01/06/2024
Bolalarni himoya qilish kuni bilan! 🎉
Aziz bolajonlar va ularning hurmatli ota-onalari, bu kun ham kichkintoylarning, ham qalbingiz tubidagi shoʻx-shodon bolalikning, sof maqsadlaringizning farzandlaringiz bilan birga boʻy choʻzishi bayrami. Har yil shu k***a jajji novdalarning qanchalik ulgʻayganiga razm soladigan ajib payt hamdir 🌱
Bolajonlarning bilimga, tong shudringidek toza qiziqishlari, orzulari kurtaklarini asrab-avaylash, ularni qoʻllab-quvvatlab, kuch baxsh etish, yuksaklargacha oʻstirib-undirish barchamizga shijoat beraversin 🌳
Yer yuzidagi, Oʻzbekistonimizdagi har bir oʻgʻil, qiz eng begʻubor onlarini baxt va quvonch, mehr-muhabbat hamda tinchlik quchogʻida his etsin 👦🏻👧🏻🪁
Barchangizni bagʻrimizga bosib,
Novda Edutainment 🤗