Bir Ilm

Bir Ilm 🎯Maqsadimiz o'rgatish emas, ulashishdir.
📚 Har hafta kitob suhbatlari | Bir yilda 52 ta kitob

 ▪️Ona tili - bu millatning ruhi, maʼnaviy qiyofasi, or - nomusi, orzu - umidlari qiyofasidir. Xalqning asrlar o'sha ogʻ...
21/10/2024


▪️Ona tili - bu millatning ruhi, maʼnaviy qiyofasi, or - nomusi, orzu - umidlari qiyofasidir. Xalqning asrlar o'sha ogʻizdan-ogʻizga, dildan-dilga jo boʻlgan afsonalari uchun xizmat qilgan beminnat yordamchi!

Bizning milliy qadriyatlarimizning bosh mezoni hisoblangan Oʻzbek tili ham asrlar mobaynida toblanib, yuksalib, hozirgi kungacha biz bilan ulgʻayib kelmoqda.
Oʻzbek tili dastlab arab, soʻngra rus tillarining orasida qolganiga qaramay mustaqillik uchun ilk qadam sifatida 1989-yil, 21-oktyabr sanasida Davlat tili maqomini qoʻlga kiritdi.
Bugun esa ushbu maqom taʼsis etilganligining 35 yillik Bayrami munosabati bilan unga doim hurmat va eʼzozda boʻlgan holda barchangizni muborakbod etamiz.

Ming bir eldan bizga nasib boʻlgan tilim.
Ming yillardan omon oʻtib kelgan tilim.
Oʻzbegimni asl oʻzbek qilgan tilim
Tillar ichra oʻzing buyuk zabonimsan
Ona tilim, mening ikki jahonimsan

 Bir ilm jamoasi - ilm o‘rganishni, uni amalda qo'llash va ulashishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Loyihamiz insonla...
08/10/2024


Bir ilm jamoasi - ilm o‘rganishni, uni amalda qo'llash va ulashishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Loyihamiz insonlarni ilmga targ'ib qilib kitobxonlar jamiyatini yuksaltirish hamda kitoblardan olingan xulosalarni barcha bilan baham ko‘rish maqsadida doimiy harakat qilib kelmoqda. Loyihamizning kengayishiga siz ham o‘z hissangizni qo'shing!
Maqsadlarning birlashgan nuqtasi kitobxonlar jamoasiga qo'shiling!

  Assalomu alaykum aziz kitobxonlar!"Bir ilm" oilasi navbatdagi kitob suhbati uchun qadrli Ustozimizni mehmon sifatida t...
08/10/2024



Assalomu alaykum aziz kitobxonlar!
"Bir ilm" oilasi navbatdagi kitob suhbati uchun qadrli Ustozimizni mehmon sifatida taklif etdi.

Mehmonimiz:
Akrom Malik yozuvchi, shoir va u kishining ko'plab asarlari xalqimiz tarafidan judayam yaxshi qabul qilingan. Ustozning Xalqa, Jangchi kabi asarlari insonning iymonini sayqallab beradigan buyuk asarlardan desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bu galgi Ahmad Lutfiy Qozonching ''So'nggi to'fon'' kitobi ustida bo'lib o'tadigan suhbatimizda Ustozning ilmlaridan bahramand bo'lamiz inshaAlloh!

''Bir ilm'' jamoasi siz azizlar uchun eng yaxshisiga harakat qilmoqda. Sizlardan ham huddi shunday shijoat va g'ayrat kutib qolamiz. Eng yaxshi kitob suhbatida ko'rishguncha!
Suhbat: 12-oktabr | 18:00 (Uzb)
12-oktabr | 22:00 (Kor)

Ustozdan javob olmoqchi bo'lgan savollaringiz bor bo'lsa ushbu post ostiga savollaringizni yozib qoldirishingizni so'rab qolamiz👇

   ✨ «Odamiylik mulki» kitobi boʻyicha tanlov eʼlon qilamiz!Tohir Malik qalamlariga mansub «Odamiyliik mulki » kitobi bo...
18/09/2024



✨ «Odamiylik mulki» kitobi boʻyicha tanlov eʼlon qilamiz!

Tohir Malik qalamlariga mansub «Odamiyliik mulki » kitobi boʻyicha taqrizlar tanlovini eʼlon qilamiz!

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu kitobni esh*tib yokida oʻqib chiqib, undan olgan foydalaringiz, xulosalaringiz va taassurotlaringizni taqriz koʻrinishida yozishingiz kerak boʻladi.

⏳ Taqrizlaringizni 20-sentyabr, soat 23:59 ga qadar ushbu manzilga yuborishingiz kerak:

🎁 Eng yaxshi 3 ta taqriz egasi 21-sentyabr kuni Bir Ilm oilasining 140-kitob suhbatida e’lon qilinadi.

