Xabardor

Xabardor Rasmiy kanal
O’zbekiston va dunyo so’nggi xabarlari

Web: www.xabardor.uz
https://t.me/xabardor_uz_official

O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!Xabardor.uz jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili ...
21/10/2025

O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Xabardor.uz jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana bilan qutlaydi.

Milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixor timsoli bo‘lgan ona tilimiz mangu yashasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Oksfordda o‘zbek tili o‘qitiladi“Shuni quvonch va iftixor bilan aytmoqchimanki, Oksford universitetining ”Osiyo va Yaqin...
16/10/2025

Oksfordda o‘zbek tili o‘qitiladi

“Shuni quvonch va iftixor bilan aytmoqchimanki, Oksford universitetining ”Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida endilikda o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi”, – deya xabar berdi O‘zbekiston respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

“Universitetdan Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning e’tirofi sifatida mukofot qabul qilganimdan xursandman”, – deb qo‘shimcha qiladi u .

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishuvdan iliq taassurotlar olganligini aytib o‘tdi.

Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘t...
16/10/2025

Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

2025-yilning 16-17-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi o‘z ishini boshladi. Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etildi.

Anjuman avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning majlis ishtirokchilariga tabrik so‘zi o‘qib esh*ttirildi.

Unda ta’kidlanganidek, mazkur Kengashning har yilgi majlislari terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilik va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlik qilish va tajriba almashish uchun mustahkam asos yaratdi.

Davlat rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan bir qator omillarga alohida e’tibor qaratdi. Afg‘onistondagi beqaror vaziyat, xalqaro terrorchi guruhlar faoliyati, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik shular jumlasidan ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va sun’iy intellektdan g‘arazli maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Prezident global xavfsizlik masalasiga alohida to‘xtalar ekan, mintaqa atrofi va Yaqin Sharqda yuz berayotgan nizolar barchani chuqur tashvishga solayotgani, ular iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Ushbu omillar jahon bozorida nosog‘lom raqobatning kuchayishi, energiya manbalari narxining oshishiga olib kelmoqda. Shuningdek, energetika va transport sohalarida milliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti shunday murakkab sharoitda MDHga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy, energetika va kommunikatsiya tizimlarini barqaror rivojlantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ularning sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligini alohida ta’kidladi.

ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi 2025-yil 11-oktabrda Toshkentda yangi Chery Arrizo 8...
13/10/2025

ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

2025-yil 11-oktabrda Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani — O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sahifa ochadigan texnologik va samarali modelining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Quvvat va intellekt bir kuzovda mujassam
Yangi Chery Arrizo 8 Hybrid brend falsafasining timsoliga aylandi — uslub, intellekt va ekologik texnologiyalarni birlashtiradi. Ushbu old g‘ildirakli avtomobil eng yuqori quvvati 347 ot kuchiga ega 1,5 litrli zamonaviy turbinali kuch agregati (PHEV) hamda 1DHT maxsus gibridli transmissiya bilan jihozlangan. Mazkur avtomobil 100 km/soat tezlikka 7,3 soniyada erishadi va elektr tortish kuchining o‘zida 125 km yoki atigi 3,9 l/100 km bilan o‘rtacha sarfda O‘zbekistonning haqiqiy yo‘l sharoitlarida 1463 km gacha harakatlana oladi.
Komplektatsiya va narxlar
Arrizo 8 Hybrid ikki xil komplektatsiyalarda taqdim etilgan:
● Lyuks — 344 900 000 so‘m;
● Premium — 364 900 000 so‘m.
Ikkala versiya ham Chery flagman modellariga xos bo‘lgan texnologiya, bejirim dizayn va yuqori darajadagi jihozlanishni o‘zida mujassam etgan.
Arrizo 8 Hybrid taqdimoti mamlakatdagi avtomobil yilining eng yorqin voqealaridan biriga aylandi va Chery’ning mijozlarga jahon darajasidagi zamonaviy va texnologik yechimlarni taklif qilish orqali O‘zbekiston bozoridagi mavqeini mustahkamlashga intilishini namoyon qildi.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/

28/01/2024

Kuniga 20 700 so‘m bir kishiga yetarli – Statistika agentligi

Statistika agentligi o‘zbekistonliklar uchun oyiga 621 000 so‘m, kuniga esa 20 700 so‘m yetarli, deb topishdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi miqdori yangilanib, endi oyiga 621 ming so‘m topsangiz kambag‘al deb hisoblanmaysiz.

Savol: 20 700 so‘m bir kunga yetadimi, bu pulga o‘zi nima olsa bo‘ladi?

Videoning to‘liq versiyasini Xabardor.uz Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

https://youtu.be/tcEePboynyM

28/01/2024

Eng ko‘p oylik maosh oluvchi sohalar aniqlandi

Oʻzbekistonda 2023-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 551 ming so‘mni tashkil etib, 2022-yildagiga nisbatan 17,2 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.

26/01/2024

O‘zbekistonda nimalar bo‘lyapti?

📌 Toshkent shahri va Toshkent viloyatida radarlar adolatsiz ishlamoqda.
📌 Ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi.
📌 Andijondagi bozorda yong‘in chiqdi.

Videoning to‘liq versiyasini Xabardor.uz Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

https://youtu.be/0WdSd7Nd_QQ

26/01/2024

Toshkentda kanatli jamoat transporti paydo bo‘lishi mumkin

Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda dor yo‘li jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi.

Kanatli taksilarni yo‘lga qo‘yish borasidagi loyiha jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hokimlik e’lon qilgan suratlarda dor yo‘lining Toshkent shahri “Mahtumquli” ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga qadar qurilganini ko‘rish mumkin. Dor yo‘lida yo‘lovchilarga 10 kishini sig‘dira oladigan kabinalar xizmat qilishi ham keltirilgan.

26/01/2024

Noqonuniy qum-shag‘al olishda foydalanilgan texnika musodara qilinadi

Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib, moratoriyni buzgan shaxslarga nisbatan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi va ushbu qoidabuzarlikni sodir etishda foydalanilgan texnika musodara qilinadi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Joriy yil...
26/01/2024

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Turkiya parlamenti protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz bergandi.

Faqatgina, Vengriya Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini hali ratifikatsiya qilmagan NATOga a’zo yagona davlat bo‘lib qolmoqda.

NATOga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak.

🌫Dunyoning ayni damdagi havosi eng iflos 10 ta shahri, Toshkent 7-o‘rinni egallaganO‘zbekiston poytaxti havosining PM2,5...
25/01/2024

🌫Dunyoning ayni damdagi havosi eng iflos 10 ta shahri, Toshkent 7-o‘rinni egallagan

O‘zbekiston poytaxti havosining PM2,5 mayda chang zarralari bilan ifloslanish darajasi JSST tavsiyasidan 19 marta yuqori bo‘lib turibdi.

24/01/2024

Rossiyalik tarixchi o‘zbek millati haqida gapirdi

Rus propogandachilari yana Markaziy Osiyoni nishonga olishmoqda. O‘zbekiston hamjamiyati javobini ko‘ring.

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xabardor posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Xabardor:

Share