Xalq Ovozi

Xalq Ovozi Xalq Ovozi

O‘zbekistonda ish haqi oshmoqda, ammo mintaqadachi...O‘zbekistonda 2025 yilning ikkinchi choragida ish haqi miqdorlari b...
25/08/2025

O‘zbekistonda ish haqi oshmoqda, ammo mintaqadachi...

O‘zbekistonda 2025 yilning ikkinchi choragida ish haqi miqdorlari bo‘yicha o‘sish tendensiyasi davom etgani qayd etildi. Markaziy bank taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, nominal ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,2 foizga oshib, real ish haqi 7,3 foizga ko‘tarilgan. Mamlakat bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 6 million so‘m atrofida shakllangani ta’kidlanmoqda.

Sohalar kesimida tahlil etilganda, moliya va sug‘urta hamda axborot va kommunikatsiya xizmatlari yo‘nalishlari ish haqi bo‘yicha yetakchi tarmoqlar bo‘lib qolmoqda. Xususan, moliya sohasida o‘rtacha ish haqi 16,3 million so‘mni, axborot va kommunikatsiya sohasida esa 14,8 million so‘mni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari, transport xizmati va ijtimoiy xizmatlar tarmoqlarida ish haqi o‘sish sur’ati boshqa sohalardan ancha yuqori bo‘lgani qayd etildi.

Biroq barcha sohalarda ham ijobiy dinamika kuzatilmadi. Xususan, qurilish sohasida nominal ish haqi 6,1 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, inflyatsiya hisobga olinganda, real ish haqi 2,8 foizga pasayib ketgan. Bu esa tarmoqdagi qiyinchiliklar hali ham saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Hujjatda alohida ta’kidlanishicha, so‘nggi choraklarda O‘zbekistonda real ish haqi o‘sish sur’ati mintaqadagi ko‘plab davlatlarga nisbatan past darajada. Masalan, joriy yilning yanvar–mart oylarida Markaziy Osiyo mamlakatlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 9,8 foizni, Kavkaz davlatlarida esa 9,1 foizni tashkil etgan. O‘zbekistonda esa shu ko‘rsatkich atigi 7,2 foiz bo‘lgan. Mutasaddilarning fikricha, agar ushbu tafovut uzoq muddat davom etsa, aholi xarid qobiliyati pasayishi va ichki talab so‘nishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

Shuningdek, 2025 yil ikkinchi choragida mamlakatda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 91 AQSH dollariga teng bo‘lgani qayd etildi. Solishtirish uchun, Belarusda minimal ish haqi 243 dollar, Ozarbayjonda 235 dollar, Mongoliyada esa 222 dollarga tengdir.

Biroq O‘zbekistondagi muhim jihatlardan biri — minimal ish haqining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotga nisbati 35 foizga yetgani. Mutasaddilar ta’kidlashicha, ushbu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan davlatlarda daromadlar nisbatan barqaror va teng taqsimlanadi, past bo‘lgan hollarda esa aholi o‘rtasida daromad notekisligi kuchayadi. Mintaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Gruziyadan tashqari ko‘pgina davlatlarda bu ko‘rsatkich O‘zbekistonnikiga yaqin darajada shakllangan.

ИИВ автобус йўлагида ҳаракатланган ҳайдовчиларга қандай жазо белгиланишини маълум қилдиИИВ Жамоат хавфсизлиги департамен...
21/12/2022

ИИВ автобус йўлагида ҳаракатланган ҳайдовчиларга қандай жазо белгиланишини маълум қилди

