Nasaf TV

Nasaf TV 📌 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! СМИ/Новостная компания

12/09/2026

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida yuzaga kelgan o'zaro kelishmovchilik aks etgan video tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki o'rganish ishlari olib borilib, videoda aks etgan voqea ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Holatga oydinlik kiritish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'quvchilar hamda ularning ota-onalari chaqirtirilib, voqea tafsilotlari atroflicha o'rganilgan.

Mazkur holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar Qarshi shahar IIB bo'limiga yuborilgan. Hozirda vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
@подписчики

12/09/2026

Namanganda FVV qutqaruvchilari quduqqa tushib ketgan keksa yoshli onaxonga amaliy yordam ko‘rsatishdi

Bugun, 12-sentyabr kuni soat 06:46 da Namangan viloyati FVBga "112" tizimi orqali Chust tumani "Xo‘jaobod" MFY, Muqumiy ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yashovchi 66 yoshli onaxon o‘zining yashash xonadonida bo‘lgan 4 metrlik quduqqa ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari tezkorlik bilan voqea joyiga borib onaxonni xavfsiz hududga olib chiqishgan va tibbiyot xodimlariga topshirishgan. Hozirda onaxonning ahvoli yaxshi.
@подписчики

12/09/2026

O‘zbekiston delegatsiyasini Osiyo o‘yinlari - 2026 musobaqalariga kuzatish marosimi o‘tkazildi. Jamoamiz 396 sportchi bilan qatnashadi. 42 ta sport turida ishtirok etamiz. 6 ta sport turida ilk bor bahs olib boramiz. Ular orasida meni ayniqsa qiziqtirgani MMA bo‘ldi. Osiyo Olmpiadasi 18 sentyabr kuni start oladi. Omad!
@подписчики

12/09/2026

Bo‘zsuv kanalining Shahidlar xotirasi xiyobonidan Chilonzor tumanigacha bo‘lgan qismida 20 kilometrlik uzluksiz piyodalar yo‘lagi tashkil qilinadi. Davlat rahbari bu borada bir oy ichida alohida loyiha ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
@подписчики

10/09/2026

Senat o‘zbek alifbosining 28 ta harfdan iborat yangi variantini ma’qulladi
@подписчики

10/09/2026

UzAuto Motors Chevrolet’ning O‘zbekistondagi ilk gibrid avtomobili — Chevrolet Equinox PHEV sotuvini boshlashini e’lon qildi.

*Chevrolet Equinox PHEV Activ 80KM – 463 500 000 so‘m;
*Chevrolet Equinox PHEV Activ 120KM – 478 500 000 so‘m
@подписчики

10/09/2026


Saida Mirziyoyeva o‘z lavozimini saqlab qolgan holda, Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi

Address

Qarshi

Telephone

+998752277555

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Nasaf TV posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share