Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti rasmiy sahifasi.

Ushbu sahifada institut hayoyotidagi ro‘y berayotgan faol jarayonlar to‘g‘risida axborotlarga ega bo‘lib borasiz!

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan institutda "Jasur" filmining taqdimoti oʻtkazildi🇺🇿14-yanvar – Vatan himoyachi...
14/01/2025

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan institutda "Jasur" filmining taqdimoti oʻtkazildi

🇺🇿14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida yoshlarning vatanparvarlik tuygʻusini oshirish va ularda Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut rektori Rivojiddin Karimov ishtirok etdi va maʼruza qildi.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga qarashli chegara qoʻshinlari xodimlarining ogʻir, biroq sharafli xizmati haqida hikoya qiluvchi "Jasur" filmining taqdimoti oʻtkazildi. Mazkur filmda chegarachilarning Vatanimizning tinch hayotini taʼminlash yoʻlidagi jasorati, ularning din niqobi ostidagi ekstremistik guruhlarga qarshi kurashi, oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan holda fidoyilik koʻrsatishlari haqidagi voqealar aks etgan.

🔍R. Karimov oʻz nutqida shunday dedi:
"Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi, yosh avlodning farovon kelajagi uchun oʻz hayotini bagʻishlayotgan har bir vatanparvar shaxs eng oliy hurmat va eʼtirofga loyiqdir. Yoshlarimizni ana shunday jasorat va sadoqat ruhida tarbiyalash – biz taʼlim muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Institutimizda oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi."

🇺🇿Tadbir soʻngida talabalar film borasida oʻz fikr va taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar. Ular chegarachilarning fidoyiligi va jasorati haqidagi haqqoniy voqealardan juda katta taʼsirlanishganini qayd etishdi.
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish orqali yoshlar qalbida vatanparvarlik va jasorat tuygʻularini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

Vatanga sadoqat va fidoyilik ramzi🇺🇿14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Naman...
14/01/2025

Vatanga sadoqat va fidoyilik ramzi

🇺🇿14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori Rivojiddin Karimov tashabbusi bilan To‘raqo‘rg‘on tumani Temirqishloq MFYda istiqomat qilgan, xizmat burchini bajarish vaqtida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan mard o‘g‘lon, Ichki ishlar tizimi tergov bo‘limi xodimi marhum Eshondadayev Islomjon Bahodir o‘g‘lining xonadoniga tashrif buyurildi.

Uning jasorat va fidoyiligi o‘z yurtiga muhabbat va sadoqat namunasi sifatida yodga olindi. Tashrif davomida ota-onasi holidan xabar olinib, ularning og‘ir musibatni sabr va matonat bilan yengayotganligi yuqori baholandi.

Har bir vatanparvar insonning qalbida ona yurtiga bo‘lgan sevgi va uni himoya qilish istagi ustuvor bo‘lishi zarur. Marhumning mardlik va jasurlik fazilatlari yosh avlod uchun ilhom manbai bo‘lib, Vatanga xizmat qilishning naqadar sharafli ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

🇺🇿Vatan himoyachilarining har biri xalqimizning tinchligi va farovonligi yo‘lida xizmat qilib, o‘z nomlarini tarix sahifalariga oltin harflar bilan yozmoqda. Ular haqida yod olish – bizning fuqarolik burchimizdir.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

“Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” 🇺🇿14-yanvar kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va ta...
14/01/2025

“Mardlar qo‘riqlaydi vatanni”

🇺🇿14-yanvar kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir fakultetning rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan tashkil etilib, Vatan himoyachilarining mardlik va jasorati, ular ko‘rsatgan fidoyilikni ulug‘lashga qaratildi.
Bayram davomida XTA-IU-24-guruh talabalari vatanparvarlik mavzusidagi jonli sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlarini namoyish etishdi. Ona Vatanga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va musiqiy dasturlar ishtirokchilarga iliq hissiyotlar ulashib, tadbirni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi.

Tadbirda mehmonlar hamda fakultet jamoasi faol ishtirok etdi. Ular tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, talabalar va o‘qituvchilarni vatanparvarlik yo‘nalishidagi sa’y-harakatlari uchun e’tirof etishdi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar fakultet dekani tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Ushbu bayram tadbiri institut jamoasi va talabalar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

Namanganda “Vatanparvarlar” bogʻiga safar, Vatanga sadoqat makoni🇺🇿14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan...
14/01/2025

Namanganda “Vatanparvarlar” bogʻiga safar, Vatanga sadoqat makoni

🇺🇿14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari Davlatobod tumanida yangi tashkil etilgan “Vatanparvarlar” bogʻiga tashrif buyurdilar.

