Namangan suv ta'minoti MCHJ

Namangan suv ta'minoti MCHJ Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Namangan suv ta'minoti MCHJ, Media/News Company, Namangan.

03/03/2025

"Namanganda suv nega qimmat?"

Ijtimoiy tarmoqlarda shu masala muxokama bo‘lmoqda. "Namangan suv ta’minoti" AJ Axborot xizmatining sodda tilda tushuntirilgan rasmiy munosabati

22.02.2025

02/03/2025

Respublikada yagona laboratoriya-Namanganda!

"Namangan suv ta’minoti" AJ markaziy laboratoriya va dispetcherlik markazi binosi foydalanishga topshirildi

Yangi Namangan tumani "Mingchinor" mahallasida foydalanishga topshirilgan ushbu laboratoriya va dispecherlik markazi binosi halqaro moliya instutlari- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobidan 820 ming AQSH dollariga qurib bitkazildi.
Uning taqdimotida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashib, yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida "Inson qadri" qadri tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur loyihaning ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Ta’kidlash joiz, laboratoriya binosi eng so‘ngi zamonaviy uskunalar va jixozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, respublikada yagona hisoblanadi. Ichimlik suvi va oqava suvlarini kimyoviy hamda bakteriologik tekshiruvlardan o‘tkazish uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Buning uchun 139 ming AQSH dollarilik zamonaviy laboratoriya vositalari olindi.

Shuningdek, laboratoriya tahlillarini joylarda tashkil etish uchun mobil labaratoriya avtomashinasi ham loyiha doirasida olingan bo‘lib, bu avtomashina viloyatning turli hududlarida tekshiruvlar o‘tkazish imkonini beradi.

Bundan tashqari, binoda "Namangan suv ta’minoti" AJ ma’muriy boshqarmasi ham joylashtirilgan bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 ❗️Isteʼmolchilar ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan ...
08/02/2025



❗️Isteʼmolchilar ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari lozim.

💰To‘lovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun — yuridik shaxslar 0,4 foiz, jismoniy shaxslar esa 0,1 foiz penya to‘laydilar. Ammo bu ko‘rsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim.
——————————————


❗️ Потребители всех групп обязаны ежемесячно до 10-го числа осуществлять 100-процентную предоплату за услуги водоснабжения и водоотведения за последующий месяц, при наличии приборов учета — по среднему расходу последних трех месяцев, при отсутствии приборов учета — по норме месячного потребления.

💰 За каждый просроченный день сверхустановленных в договоре сроков начисляется пеня для юридических лиц в размере 0,4 процента, для физических лиц 0,1 процента, но не более 50 процентов от просроченной суммы платежа.

|🗝Cabinet |🌐Website
|🤖Bot |😄Telegram
|💬Facebook |🌐Instagram
|📹YouTube |🕊 Twitter
|💬Chat |✅ TikTok

TAYINLOV!!! Yuldashev Nodirbek Nasir o‘g‘li "Namangan suv ta’minoti" AJ Hodimlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i etib tay...
08/02/2025

TAYINLOV!!!

Yuldashev Nodirbek Nasir o‘g‘li "Namangan suv ta’minoti" AJ Hodimlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nodirbek Yuldashev 1990 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Namangan Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish KXKni tamomlagan. Ma’lumoti tugallanmagan oliy. Mutaxassisligi bo‘yicha moliya - iqtisodchi.

Mexnat faoliyatini 2010 yilda Namangan viloyat "Suvoqava" DUKda mutaxassislikdan boshlagan. 2023 yilga qadar "Namangan suv ta’minoti" MCHJ da mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Xozirga qadar "Namangan suv ta’minoti" AJ Xududiy oqava filiali mehanigi lavozimida ishlab kelgan Nodirbek Yuldashev Jamiyat direktorining 3 fevraldagi buyrug‘iga asosan Hodimlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

"Namangan suv ta’minoti" AJ Axborot xizmati.

 "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrug'iga asosan Xodjiyev Muxtor Islamovich "Namangan suv ta'minoti"...
08/02/2025



"O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrug'iga asosan Xodjiyev Muxtor Islamovich "Namangan suv ta'minoti" AJ direktori etib tayinlandi.

M.Xodjiyev bunga qadar "Namangan suv ta'minoti" AJning turli mas'ul lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
——————————————-
#Назначение

Согласно соответствующему приказу председателя правления АО "Узсувтаъминот" Ходжиев Мухтор Исламович назначен директором АО "Наманган сув таъминоти".

До своего назначения Ходжиев Мухтор Исламович занимал различные руководящие должности в АО "Наманган сув таъминоти".

|🗝Cabinet |🌐Website
|🤖Bot |😄Telegram
|💬Facebook |🌐Instagram
|📹YouTube |🕊 Twitter
|💬Chat |✅ TikTok

“Namangan suv ta’minoti” AJ ma’muriy binosida Namangan viloyatida "Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha ...
30/01/2025

“Namangan suv ta’minoti” AJ ma’muriy binosida Namangan viloyatida "Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar" yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Namangan viloyatidagi OAV vakillari, internet blogerlar "Namangan suv ta'minoti" AJ rahbariyati, filial rahbarlari va tegishli mas'ullar ishtirok etdilar.

Jamiyat direktori v.v.b. Muxtorjon Xodjiyev tomonidan o'tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yil uchun rejalar haqida ma'lumotlar berildi.