Mukofotlar:
1-o'rin "Odamiylik mulki" Tohir Malik
2-o'rin "Vatandoshlik dasturi" Yulo Vooglayd
3-o'rin "Duo anatomiyasi" Muhammad Bo'zdag'

Marhamat, tanlovda qatnashib kitob hadyalarga ega boʻling! 😊

Qadrli kitobxon siz haftasiga qancha vaqtingizni kitob o‘qishga sarflaysiz?O‘zbekiston ushbu ko'rsatkichning nechanchi p...
11/07/2024

Qadrli kitobxon siz haftasiga qancha vaqtingizni kitob o‘qishga sarflaysiz?
O‘zbekiston ushbu ko'rsatkichning nechanchi pog'onasini band qilib turibdi deb o‘ylaysiz?

Izohlarda yozib qoldiring

Assalomu alaykum aziz kitobxonlar!"Bir ilm" oilasi navbatdagi kitob suhbati uchun qadrli Ustozimizni mehmon sifatida tak...
06/04/2024

Assalomu alaykum aziz kitobxonlar!
"Bir ilm" oilasi navbatdagi kitob suhbati uchun qadrli Ustozimizni mehmon sifatida taklif etdi.

Mehmonimiz:
Qamariddin Bekmuhammad boshlovchi, jurnalist hamda ''O'zgaramiz'' loyihasida speaker sifatida yoshlarni kitobxonlikka undash va o'z shaxsiy tajribalaridan kelib chiqqan holda foydali maslahatlar berish kabi ishlar bilan shug'ullanib kelmoqdalar.

Bu galgi "Nabaviy Tarbiya" kitobi doirasidagi bo'lib o'tadigan suhbatimizda Ustozning tajribalaridan birgalikda bahramand bo'lamiz!

''Bir ilm'' jamoasi siz azizlar uchun eng yaxshisiga harakat qilmoqda. Sizlardan ham huddi shunday shijoat va g'ayrat kutib qolamiz. Eng yaxshi kitob suhbatida ko'rishguncha!

Suhbat: 6-aprel | 19:30 (Uzb)
6-aprel | 23:30 (Kor)

Assalomu alaykum va Rohmatullohi va barokatuh Navbatdagi postimiz bevosita  Bir ilm jamoasining bugungi (25.02.2024)"Bir...
25/02/2024

Assalomu alaykum va Rohmatullohi va barokatuh
Navbatdagi postimiz bevosita Bir ilm jamoasining bugungi (25.02.2024)
"Bir ilmda Ramazon" tadbiridan olingan lavhalardir.

Ajoyib va ko'tarinki kayfiyatda o'tgan tadbirdan olgan xulosalarimiz:

-dunyo va oxirat ishi teng kelib qolganda ikkilanmay oxirat ishi bilan mashg'ul bo'lishlik;
- har narsani ilmi bilan qilishlik (o‘zimizdan aqlli yasab olmaslik yohud diniy masalalarda biror qaror qabul qilganda juda ehtiyot bo‘lishlik);
- insonlarni doimo yaxshilik qilishga chorlash;
-jamoaviy ishlashdagi munosabatlar;
Shunga o‘xshash ko‘plab foydali ilmlar oldik.

Shuningdek ishtirokchilar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni oldilar deb o‘ylaymiz.

Umumiy 4 ta jamoadan iborat 25dan ziyod ilmli insonlarni bir joyga jamlangan xolda o'zaro birgalikda ,,team working" hamda muammolarni birgalikda xal qilishdek kuchli jihatlarni ko‘rsata olgan insonlarni kashf qildik deb o‘ylaymiz.

Shuningdek bizning taklifimizga yo‘q demasdan 350 km masofadan kelgan Kimhe shahri Al Buxoriy masjidi imom hatibi Ulug‘bek Qoriga minnatdorchilik bildiramiz.
Hamda bizlarni doimiy hamkorlarimiz:

Movme kompaniyasi
Lazzat uzbek halal restaurant
Hanpass pul o‘tkazmalari
TekpeBooks Koreya bo‘ylab online kitob do‘konidan ham juda mamnunmiz. Alloh taolo qilgan yaxshiliklaringizni ajrini ko'paytirib berishini tilab qolamiz. Albatta yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir.

Endi sizning fikrlaringizni esh*tsak :

-Ilm majlisiga qayerdan tashrif buyurdingiz?
-Tadbir siz kutgandek bo‘ldimi?
- Navbatdagi ilm yig'ini qaysi hududda bo‘lishini xoxlaysiz?

Shuningdek tadbirni tashkiliy ishlarini o‘z zimmasiga olgan jamoamiz a'zosi Nurbek Qurbonovga ham alohida tashakkur. Insonlarni yaxshilikka undash bo'yicha qilgan yaxshiliklaringizni ajrini alloh ko'paytirib bersin va o‘zi rozi bo‘ladigan amallarda bardavom qilsin.

"Bir Ilmda Ramazon""Bir Ilm"- ushbu loyiha ilmga chanqoq yoshlarni va kitobxonlarni bir ilm uchun birlashishga chorlaydi...
22/02/2024

"Bir Ilmda Ramazon"

"Bir Ilm"- ushbu loyiha ilmga chanqoq yoshlarni va kitobxonlarni bir ilm uchun birlashishga chorlaydigan loyiha. Ushbu son "Bir Ilmda Ramazon" loyihasining birinchi soni hisoblanadi.

