NKMK jamg‘armasi

NKMK jamg‘armasi "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" Davlat muassasasi
Telegram: https://t.me/nkmk_jamgarmasi

  “NKMK jamg‘armasi” DM “Zarafshon” hududiy boshqarmasi ishchi-xodimlarining murojaatlariga asosan, ularning mazmunli ho...
05/10/2026




“NKMK jamg‘armasi” DM “Zarafshon” hududiy boshqarmasi ishchi-xodimlarining murojaatlariga asosan, ularning mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida navbatdagi sayohat tashkil etildi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qildi.

Shu asosda, joriy yilning 2–4-oktabr kunlari “Zarafshon” hududiy boshqarmasiga qarashli Ijtimoiy obyektlar uchastkasida faoliyat yuritayotgan 50 nafar ishchi-xodim uchun Xiva shahriga turistik sayohat tashkil etildi.

Ushbu sayohat ishchi-xodimlarning yurtimizning boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi. Bu uchun 7-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga minnatdorlik bildirildi.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

  Jamg‘armaning “Zafarobod” hududiy boshqarmasiga qarashli “Yoshlik” madaniyat va sport markazida shug‘ullanuvchilar o‘r...
05/10/2026




Jamg‘armaning “Zafarobod” hududiy boshqarmasiga qarashli “Yoshlik” madaniyat va sport markazida shug‘ullanuvchilar o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazildi.

🟢 Mazkur musobaqada jami 120 nafar sportchi hamda madaniyat to‘garaklari ishtirokchilari faol qatnashib, o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviylik ruhini va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar turli qiziqarli estafeta va harakatli o‘yinlarda o‘zaro kuch sinashdi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar “Zafarobod” hududiy boshqarmasi tomonidan munosib rag‘batlantirilib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ushbu sport bayrami yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy faollikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

   “So‘g‘diyona” sportchilari O‘zbekiston chempionatida yuksak natijalarni qayd etdi2026-yil 27–30-sentabr kunlari Toshk...
05/10/2026





“So‘g‘diyona” sportchilari O‘zbekiston chempionatida yuksak natijalarni qayd etdi

2026-yil 27–30-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasi suzish majmuasida kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada "NKMK jamg'armasi"ning Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport majmuasi huzuridagi “Oltin suv” suzish markazi sportchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar. Eng quvonarlisi, ular joriy yilning 8–10-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Jahon kubogi saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🇺🇿Musobaqa yakunlariga ko‘ra Xurshid Tursunov 2 ta oltin medal, Shohruz Baxriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medal, Sitora Odilova 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimizning bu yutuqlari ularning mahorati, qat’iyati hamda muntazam mehnatining yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

YANGI BOSHLANGAN HAFTANGIZ SAMARALI VA XAYRLI O‘TSIN!— Odamlar o‘rgangan, odatlangan va bilgan narsaga qarshilik ko‘rsat...
05/10/2026

YANGI BOSHLANGAN HAFTANGIZ SAMARALI VA XAYRLI O‘TSIN!

— Odamlar o‘rgangan, odatlangan va bilgan narsaga qarshilik ko‘rsatma.

✍️Abu Rayhon BERUNIY.
___________



🏔 Zomin tog‘larida sog‘lom hordiq — ayni muddao!

Tabiat qo‘ynida dam olib, sog‘ligingizni mustahkamlashni xohlaysizmi?
“NKMK” sanatoriy-profilaktoriysi sizni Zomin tog‘larida maroqli va foydali dam olishga chorlaydi!

🌿 12 kunlik sog‘lomlashtiruvchi dam olish davomida siz:

🔸Toza tog‘ havosidan bahramand bo‘lasiz;
🔹Malakali shifokorlar nazoratida davolanish va profilaktik muolajalar olasiz;
🔸Qulay sharoitlarda hordiq chiqarasiz.

💰 Xonalar narxlari:

🛏 Uch kishilik xona — 4 653 000 so‘m;
🛏 Ikki kishilik xona — 5 583 600 so‘m;
✨ Ikki kishilik lyuks xona — 6 979 500 so‘m;
✨ Bir kishilik lyuks xona — 6 979 500 so‘m.

⛰ Sog‘lom dam olish — sog‘lom hayot garovi! Zomin tog‘larida maroqli hordiq chiqaring!

