томони яна янги баёнот билан чиқди.

Тожик-Афғон чегарасидаги вазиятга бу гал Россия Мудофаа вазири эътибор қаратди.

Белоусов мазкур чегарани мустаҳкамлаш ҳозир Москва учун энг муҳим устивор вазифалардан бирига айланганини айтди.

Россия Мудофаа вазиридан аввал бу масалани шахсан Путиннинг ўзи расман ва ошкора тилга олган.

"Вазиятдан бохабар" эканини айтиб, минтақадаги кўпчиликнинг диққатини ўзига тортганди.

Толибон ҳукумати вакили эса бунгача барчани "хавотирланишга ҳеч бир асос йўқ"лигига ишонтирган.

Афғон-Тожик чегарасида "хавфсизлик тўлиқ таъминлангани"ни айтиб чиққанди.

Афғонистоннинг минтақага чегарадош ва стратегик жиҳатдан муҳим Бадахшонида сўнгги пайтларда вазият жиддий ёмонлашган.

Шундай экан, бугун минтақага Афғонистон таҳдиди қанчалик реал?


🇺🇸💰Трампнинг янги ваъдаси: ҳар бир америкаликка 5000 доллар. Эрон уруши-чи?https://bbc.in/4iVn95F
10/09/2026

🇺🇸💰Трампнинг янги ваъдаси: ҳар бир америкаликка 5000 доллар. Эрон уруши-чи?
https://bbc.in/4iVn95F

Доналд Трамп республикачилар сайловда ғалаба қозонса, америкаликларга 5000 доллар беришни ваъда қилди. У Эрон уруши давом этаётган бир пайтда нефтнинг баланд нархл...

Address

BBC Broadcasting House Portland Place
London
W1A1AA

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when BBC Uzbek posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share