ИИВ Жамоат хавфсизлиги департаменти йўл-ҳаракат хавфсизлиги бошқарма бошлиғи Фазлиддин Тошкенбоевнинг маълум қилишича, яқин бир ҳафта ичида асосий — Алишер Навоий, Беруний, Амир Темур ва Фарғона йўли кўчалари бўйлаб йўлакчалар ташкил этилади. Қолган кўчаларда эса 1-2 ой ичида тўлиқ ташкил этилади.
Қайд этилишича, 20 декабрь кунидан бошлаб, Амир Темур хиёбонидан Амир Темур Шоҳ кўчаси бўйлаб, Юнусободгача алоҳида йўлак учун йўл чизиқлари чизиш ишлари бошланди.
ИИВ ЖХД ЙҲХХ ходими Ойбек Раҳмоновнинг айтишича, ЙҲХБнинг 132-бандига кўра, йўналишли транспорт воситалари учун мўлжалланган йўлакда бошқа транспорт воситаларининг тўхташи ва ҳаракатланиши тақиқланади.
Ҳеч қандай сабабсиз мазкур тасмага ўтиб ҳаракатланган ҳайдовчилар учун МЖтКнинг 128-моддасига кўра, БҲМнинг иккидан бир қисми (150 минг сўм), ажратилган тасмада сабабсиз тўхтаб турган ҳайдовчилар учун эса МЖтКнинг 128-6-моддасига кўра БҲМнинг 2 баравари миқдорида (600 минг сўм) жарима жазоси белгиланади.

Қашқадарёда вояга етмаган бола калтакландиҚашқадарё ИИБ матбуот хизматининг маълум қилишича, мазкур ҳолат жорий йилнинг ...
21/12/2022

Қашқадарёда вояга етмаган бола калтакланди

Қашқадарё ИИБ матбуот хизматининг маълум қилишича, мазкур ҳолат жорий йилнинг 17 декабрь куни содир бўлган.
Соат тахминан 15.00 ларда Косон тумани "Гулистон" МФЙда яшовчи Н.А. вояга етмаган А.А.ни уриб тан жароҳати етказган.
Ҳолат юзасидан Косон туман ИИБ ТБ томонидан ЖКнинг 109-моддаси 2-қисм билан жиноят иши қўзғатилган.
Ҳозирда дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда, - дейилади хабарда

Shifokor maslahati: qonning quyuqligini ko‘rsatuvchi organizmdagi birinchi belgiQonning quyuqligini umumiy qon testi va ...
21/12/2022

Shifokor maslahati: qonning quyuqligini ko‘rsatuvchi organizmdagi birinchi belgi

Qonning quyuqligini umumiy qon testi va koagulogramma yordamida aniqlash mumkin, chunki uning tashqi ko‘rinishi bilan hech qanday xulosaga kelib bo‘lmaydi. Biroq organizmning bir qismi ham qon tomirlari orqali juda qalin qon harakatlanishini ko‘rsatadi, deb yozadi The Voice Mag.

🌍Batafsil:https://xalqovozi.uz/news/view/1644

Rossiyadan qarzdor mamlakatlar ro‘yxati ma’lum qilindiO‘tgan yili Belarus, Bangladesh va Hindiston Rossiyaning eng yirik...
19/12/2022

Rossiyadan qarzdor mamlakatlar ro‘yxati ma’lum qilindi

O‘tgan yili Belarus, Bangladesh va Hindiston Rossiyaning eng yirik qarzdorlariga aylandi, Eron esa so‘nggi 30 yil ichida birinchi marta kredit oldi. Bu haqda “RIA Novosti” Jahon banki ma’lumoti tahliliga tayanib xabar bermoqda.

Minskning Moskva oldidagi qarzi yil davomida 1,9 foiz oshib, 8,5 milliard dollarga yetdi. Bu borada Bangladesh avvalgi yilga nisbatan, deyarli, uchdan bir barobar ko‘paygan 4,4 milliard dollar “ko‘rsatkich”i bilan ikkinchi o‘rinda. Hindistonning Rossiyadan qarzi 11,7 foiz oshib, 3,3 milliard dollarga yetdi.

Ro‘yxatning keyingi qatorlarida Vyetnam (1,5 milliard), Yaman (1,17), Afg‘oniston (1,16) va Misr (867,2 million dollar) qayd etilgan. Ayni payt O‘zbekistonning RF oldidagi tashqi qarzi 254,7 million dollarga teng ekan.


1990-yillar boshidan beri endi Rossiya qarzdorlari ro‘yxatida paydo bo‘lgan Eronning qarzi olti million dollar. Jahon banki ma’lumotida bungacha Tehronning Moskva oldidagi qarzi oxirgi marta 1992 yil ko‘rsatilgani aytilgan. O‘shanda bu raqam 251,3 ming edi.

