Qiziqarli ma'lumotlar kanali

  • Home
  • Qiziqarli ma'lumotlar kanali

Qiziqarli ma'lumotlar kanali Har kun sizlar uchun qiziqarli ma'lumotlar ulashib boramiz.

Бухоро амири Амир Олимхоннинг фото аппаратда олинган расми эълон қилиндиҚобул 1928-йил
26/03/2025

Бухоро амири Амир Олимхоннинг фото аппаратда олинган расми эълон қилинди

Қобул 1928-йил

04/01/2025

Bugun sizlar bilan bo'rilar haqida gaplashamiz.

Kanalimizga obuna bo'ling. Yanada qiziq ma'lumotlar hali oldinda.

Qiziqarli ma'lumotlar kanali

02/12/2024

Siz sevib iste’mol qiladigan Coca-cola avval dori sifatida ishlab chiqarilganini bilarmidingiz. Hozir sizlarga bu haqida qiziq ma’lumotlarni taqdim etamiz. Undan avval kanalimizga obuna bo‘ling va biz yangi yilgacha 20 mingta bo‘lishimiz kerak. Obuna bo‘lgan bo‘lsangiz boshladik.

Coca-Cola dastlab, 1886-yilda Atlanta shahrida farmatsevt John Stith Pemberton tomonidan yaratilgan. U aslida dorivor ichimlik sifatida ishlab chiqilgan va bir nechta shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lishi maqsad qilingan edi. Coca-Cola dastlabning o‘zida bir nechta moddalardan iborat bo‘lib, ulardan biri kokain edi.

Pemberton ichimlikka kokainni kichik miqdorda qo‘shgan, chunki o‘sha davrda kokain ko‘plab dorilarda ishlatilgan va og‘riqni kamaytirish, energiya berish kabi xususiyatlarga ega deb hisoblangan. Shu bilan birga, Coca-Cola tarkibida boshqa o‘simlik ekstraktlari, jumladan, kolanut va shakar ham bo‘lgan.

Coca-Cola birinchi marta dorixonada sotilgan, va bu ichimlik asosan asab tizimini tinchlantirish, bosh og‘rig‘ini kamaytirish va energiya berish uchun ishlatilgan.

Biroq, 1904-yilga kelib, AQShda kokainning foydalanishi cheklanganidan so‘ng, Coca-Cola tarkibidan kokain chiqarildi. Hozirda Coca-Cola tarkibida bu modda yo‘q, va ichimlikning tarkibi ancha o‘zgargan, ammo uning noyob ta’mi va reklama strategiyalari orqali dunyo bo‘ylab mashhurligini saqlab qolgan.

Qiziqarli ma'lumotlar kanali

22/11/2024

Marsdagi tun qanday ko'rinishini simulyatsiya qilingan tasvirini ko'rishingiz mumkin.

Qiziqarli ma'lumotlar kanaliqiziq

14/11/2024

Xpeng modulli uchar mashinasi birinchi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Sinov parvozidan so'ng kompaniya 2000 dan ortiq oldindan buyurtmalar qabul qilgan.

Seriyali ishlab chiqarish 2026-yilga mo'ljallangan.

Qiziqarli ma'lumotlar kanali

Olimlar 400 yillik qiz ko‘rinishini qayta tikladiPolshalik mutaxassislar DNK, 3D printer va loy yordamida taxminan 400 y...
01/11/2024

Olimlar 400 yillik qiz ko‘rinishini qayta tikladi

Polshalik mutaxassislar DNK, 3D printer va loy yordamida taxminan 400 yil avval yashagan qiz ko‘rinishini qayta tikladi. Mahalliy aholi orasida Zosia deb nomlangan ushbu qiz qoldiqlari 2022-yilda Polshaning Nikolay Kopernik universiteti arxeologlari tomonidan aniqlangan.

Mutaxassislar rekonstruksiyani 3D printerda bosh suyagining nusxasini yaratishdan boshlagan, keyin esa realistik yuzni shakllantirish uchun plastilin qatlamlarini asta-sekin kengaytirgan. Yuz chuqurligini baholashda suyaklar tuzilishi jins, yosh, etnik kelib chiqish va taxminiy vazn ma’lumotlari bilan birga hisobga olingan.

17/10/2024

Sayyoralar va yulduzlar umumiy massa markazi atrofida aylanishadi.

Bu umumiy massa markazi "Barisentr" deb ataladi.

Qiziqarli ma'lumotlar kanali

Bugun 23-sentyabr – "Equinox" kun.Ya'ni kun va tun davomiyligi teng bo‘ladigan kun.Quyosh tenglashishi bu quyosh yer ekv...
24/09/2024

Bugun 23-sentyabr – "Equinox" kun.

Ya'ni kun va tun davomiyligi teng bo‘ladigan kun.

Quyosh tenglashishi bu quyosh yer ekvatorini kesib o‘tadigan vaqt lahzasi, ya’ni ekvatorning shimolida yoki janubida emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri ekvator ustida paydo bo‘ladi.

Bu tabiat xodisasi yilda 2 marta bo‘ladi, 20-mart va 23-sentyabr kunlari.

16/09/2024

Oy Yerdan uzoqlashib bormoqda.

Oy har yili Yerdan 3.8 sm masofaga uzoqlashib boradi.

Bu Yer va Oy o'rtasidagi tortishish kuchlari va okean to'lqinlari sabab bo'ladi.

Oyning asta-sekin uzoqlashishi Yerdagi kunlarning uzunroq bo'lishiga ham sabab bo'ladi.

Million yillar o‘tgach, kunlar hozirgidan ham uzunroq bo‘lishi mumkin.

Qiziqarli ma'lumotlar kanali

Angliyadagi olimlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotda oddiy oziq-ovqat bo'yoqlari, xususan, oltin-sariq rangdagi tartrazi...
07/09/2024

Angliyadagi olimlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotda oddiy oziq-ovqat bo'yoqlari, xususan, oltin-sariq rangdagi tartrazin deb nomlangan modda yordamida jonli sichqonlarni shaffof qilish mumkinligini aniqlashdi.

Tartrazin ko'pincha gazlangan ichimliklar, masalan, tarxun ichimligida ishlatiladi.

27/08/2024

⚡️Saudiya Arabistonidagi The Clock Tower mehmonxona majmuasini dahshatli chaqmoq urdi😳

Bir necha kundan buyon ushbu mehmonxonani ketma-ket chaqmoq urmoqda.

Qiziqarli ma'lumotlar kanali

Address


Telephone

+998941004244

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qiziqarli ma'lumotlar kanali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Qiziqarli ma'lumotlar kanali:

  • Want your business to be the top-listed Media Company?

Share