
22/07/2025
Toshkentdagi tungi klubda mijoz menejer qizning yuziga “xlopushka” otib, og‘ir jarohat yetkazdi
17-iyul kuni Toshkentdagi tungi klublardan birida 25 yoshli menejer qiz mijozdan “xlopushka”ni (bayramona portlovchi shar) bar stolidan olib qo‘yishni so‘ragan. Bunga javoban mijoz uni qasddan yuziga otgan. Qizning aytishicha, mijoz undan uzr ham so‘ramagan.
Tibbiy tekshiruv natijasida unga ko‘z olmasining og‘ir kontuziyasi, qovoq, peshona va burun sohalarining shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Tiklanish jarayoni 6 oygacha davom etishi mumkin.
Jabrlanuvchi huquq-tartibot organlariga ariza bergan. Ayollar huquqlari faoli Kamola Aliyevaning yozishicha, klub ma’muriyati qizga yordam bermagan. Sababi, hodisani sodir etgan mijoz bu yerda katta xarajat qiladigan mijoz bo‘lgan.
s