Chortoq AKM rasmiy

Chortoq AKM rasmiy Chortoq Axborot Kutbxona markazi

  2026 yil 16-sentabr kuni  Chortoq tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan mahorat maktabi darsi tashkil etildi. Maho...
17/09/2026


2026 yil 16-sentabr kuni Chortoq tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan mahorat maktabi darsi tashkil etildi. Mahorat darsida tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarini to`ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati mutaxassislari va Chortoq tumanidagi Ko’zi ojizlar kutubxonasi, Yoshlar markazi, kasb-hunar maktablari va o’rta-maxsus o’quv yurtlarining kutubxonachilariga Mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsini Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Dilfuza Hakimova ochib berib, tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi hamda mazkur mashg‘ulotning axborot-kutubxona mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy kutubxonachilik jarayonlarini amaliyotga samarali joriy etishdagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Mahorat darsi davomida Chortoq tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari U. Tuychiyev tomonidan “Adabiyotlarga ishlov berishda innovatsion usullardan foydalanish. Kutubxonaga yangi kelgan hujjatlarni qabul qilish. Ro’yhatga olish, texnik va bibliografik qayta ishlash hamda saqlashga tayyorlash” va Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazining Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish xizmati rahbari Z. Mallayeva tomonidan “Kataloglashtirish — kutubxona fondiga kelib tushgan hujjatlar (kitoblar, jurnallar, elektron resurslar va boshqalar) haqida bibliografik yozuvlar yaratish va ularni ma'lum tizim asosida joylashtirish jarayoni, Kataloglarning turlari” mavzulari bo'yicha mahorat darsi mavzusida taqdimot qilindi. Taqdimot davomida axborot-kutubxona markaziga yangi kelib tushgan axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish jarayonini innovatsion usullarda raqamlashtirish va avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini, ishlov berishning bosqichlari, inventar hisobini yuritish, muhr va fond belgilarini belgilangan tartibda joylashtirish, shuningdek, kataloglashtirish qoidalari, katalog turlari haqida batafsil yoritib berildi. Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashdilar. Mahorat darsida 24 nafar soha mutaxassislari ishtirok etdi.

  📚Chortoq tuman Axborot kutubxona markazida 2026 yil 14-sentabr kuni maʼnaviyat soati boʻlib oʻtdi. 💡Maʼnaviyat soatida...
14/09/2026

📚
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazida 2026 yil 14-sentabr kuni maʼnaviyat soati boʻlib oʻtdi. 💡
Maʼnaviyat soatida AKT xizmati mutaxassisi F. Boboxonova «Jadid adabiyoti durdonalari» va «Abdulla Qodiriy» kitobidan oʻqiganlarini hamkasblariga soʻzlab berdi. 📖✨

Chortoq tuman Axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari E.Boboraximova tomonidan Chorto...
14/09/2026

Chortoq tuman Axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari E.Boboraximova tomonidan Chortoq tuman yoshlar agentligi xodimlariga axborot soati oʻtkazildi. 📚 Axborot soatida "O'qing yangi adabiyotlar" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. 📖✨

 📚📚📚📚📚📚📚📖 Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi Axborot Bibliografiya xizmati rahbari E.Boboraximova tomonidan Chortoq...
14/09/2026


📚📚📚📚📚📚📚
📖 Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi Axborot Bibliografiya xizmati rahbari E.Boboraximova tomonidan Chortoq tuman "Barqaror" plus MCHJ mutaxassisi Oydina Jabbarovaga tabaqalashtirilgan xizmat koʻrsatib soʻralgan kitoblarni etkazib berdi. 📖✨

📚 Kitobxonlar uchun hazillar  (haqiqatlar)📱 Telefon: Bir daqiqaga meni ochib ko‘r...📖 Kitob: Bir sahifagina o‘qib ko‘r.....
07/09/2026

📚 Kitobxonlar uchun hazillar (haqiqatlar)

📱 Telefon: Bir daqiqaga meni ochib ko‘r...
📖 Kitob: Bir sahifagina o‘qib ko‘r...
☝️Natija esa doim bir xil: telefonning bir daqiqasi – 3 soat. Kitobning bir sahifasi – ertaga soat 8:00 dan boshlab...

📚 Kitob javonda chang bosib yotibdi.
📱Telefon esa qo‘lda lavozimga ko‘tarilib ketibdi.
📚Kitob o‘qigan boy bo‘lar, Reels ko‘rgan voy bo‘lar.
📚Kitob: Menda ming yillik hikmat bor.
📱Telefon: Menda kuchukning velosiped uchgani bor.
📚Kitob o‘qigan inson bilim yig‘adi, telefon titgan skrinshot.
📚Kitob: Kel, kelajagingni quramiz.
📱Telefon: Kel, vaqtingni yeb qo‘yamiz.

📚 Kitob o’qigan insonlarni seving, chunki ulardan yomonlik chiqmaydi.📚 Kitob o’qigan insonlarni seving,  chunki ular naf...
07/09/2026

📚 Kitob o’qigan insonlarni seving, chunki ulardan yomonlik chiqmaydi.

📚 Kitob o’qigan insonlarni seving, chunki ular nafaqat so’zlarni balki ko’zlarni ham o’qiy oladi.

📚 Kitob o’qigan insonlarni seving, chunki ular faqat talab qilishni emas, loyiq bo’lishni ham bilishadi.

📚 Kitob o’qigan insonlarni seving, asl saodat nima ekanligini bilib yashaysiz.

07/09/2026

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонвич Мирзиёевга юксак ҳурмат ва эҳтиром ила бағишланади.

✨Kitobxonlar uchun maqollar↪️Ko‘p kitob o‘qib, o‘rgangan olim, erinib o‘qimagan o‘ziga zolim.↪️Kitob o‘qigan omondir, o‘...
07/09/2026

✨Kitobxonlar uchun maqollar

↪️Ko‘p kitob o‘qib, o‘rgangan olim, erinib o‘qimagan o‘ziga zolim.

↪️Kitob o‘qigan omondir, o‘qimagan yomondir.

↪️Kitobni olganda ko‘r, manosini o‘qiganda.

↪️Kitobdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik.

↪️Kitob o‘qimagan qiz erga yolchimas

↪️Kitobing o‘nta bo‘lsa ham oz, telefoning bitta bo‘lsa ham ko‘p.

Kommentda davom ettirish sizdan...

03/09/2026

🇺🇿 Koʻp oʻzbek yoshlari unutayotgan maʼlumot:

2026-yil 2-sentyabr kuni tumandagi 26-sonli umumta’lim maktabida Respublika ma’naviyat va ma’rifat tuman bo’limi bilan h...
03/09/2026

2026-yil 2-sentyabr kuni tumandagi 26-sonli umumta’lim maktabida Respublika ma’naviyat va ma’rifat tuman bo’limi bilan hamkorlikda Mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” mavzusida bilimlar kuni tadbiri o’tkazildi 📚✨.

Darhaqiqat, baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, inson umri davomida paydo bo’ladigan murakkab savollarni echimi, sinov va mashaqatlarni yengib o’tishning kafolati ham faqat bilim va bilimdir. Tadbirda 60 nafar 1-sinf o’quvchilariga O’zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi hamda davlat ramzlari aks ettirilgan maxsus brelokli sumkalar hamda 12 nomdagi o’quv qurollaridan iborat Prezident sovg’asi topshirildi 🎁🇺🇿.

Address

Chartak
161001

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Chortoq AKM rasmiy posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share