🇺🇿Mazkur bogʻ bayramga oʻziga xos sovgʻa boʻlib, u yoshlarda vatanparvarlik hissini kuchaytirish, tarix va zamonaviy harbiy texnologiyalar haqida bilim olish imkoniyatini taqdim etdi. Bogʻda oʻrnatilgan harbiy texnikalar koʻrgazmasi, “Qahramonlar nomi barhayot” kompozitsiyasi hamda “Vatanparvarlik muzeyi” yoshlarga ilhom bagʻishladi.

🇺🇿Tashrif davomida talabalar harbiy texnikalarning funksional vazifalari bilan tanishib, ularning ishlash mexanizmlari haqida savollar berishdi. Har bir koʻrgazma orqali yoshlar Vatan himoyachilariga boʻlgan hurmatni yanada chuqur his qilishdi.
"Vatanparvarlar" bogʻi – bu na faqat vatanparvarlik ruhiyatini oshirish, balki yoshlarni Vatanga sadoqatli va masʼuliyatli shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qiluvchi yangi maskandir.

🇺🇿Vatanning himoyasi – har birimizning muqaddas burchimiz!

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

Vatan himoyasi-muqaddasdir!Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida 14...
14/01/2025

Vatan himoyasi-muqaddasdir!

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida 14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va talaba-yigitlar Vatanparvarlik ruhida birlashib, samimiy tilaklar va ma’rifiy dasturlar bilan bayramni nishonlashdi.

🇺🇿Vatan himoyachilarini e’zozlash, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va ularning Vatanga bo‘lgan sadoqatini oshirish maqsadida turli badiiy chiqishlar, musobaqalar va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Tadbir ishtirokchilarining har biri Vatan himoyachisi bo‘lish – bu yuksak sharaf ekanligini yana bir bor anglab yetdi.

🇺🇿Vatan uchun xizmat qilishni o‘z burchi deb bilgan barcha himoyachilarga chuqur hurmat va minnatdorlik bildiramiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va qadrli vatandoshlar!14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respub...
14/01/2025

Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va qadrli vatandoshlar!

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan sizlarni chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bu qutlug‘ sana Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan harbiy xizmatchilarimiz, qolaversa, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan har bir vatandoshimiz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Tinchlikni asrash, xalq farovonligi va davlatimiz mustahkamligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar bizni har doim faxrlantiradi va yangi marralar sari undaydi.

Bizning vazifamiz – ilm-ma’rifat orqali yosh avlodni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuksak ma’naviyatli, fidoyi va vatanparvar shaxslar qilib tarbiyalashdir. Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida amalga oshirilayotgan barcha ishlar aynan shu ezgu maqsadlarga qaratilgan. O‘qituvchilarimiz va talabalarimiz yurtimizning tinchligi, barqarorligi va taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi ilmiy va ijodiy yutuqlari bilan o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Shu muborak k***a barchangizga sihat-salomatlik, bardavom omad va muvaffaqiyatlar tilayman. Qadrdon Vatanimiz doimo tinch va osoyishta, xalqimiz esa baxtiyor bo‘lib yashasin!

Hurmat va ehtirom bilan,
Rivojiddin Karimov G‘ulomjonovich
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

"Jadidlar jasorati - Millatimiz faxri"Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Jadidlar jasora...
13/01/2025

"Jadidlar jasorati - Millatimiz faxri"

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” va “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi – yosh avlodni jadidlarning tarixdagi jasorati va ularning millatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini anglashga undashdir. Talabalar ushbu mavzular orqali jadidlarning Vatanga bo‘lgan sadoqatini, istiqlol va milliy o‘zlik g‘oyalarining rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, davlatchilik g‘oyalarini o‘rganib, bu merosni zamonaviy sharoitda qanday qo‘llash mumkinligini muhokama qilishdi.

✅Tanlovda ishtirokchilar jadidlarning ilm-fan, madaniyat va siyosatdagi yuksak maqsadlaridan ilhomlanib, mustaqillik va yurtparvarlik g‘oyalarini o‘z asarlarida ifoda etdilar. Baholash mezonlari asosida ishtirokchilarning bilimlari, ijodiy yondoshuvi va mavzu bo‘yicha chuqur tahlili baholanadi.

✅Tanlov yoshlarni Vatanparvar, milliy o‘zlikni qadrlovchi, bilimli va faol fuqaro sifatida tarbiyalash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlar va tarixga bo‘lgan hurmatini oshirish, ularni zamonaviy dunyoda faol va mas’uliyatli fuqarolar sifatida shakllantirishga yordam beradi.