Yaponiyada kuchli qor tufayli 16 mingdan ortiq uy elektr energiyasiz qoldiYaponiyaning Yapon dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab...
19/12/2022

Yaponiyada kuchli qor tufayli 16 mingdan ortiq uy elektr energiyasiz qoldi

Yaponiyaning Yapon dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab bir qancha mintaqalarida va Xonsyu asosiy orolining shimoli-sharqida kuchli qor yog‘ishi tufayli kamida 16 ming uy elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda dushanba kuni Tohoku Electric Power energetika kompaniyasi ma’lum qildi.

🌍Batafsil:https://xalqovozi.uz/news/view/1641

2023-yilda davlat tashqi qarzi $32,6 mlrd bo‘lishi prognoz qilinmoqda — Timur IshmetovMoliya vaziri Timur Ishmetov quyi ...
19/12/2022

2023-yilda davlat tashqi qarzi $32,6 mlrd bo‘lishi prognoz qilinmoqda — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetov quyi palataning navbatdagi yig‘ilishida kelgusi yilda budjet daromadlari 311 trln so‘m miqdorida, xarajatlar esa 344 trln so‘m miqdorida rejalashtirilganini ma’lum qildi. Konsolidatsiyalashgan budjet miqdori 32,5 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 3% taqchillik bilan shakllantirildi.

🌍Batafsil:https://xalqovozi.uz/news/view/1640

🏆JCH—2022 mundiallar tarixidagi eng sermahsul musobaqaga aylandiJCH—2022 da jamoalar umumiy miqdorda 172 ta gol urdi, bu...
19/12/2022

🏆JCH—2022 mundiallar tarixidagi eng sermahsul musobaqaga aylandi

JCH—2022 da jamoalar umumiy miqdorda 172 ta gol urdi, bu musobaqa tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

Bundan avvalgi eng yaxshi natija 1998 va 2014-yillarda qayd etilgan bo‘lib, ushbu musobaqalarda 171 tadan to‘p kiritilgandi. JCH—2018 da esa 169 ta gol urilgan.


Ushbu chempionatning eng sermahsul o‘yini Angliya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (6:2) bo‘ldi. Shuningdek, ikkita uchrashuvda yettitadan gol urildi: Ispaniya — Kosta-Rika (7:0) va Portugaliya — Shveysariya (6:1).

Surxondaryo viloyati hokimining qonunchilikka zid qarori bekor bo‘ldiTo‘ra Bobolov tomonidan hukumat qaroriga zid ravish...
24/10/2022

Surxondaryo viloyati hokimining qonunchilikka zid qarori bekor bo‘ldi

To‘ra Bobolov tomonidan hukumat qaroriga zid ravishda Bandixon tuman hokimligiga “Skoda Kodiaq Ambition” rusumli xizmat mashinasini xarid qilish uchun 429 mln so‘m o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish imzolangan.

Batafsil: https://xalqovozi.uz/news/view/1609

Yelena Zelenskaya: “1984” romani bugungi Rossiyani tasvirlaydiUkraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya Rossiyad...
24/10/2022

Yelena Zelenskaya: “1984” romani bugungi Rossiyani tasvirlaydi

Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya Rossiyadagi vaziyatni “1984” antiutopiya romanidagi voqealar bilan solishtirib, kitobni mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga misol qilib keltirish mumkin, dedi.

Batafsilz: https://xalqovozi.uz/news/view/1608

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi mavjud aviaqatnovlar soni oshiriladiO‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod A...
24/10/2022

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi mavjud aviaqatnovlar soni oshiriladi

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov ushbu davlat Turoperatorlar uyushmasi (Indian Association of Tour Operators - IATO) prezidenti Rajiv Mexra va Hindiston MICE-turizm agentlari tarmog‘i raisi Gajesh Girdar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Batafsil: https://xalqovozi.uz/news/view/1606

O‘zbekiston va General Electric IESlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildiO‘zbekiston Energetika vaz...
24/10/2022

O‘zbekiston va General Electric IESlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston Energetika vazirligida General Electric kompaniyasining Rossiya va MDH bo‘yicha prezidenti Bela Ferensi bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Batafsil: https://xalqovozi.uz/news/view/1605

Address


100000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xalq Ovozi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

  • Want your business to be the top-listed Media Company?

Share