12/06/2024
🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya Respublikasi munosabatlari xronologiyasi
➡️ 1992 yil – O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
➡️ 2006-yil – ikki davlat o‘rtasida Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
➡️ 2014 yil – Toshkentda Seul bog‘i ochildi.
➡️ 2017 yil – Toshkentdagi Seul bog‘ida koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz O‘zbekistonda yashayotganining 80-yilligi munosabati bilan yodgorlik monumenti ochildi.
➡️ 2018-yil – rasmiy Seul xalqaro maydondagi hamkorlik doirasida O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”, 2019-yil - “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish”, 2022-yil - “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyalarni qo‘llab-quvvatladi.
➡️ 2019-yil – ikki davlat o‘rtasida munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi (ikki tomonlama hamkorlik va global masalalarni muhokama qilish uchun oliy darajadagi tashriflarning muntazam almashinuvlari).
➡️ 2019-yil – Toshkent shahrida Koreys madaniyati va san’ati uyi ish boshladi.
➡️ 2020-yil – Koreya Respublikasi hukumati BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik Trast fondiga 1 mln AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam berish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.
➡️ 2021-yil – 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan BMT Inson huquqlari kengashi a’zoligiga O‘zbekiston nomzodini, shuningdek, 2023-yilda Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida Samarqand shahri nomzodini yoqlab ovoz berdi.
➡️ 2021 yil – Seul shahri markazida qad rostlagan ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali ochildi.
➡️ 2023-yil – Toshkentda ikki davlat yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining forumi bo‘lib o‘tdi.
➡️ 2023-yil – ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 2,3 mlrd dollarga yetdi...