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

   "Uchquduq" madaniyat saroyida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
03/10/2026




"Uchquduq" madaniyat saroyida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎙 Tadbirda Shimoliy kon boshqarmasi direktorining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Sharipov so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

✔️ Bayram tadbiri davomida o‘z mehnat faoliyatida sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh ustoz va murabbiylar Shimoliy kon boshqarmasi rahbariyatining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🎤 Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga o‘tildi. Unda “Uchquduq” madaniyat saroyi ijodkorlari o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

  1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "So'g'diyona" jismoniy tarbiya va sport majmuasi mutaxassis...
03/10/2026




1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "So'g'diyona" jismoniy tarbiya va sport majmuasi mutaxassislaridan iborat jamoa, trener-o'qituvchilar rag'batlantirildi.

“So'g'diyona” JTSKda sport turlari bo'yicha mehnat faoliyatini olib borayotgan, ommaviy sportni va jismoniy tarbiyani targ'ib qilib, sog'lom avlodni voyaga yetkazishda o'z hissasini qo'shgan, ustozlik maqomiga ega insonlar, sport yo‘nalishlarida NKMK ishchi-xodimlari, pensionerlar, yoshlar va shahar aholisi bilan bevosita ishlayotgan murabbiylarimizning zahmatli va sharafli mehnati yuksak e’tirofga loyiqdir.

Shu munosabat bilan ustozlarimiz rag'batlantirildi va ular uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

Ularning fidokorona mehnati tufayli minglab yoshlar sportda professional tarzda tarbiya topib, o‘z iqtidorini namoyon etmoqda. Eng muhimi, ular Vatanga sadoqatli, barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetmoqda.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

03/10/2026

DAM OLISH KUNINGIZ MAROQLI O‘TSIN!

— Har tong, uyqudan turib, fikrla: "Bugun mening omadim keldi, men uyg‘ondim. Men hayotman, menda mana bu bebaho inson hayoti bor va men uni behuda sarflamayman".

✍️ Dalay Lama.
_____________





"Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" davlat muassasasining Tibbiy sanitariya bo'limi bolalar bo'limi shifokori Xurshid Muzaffarov Navoiy televedeniyesining "Assalom, yangi kun" ko‘rsatuvining jonli efirida " Bolalarda qandli diabet" mavzusida o‘z maslahatlari bilan ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

  Ustozlarga ehtirom — bayram konserti🟢 "NKMK jamg'armasi"ning Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yoshlik” madaniyat va sport mark...
01/10/2026




Ustozlarga ehtirom — bayram konserti

🟢 "NKMK jamg'armasi"ning Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yoshlik” madaniyat va sport markazida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan fidoyi ustozlar uchun bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustoz va murabbiylarga alohida ehtirom ko‘rsatildi. Ularning sharafli mehnati e’tirof etilib, bayramona ruhda tabriklar yangradi.
Konsert dasturi kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari va samimiy tilaklarga boy bo‘lib, ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Bayram tadbirida "Navoiyuran" davlat korxonasi "Zafarobod" kon boshqarmasida ko‘p yillar davomida fidokorona va samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari ham e'tirof etildi.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

  “Mehridaryo ustozlar” — e’tirof va ehtirom kechasi“Nurobod” madaniyat saroyida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar ku...
01/10/2026




“Mehridaryo ustozlar” — e’tirof va ehtirom kechasi

“Nurobod” madaniyat saroyida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Mehridaryo ustozlar” nomli katta bayram konsert dasturi namoyish etildi.

💐Tadbir davomida "Navoiyuran" DK “Nurobod” ishlab chiqarish maydoni hamda "NKMK jamg'armasi" DM “Nurobod” hududiy boshqarmasida ko‘p yillar davomida samarali faoliyat yuritib, ko‘plab shogirdlar tayyorlagan ustoz va murabbiylar taklif etildi. Ularning fidokorona mehnati alohida e’tirof etilib, munosib rag‘batlantirildi.

Bayram dasturi davomida kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari hamda samimiy tabriklar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yana bir yorqin ifodasiga aylandi.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

Hurmatli ustozlar va murabbiylar!Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan sami...
01/10/2026

Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasining barcha bo‘linmalarida ustozlik maqomiga ega insonlar faoliyat olib borayotgani biz uchun alohida faxrdir. Ayniqsa, madaniyat va sport yo‘nalishlarida yoshlar bilan bevosita ishlayotgan murabbiylarimizning zahmatli va sharafli mehnati yuksak e’tirofga loyiq.

Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli minglab yoshlar madaniyat va sport sohalarida professional tarzda tarbiya topib, o‘z iqtidorini namoyon etmoqda. Eng muhimi, ular Vatanga sadoqatli, barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, kasbiy faoliyatingizda esa yanada ulkan yutuq va zafarlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Bizni kuzatib boring.👩‍💻

Address

Navoi

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when NKMK jamg‘armasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share