Hadis va hayot

Hadis va hayot Kimki vafotidan keyin ham amali uzilmasligini xohlasa, ilm tarqatsin!

Ro'zani buzadigan amallar!🌙 Har bir moʻmin va moʻminalar uchun ro'za tutish farz amali hisoblanadi, tutadigan ro'zasi be...
26/03/2023

Ro'zani buzadigan amallar!

🌙 Har bir moʻmin va moʻminalar uchun ro'za tutish farz amali hisoblanadi, tutadigan ro'zasi bekamu koʻst boʻlishini xohlaydigan har bir insonni ro'zani buzuvchi holatlar qiziqtirsa kerak degan umidda ularni siz bilan bo'lishamiz!

🔺 Ro'zaligini anglagan holda qasddan ovqat yoki suv isteʼmol qilish;
🔺 Oqib turuvchi suv havzalari yoki basseynlarda cho'milish;
🔺 Og'izni to'ldirib qayd qilish;
🔺 Ukol qilinganda roʻza buzilishi masalasiga kelsak, aslida venadan ukol qilinsa ro'za ochilmaydi, qachonki ukol tanaga ozuqa beruvchi vitaminli boʻlmasagina;
🔺 Xushboʻylantiruvchi vositalardan foydalanish va oʻtkir hidlarni hidlash;
🔺 Tish pastasidan ham og'iz yopishdan oldin foydalangan maʼqul.

💫 Barcha ibodatlarimiz o'zimiz uchun ammo roʻza xolis Alloh uchun tutiladi, shunday ekan ro'zamizni mukammal holatda boʻlishiga eʼtiborli bo'laylik!

✨ Allohim qilgan ibodatlarimizni dargohida husni qabul aylasin!

🍃 Alloh olayotgan ilmingizni manfaatli qilsin!

Sahih hadis qanday boʻladi?🌙 Imom Buxoriyning "Al-Jomiʼ as-sahih" hadislar to‘plami eng sahih va eng mukammal bo‘lib e't...
23/03/2023

Sahih hadis qanday boʻladi?

🌙 Imom Buxoriyning "Al-Jomiʼ as-sahih" hadislar to‘plami eng sahih va eng mukammal bo‘lib e'tirof etildi.Buning sababi – Imom al-Buxoriy hadislarni o‘ziga yetkazib kelgan roviylardan rivoyatini qabul qilib kitobat qilishdagi shartlari va talablari boshqa muhaddislarnikidan(hadis yigʻuvchi) bir muncha kuchli bo‘lgan. Hadis roviysidan hadis qabul qilishda qat'iy talablarni qo‘ygan.

🔸 Rivoyat qiluvchi roviylarning sifatlariga, axloqlariga juda katta e'tibor qaratgan va roviyning sifati, axloqi hadis qabul qilishdagi talablariga yetarli darajada javob bermasa unday roviydan hadis qabul qilmagan.

🔸 Sifati majhul, kimligi va nasabi noma'lum, sifatiga nuqson yetgan roviylardan, shu jumladan sanad tabaqasida yolg‘iz bo‘lib qolgan roviydan umuman hadis rivoyat qilmagan.

💫 Hadislarni sahih deb qabul qilishda muhaddis ulamolarning sahihlik shartlari turlicha bo‘lgan. Muhaddis olimlarning hadislarni sahih deb e'tirof etilishida asosan beshta shart mavjuddir.

🔹 Sanadning uzluksiz bog‘langan bo‘lmog‘i;

🔹 Sanaddagi roviyning odilligi;

🔹 Sanaddagi roviy xotirasining mukammal bo‘lmog‘i;

🔹 Hadis o‘z matni va uning roviylari martabasiga zarar yetkazuvchi sabablardan xoliy bo‘lmog‘i;

🔹 Hadis matni va sanadi shuzuz (tarqoqlik)dan xoli bo‘lmog‘i lozim.

🌟 Yuqoridagi shartlarga javob bergan hadisni sahih(ishonchli) deb hisoblashimiz va unga bemalol amal qilishimiz mumkin!

✨ Alloh olayotgan ilmingizni manfaatli qilsin!

Address

G'ijduvon
Bukhara
200500

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Hadis va hayot posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Hadis va hayot:

Share