OAV vakillariga tizimdagi yangiliklar, ta’minotni yaxshilash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida atroflicha tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag'lari ishtirokidagi "Namangan viloyatining suv ta'minoti va kanalizatsiya ti...
30/01/2025

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag'lari ishtirokidagi "Namangan viloyatining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida Xitoy xalq respublikasining "China United Electric Import & Export Corporation" kompaniyasi tomonidan Davlatobod tumani Nurobod inshootida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Qurilish ishlarini o'z muddatida va sifatli bajarilishini nazorat qilish, muhandislik yechimlari topishda ko'maklashish maqsadida "Namangan suv ta'minoti" AJ direktorining o'rinbosari obyektga chiqqan holda o'rganish o'tkazdi.
Hozirda 70% dan ortiq qismi tugallangan mazkur obyekt bitkazilganidan so'ng inshootda 2000 metr/kub miqdorida suv saqlash imkoniyati yaratiladi.

Avval habar berganimizdek Namangan shahri markaziy qismida ichimlik suvi, nosozliklarni bartaraf etish maqsadida vaqtinc...
30/01/2025

Avval habar berganimizdek Namangan shahri markaziy qismida ichimlik suvi, nosozliklarni bartaraf etish maqsadida vaqtinchalik to'xtatilgan edi.

Vaqtdan unumli foydalanish, aholiga ichimlik suvi ta'minotini tezkor tiklash maqsadida bir vaqtning o'zida "Namangan suv ta'minoti" AJ Namangan shahar filiali tomonidan 5 ta hududdagi nosozlik holatlari bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Avariya tiklash guruhlari faoliyatini bevosita kuzatish, guruhlarda faoliyat yuritayotgan hodimlarni rag'batlantirish maqsadida Namangan shahar hokimi A.Otaxodjayev hamda "Namangan suv ta'minoti" AJ direktori Muxtorjon Xodjiyevlar Navoiy ko'chasidagi ish jarayoniga bordilar.

Косонсойда "Обод" сув тозалаш иншооти реконструкциясига киришилдиНаманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов "Обод" с...
30/01/2025

Косонсойда "Обод" сув тозалаш иншооти реконструкциясига киришилди

Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов "Обод" сув тозалаш иншоотида бўлиб, реконструкция лойиҳаси билан танишди.

Режага кўра, мазкур сув тозалаш иншоотидан Давлатобод туманида барпо этилаётган "Янги Наманган шаҳарчаси"гача магистрал сув тармоғини қуриш объекти бўйича экспертиза хулосаси олинган.

Бугун вилоят ҳокими иштирокида ушбу ишларга старт берилди.

Жонлиқ сўйилиб, нуронийлар бошланган ишларга оқ фотиҳа бердилар.

Вилоят ҳокими ишларни сифатли бажариш, белгиланган муддатда лойиҳани топшириш бўйича масъулларга кўрсатмалар берди.

Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Namangan viloyati aholisini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar  yakunlari...
23/01/2025

Namangan viloyati aholisini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlariga hamda 2025 yilda barcha ko‘rsatkichlar va tushum rejalarini bajarishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyatdagi barcha shu sohaga aloqador bo‘lgan tashkilotlar, buyurtmachi va pudratchi korxonalar, shuningdek xorijiy moliya institutlari mutasaddilari, shahar tuman filial rahbarlari va Jamiyat bo‘lim boshliqlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishni viloyat hokimining o‘rinbosari Gʻofurjon Djamolov tomonidan olib borilib, Jamiyat rahbariyatiga hamda soha bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Инвестиция лойиҳалари доирасида амалга оширилаётган ишларнинг бажарилиши назоратга олинди Европа тикланиш ва тараққиёт б...
23/01/2025

Инвестиция лойиҳалари доирасида амалга оширилаётган ишларнинг бажарилиши назоратга олинди

Европа тикланиш ва тараққиёт банки маблағлари иштирокидаги "Наманган вилоятида сув таъминоти ва канализация тизимларини модернизация қилиш" лойиҳаси доирасида Наманган шахрининг катта қисмини шунингдек Уйчи ва Наманган туманлари ҳудудини ичимлик суви билан таъминловчи "Жийдакапа"сув иншоотнини реконструкция қилиш назарда тутилган бўлиб, иншоотнинг ички тармоқлари ҳамда насос агрегатлари буткул янгиланиши режалаштирилган.

Жумладан, 49 та тик қудуқлар қайта таъмирланиб янги насослар ўрнатилиши ва асосий насос агрегатлари ўрнига 7 та замонавий энерготежамкор насослар ўрнатилиш ишлари олиб борилмоқда.

Қурилаётган тармоқлар ва технологияларнинг ўз вақтида ва сифатли барпо этилишини назорат қилиш, жараёнларни жадаллаштириш, аҳолига таъминот қулайликларини яратилишини шахсан назорат қилиш мақсадида Наманган вилоят ҳокимининг ўринбосари Ғофуржон Джамолов "Наманган сув таъминоти" АЖ раҳбарияти билан биргаликда "Жийдакапа" сув олиш ва узатиш иншоотини кўздан кечирди.

Тендер ғолиби "Сув тараққиёт" МЧЖга лойиҳани ўз вақтидан кечикаётганлиги ва қурилиш сифат талабларига мос бўлиши шартлиги тўғрисида танқидий ва таҳлилий фикр билдириб, бартараф этилиши шарт бўлган ҳолатлар юзасидан тегишли кўрсатмалар берилди.

"Наманган сув таъминоти" АЖ Ахборот хизмати

Address

Namangan

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00

Telephone

+998911777300

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Namangan suv ta'minoti MCHJ posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Namangan suv ta'minoti MCHJ:

Share