✅Tanlov natijalarini manashu manzilda e'lon qilamiz 👇https://t.me/ibratnamdchti

🕊Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🕊Bizni kuzatishda davom eting

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
📺Youtube 💡Web-sayt

⚽️ 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mini-futbol musobaqasi! 🏆O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchl...
13/01/2025

⚽️ 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mini-futbol musobaqasi! 🏆

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33-yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan mini-futbol musobaqasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Musobaqa davomida jamoalar o‘z mahorati va birdamligini namoyish etib, g‘alaba uchun bor kuchini sarfladi. Natijalarga ko‘ra:

🥇-o‘rin: Rahbariyat jamoasi – mukammal jamoaviy o‘yin va mahorat ko‘rsatdi.

🥈-o‘rin: Filologiya fakulteti jamoasi – kurashuvchanlik va qat’iyat namoyish etdi.

🥉-o‘rin: Ishchi-xodimlar jamoasi – irodali o‘yin bilan ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

G‘oliblar va ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu musobaqa jamoaviylikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportning ahamiyatini yana bir bor his qildirdi.

“Birdamlikda kuch, harakatda baraka!” Sog‘lom va ilhomlantiruvchi hayot sari barchamiz birgalikda intilamiz!

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

🏆 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi! ⚽️Bugun Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davl...
13/01/2025

🏆 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi! ⚽️

Bugun Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, rahbarlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mini futbol sport musobaqasi o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqa nafaqat jamoaviy ruhni mustahkamlash, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Musobaqa davomida quyidagilar kuzatildi:

⚽️Hakamlar tomonidan adolatli baholash;
⚽️Jamoalarning faol va sportga qiziqish bilan yondashuvi;
⚽️Jamoaviy birdamlik va do‘stona raqobat.

Ushbu musobaqa har bir ishtirokchiga ijobiy kayfiyat, jamoa ruhini yanada ko‘tarish va sog‘lom raqobat muhiti yaratishda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Yakuniy natijalar va g‘oliblar haqida keyingi postda xabar beramiz! 🥇
Sport bilan birga bo‘laylik! 😀

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi   Bugun, institu...
13/01/2025

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi

Bugun, institutda nakuniy nazorat imtihonlari boshlandi. Talabalar bilimini adolatli va shaffof baholash maqsadida barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
📚 Imtihonlar yakuniy nazorat o‘quv rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Har bir auditoriya zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, nazoratchilar tomonidan tartib nazorati ta’minlanmoqda.
Talabalar o‘z bilimlarini test, yozma yoki og‘zaki shaklda namoyon qilish imkoniga ega.
🎓 Imtihonlarning asosiy maqsadi – talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni baholash, ularga kelgusi bosqichlar uchun bilimni mustahkamlash yo‘nalishlarini ko‘rsatishdir.
Institutimiz rahbariyati barcha talabalarimizga imtihonlarda muvaffaqiyat va yutuqlar tilaydi! Bilimlaringiz sizni yuqori marralarga yetaklasin!

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti – kelajak uchun bilim va taʼlim makoni!

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

11/01/2025

Ta'lim krediti kimlar uchun
beriladi🤔
To‘liq ma'lumotni ushbu 👆 kontent orqali bilib olishingiz mumkin!

💻Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram | 🌐Instagram | 🔹Facebook | 🌐Web-sayt | 🔹YouTube

PRESETT dasturi doirasidagi seminar🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xorijlik mutaxassislar ishtirokida ...
11/01/2025

PRESETT dasturi doirasidagi seminar

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xorijlik mutaxassislar ishtirokida ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish tamoyillari” mavzusida intensiv trening o‘tkazilmoqda. Ushbu trening 2025-yil 9-11-yanvar kunlari Britaniya Kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi OC-28-69-sonli xatiga muvofiq tashkil etilgan.

Treningda Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 160 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Akmal Amanov hamda ushbu kafedra o‘qituvchisi Nasiba Jakbarova mazkur treningda faol ishtirok etmoqda.

Tashkilotchilar:
➡️Britaniya Kengashi
➡️O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
➡️Toshkent davlat pedagogika universiteti
➡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Trening Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish va uzluksiz rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. PRESETT dasturi orqali zamonaviy metodik yondashuvlarni o‘rganish, o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

✔️Institut vakillari ushbu treningda yangi o‘quv tamoyillari va innovatsion yondashuvlarni o‘rganib, kelajakda o‘z tajribalarini institut hayotida tatbiq etishni maqsad qilganlar.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt

Address

Saodat Ko‘chasi 28-uy
Namangan
160701

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti:

Share