G'uncha jurnali

G'uncha jurnali Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from G'uncha jurnali, Media/News Company, Angren.

🌍 Bir Vatan, bir millat, bir yurak! ❤️“Vatandoshlar” jamoat fondi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi  hamkorligida...
31/07/2026

🌍 Bir Vatan, bir millat, bir yurak! ❤️

“Vatandoshlar” jamoat fondi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida tashkil etilgan ma'rifiy loyihada dunyoning 14 ta davlatidan kelgan 250 nafarga yaqin yosh vatandoshlar ishtirok etmoqda.

7–14 yoshli bolajonlar bugun o‘z ildizlari, ona Vatani va milliy qadriyatlari bilan yanada yaqinroq tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.

🇺🇿 “Bir Vatan, bir millat, bir yurak” shiori ostida o‘tayotgan loyiha joriy yilning 22-iyulidan 3-avgustiga qadar Toshkent viloyatidagi “Yangi Oʻzbekiston” bolalar yozgi dam olish oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi — xorijdagi yosh vatandoshlarni Oʻzbekiston bilan yaqindan tanishtirish, ularning ma'naviy rishtalarini mustahkamlash, o‘zbek tili, tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda turli mamlakatlarda istiqomat qilayotgan tengdoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.

Qirgʻiz Respublikasida chop etiladigan “Baychechekey” jurnlining 7-sonida “Gʻuncha” jurnalimiz haqida maqola chop etildi...
10/07/2026

Qirgʻiz Respublikasida chop etiladigan “Baychechekey” jurnlining 7-sonida “Gʻuncha” jurnalimiz haqida maqola chop etildi.

Adabiy doʻstligimiz abadiy boʻlsin!

SHUKUR QURBON 75 YOSHDA    Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, “Doʻstlik” ordeni sohibi Shukur Qurbon taval...
06/07/2026

SHUKUR QURBON 75 YOSHDA
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, “Doʻstlik” ordeni sohibi Shukur Qurbon tavalludining 75 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Shoirning “Oqqushlar koʻli”, “Sogʻinch darvozasi” , “Nafas” , “Ona tilim”, “Yoz kunlari” , “Yori jonim” , “Bir qalb manzarasi”, “Sizni Xudo yetkazdi” , “Arbaʼin-1”, “Bayram ‒ bolalarniki” , “Ellikqalʼa daftari”, “Baliqchiliklar” kitoblari nashr etilgan.

01/07/2026

Tengdoshingizdan tavsiya...

Yozgi taʼtilni “Gʻuncha” jurnali bilan maroqli oʻtkazing.

“Gʻuncha” jurnalining yangi 6-soni bilan tanishing.
22/06/2026

“Gʻuncha” jurnalining yangi 6-soni bilan tanishing.

G'uncha jurnalining 5-soni bilan tanishing.
06/06/2026

G'uncha jurnalining 5-soni bilan tanishing.

AL-XORAZMIY OLIMPIYADASI G'OLIBLARI TAQDIRLANDIToshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar oromgohida Al...
06/06/2026

AL-XORAZMIY OLIMPIYADASI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar oromgohida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Fan olimpiadalari markazi hamkorligida tashkil etilgan olimpiadada 16 davlatdan 220 dan ortiq o‘quvchi-yoshlar qatnashdi. Ishtirokchilar matematika va informatika fanlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar oltin, kumush va bronza medallari, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O'zbekiston terma jamoasi jami 61ta medal (11ta oltin, 22ta kumush va 28ta bronza)ni qo'lga kiritdi.

Bugun poytaxtimizdagi Ikuo Hirayama madaniy karvonsaroyida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ijtimoiy himoya agen...
02/06/2026

Bugun poytaxtimizdagi Ikuo Hirayama madaniy karvonsaroyida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ijtimoiy himoya agentligi va UNICEF tashkilotlari bilan hamkorlikda “Mening maktabim — har bir bola uchun” milliy ko'rgazmaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ko'rgazmada O'zbekistonning turli hududlaridan jamlangan rasmlar, hikoyalar, she'rlar va videolavhalar namoyish etildi.
O'quvchilarga “Agar sizda imkoniyat bo'lsa, maktabingizda nimani o'zgartirasiz?” savoliga javoban rasm, hikoyalar taqdim etildi. Bu bilan o'quvchilarning fikrini erkin ifoda etishga yordam berish va ta’lim tizimida bolalar xohlaydigan takliflarni aniqlashga yordam beradi.

Aziz bolajonlar! “G'uncha” jurnalini ijtimoiy tarmoqlardagi shifalari bilan tanishing.1. Guncha1958.uz — sayt manzili. U...
22/05/2026

Aziz bolajonlar! “G'uncha” jurnalini ijtimoiy tarmoqlardagi shifalari bilan tanishing.
1. Guncha1958.uz — sayt manzili. Unda siz jurnalimizning ilk sonlari va so'nggi sonlari bilan parallel ravishda kuzatib borishingiz mumkin.
2. G'uncha jurnali — Facebook sahifasi. U yerda siz nafaqat jurnalimizda chop etilayotgan maqolalar, balki bolalar adabiyoti va ta’lim jarayonidagi yangiliklar haqida xabardor bo'lishingiz mumkin.
3. guncha_1958 — Instagram sahifamizda jurnalimiz yangi sonlari, bolajonlar va tahririyat jamoasi tomonidan tayyorlangan videoroliklarni tomosha qilishingiz mumkin.
4. — siz bu manzilga o'zingizning ijodiy ishlaringizni yubirishingiz mumkin.
5. G'uncha jurnali_1958 — Telegram kanalimiz. U yerda eʼlon qilinadigan tanlovlarda ishtirok etishingiz mumkin.

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida Toshkent viloyati Angren sha...
21/05/2026

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida Toshkent viloyati Angren shahridagi bir nechta maktab va bog'chalarda tashkil etilgan to'garaklar faoliyati bilan tanishdik.

Ilk manzil Yangi Angren madaniyat va sport maskani bo'ldi. Majmuada shahardagi 43-maktab o'z faoliyati boshladi. U yerda o'quvchilar robototexnika, raqs, qo'g'irchoq teatri, “Mohir qo'llar”, raqs va milliy cholg'uchilik to'garakalarida ishtirok etishmoqda.

Address

Angren
110200

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when G'uncha jurnali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share