Sana: 25.02.2024
Soat: 10:00 ~ 12:50
Manzil: Lazzat oshxonasi (Itaewon, Seoul) | https://naver.me/5EaUs47D
Mavzu: "Bir Ilmda Ramazon"
Umumiy ishtirokchilar soni: 20 nafar.

Kun rejasi:
10:00 - 10:10 "Bir ilmda - Ramazon" tadbiri ochilish qismi
10:10 - 10:40 "Al Buxoriy" masjidi Imomi Ulug'bek qori bilan Ramazon haqida suhbat
10:40 - 11:00 Ramazon haqida savol javoblar
11:00 - 12:00 Zakovat 4 ta raund
12:00 - 12:30 Tushlik
12:30 - 12:50 Tadbirni yakunlash

Google form: https://forms.gle/8qAwCRA5FGK4rM5D8

Arizalar 24.02.2024 | 16:00 gacha qabul qilinadi.

Maqsadimiz: "Vatandoshlar orasida Bir Ilm ulashish"

Homiylar:
1. Move Me
2. Hanpass
3. Tekpe books
4. Lazzat uzbek halal restaurant

Qo'shimcha savol va mulohazalar uchun:
010 9624 5833 | [email protected]

Bu joy siz uchun emas!Bir Ilm loyihasi kengaymoqda va loyihadagi yangi bo'limlarga Menejerlar izlayapti. Ammo bu joy siz...
14/02/2024

Bu joy siz uchun emas!

Bir Ilm loyihasi kengaymoqda va loyihadagi yangi bo'limlarga Menejerlar izlayapti. Ammo bu joy siz uchun emas. Bu ilm uchun xolis niyatda Bir ilm jamoasiga qo'shilmoqchi bo'lgan xolis insonlar, ya'ni Bir ilmning bo'lajak Menejerlari uchun.

Lavozimlar:
1. Moderator
2. Video montaj
3. Content Creator
4. Marketing Manager
5. SNS manager
6. Graphic designer

Kimlar uchun:

- Ilm uchun xolis hissa qo'shuvchi
- Yuqorida berilgan bo'limlar bo'yicha tajribasi bor
- Tez o'rganuvchi va moslashuvchi
- Kitob o'qishni sevuvchi
- Muloqotga mahoratli insonlar

Sizni nima kutadi:

- O'z loyihalaringizga yordam beruvchi Bir ilm jamoasi
- Birgalikda shaxsiy rivojlanish
- Muntazamlik
- Yaratuvchanlik/ijodkorlikni o'stirish
- Birgalikda 3D fikrlash

Yuqoridagi talablarga mos nomzodlar Telegram orqali ga murojaat qilib, "Bir ilm jamoasiga qo'shilmoqchiman" deb yo'nalishingizni ham qisqa yozib qo'ying.

Biz emas, Ilm sizni kutadi!

Navbatdagi postimiz kuni kecha 27-yanvar  O‘zbekistonda Bir ilm ( )loyihasi  Ibrat farzandlari(.farzandlari ) bilan hamk...
30/01/2024

Navbatdagi postimiz kuni kecha 27-yanvar O‘zbekistonda Bir ilm ( )loyihasi Ibrat farzandlari(.farzandlari ) bilan hamkorlikda da bo‘lib o‘tgan ,,Quiz Zakovat" musobaqasiga bag'ishlanadi.

Judayam qiziqarli bo‘lishi bilan birga shiddatli hamda murosasiz o‘tgan Zakovat musobaqasida kuchli 9 ta jamoalar ishtirokida 50dan ziyod talaba va yoshlar bir nuqtaga jamlanishdi.

Bunday Zakovat va ilm yig‘inlarini davomiy tarzda tashkillashtirilishi - yoshlarni ilmga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish bilan bir qatorda kuchli insonlarni kashf etish, jamoaviy ishlash hamda tez qaror qabul qilish kabi muhim sifatlarni shakllantirishda ayniqsa ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Yakuniy hisob bo'yicha:

🥇- o‘rin •Alpha• jamoasi 🏆🏆

🥈- o‘rin •Osmondagi Talabalar• jamoasi 👏👏

🥉- o‘rin •Happiness• jamoasi 👍👍

Tadbirni tashkiliy ishlarida yelkama - yelka turib chin dildan xizmat qilgan
Bir ilm oilasi vakillari: Javokhirbek Khakimjonov ( ) va Abdug‘affor Makhmudov ( )larga shuningdek Ibrat farzandlari (.farzandlari )ga minnatdorchilik bildiramiz
Qaddingiz va qadringiz hamisha baland bo‘lsin.

Endi ishtirokchilar fikrini bilsak :

- Siz qaysi jamoadan edingiz?
- Qanday ilmlar oldingiz?
- Jamoadoshlaringgizni qanchalik tanib oldingiz? ismlarini yozib qoldiring.
-Keyingi Zakovat musobaqasi qaysi shaharda bo‘lishini xoxlaysiz?

Address

Seoul

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bir Ilm posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category