Uy-joy kommunal xizmat kursatish Bosh Boshqarmasi

Uy-joy kommunal xizmat kursatish Bosh Boshqarmasi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Uy-joy kommunal xizmat kursatish Bosh Boshqarmasi, Media/News Company, Uzbekiston, Tashkent.

Kuz-qish oylarida ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror is...
18/09/2025

Kuz-qish oylarida ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida va “2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tasdiqlangan manzilli Dasturi” doirasida Veolia energy Tashkent XK tomonidan Чиланзар tumanida 260 metr uzunlikdagi (L-260 п.м) 730 mm diametrli (Ду-730 мм) va Учтепа tumanida 1300 metr uzunlikdagi (L-1300 п.м) 820 mm diametrli (Ду-820 мм) issiqliq quvurlari almashtirilmoqda.

Iste’molchilarni barqaror issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tom...
17/09/2025

Iste’molchilarni barqaror issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan Sergeli jami tumanida 33 ta zamonaviy kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini davom ettirmoqda.
Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumani «Farog‘atli» va «Quruvchilar» MFY da o‘rnatilgan kogeneratsiya qurilmalari bilan tanishdi.

Тошкент шаҳар прокуратураси томонидан Тошкент шаҳридаги коммунал ташкилотлари ва кўп квартирали уйларга хизмат кўрсатувч...
17/09/2025

Тошкент шаҳар прокуратураси томонидан Тошкент шаҳридаги коммунал ташкилотлари ва кўп квартирали уйларга хизмат кўрсатувчи бошқарув органлари 2025 йилнинг 8 ойи давомида дебитор қарздорликларни қисқартириш бўйича белгилаб қўйилган топшириғи юзасидан Миробод туман ҳокимлигида танқидий йиғилиш бўлиб ўтди.
Шунингдек, Миробод туманида “Кўп қаватли уй-жой фондини 2025-2026 йиллар куз-қиш мавсумига тайёргарлик кўриш бўйича тасдиқланган манзилли Дастури” доирасида амалга ошириладиган ишлар бўйича якуний натижаларни 25-сентябр кунига қадар топширилиши кўрсатиб ўтилди.

Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida mas’ul xodimlar tomonidan Toshkent shahri...
16/09/2025

Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida mas’ul xodimlar tomonidan Toshkent shahri Olmazor tumani Tepaguzar MFY 21 va 22 ko‘p kvartirali uylarning yer to‘la qismida Veolia energy Tashkent XK tomonidan o‘rnatilgan IIP (individual issiqlik punktlari)larning ishga tushirish jarayoni o‘rganildi. Ushbu yopiq tizim orqali energoresurslar tejaladi, aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi evaziga suv harorati va bosimi aniq ko‘rinib turadi, jumrak ochilganda issiq suv kelishini uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi.

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B...
16/09/2025

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida Toshkent shahri Olmazor tumanida o‘rnatilgan Issiqlik energiyasi 6,4 Gkal bo‘lgan kogeneratsiya qurilmasi bilan tanishdi. Ushbu qurilma Iste’molchilarni sifatli issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash maqsadida samarali yopiq tizimni tashkil etadi

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B...
16/09/2025

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida Toshkent shahar issiqlik markazi MCHJda bo‘lib, 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida olib borilgan ishlar bilan tanishdi.
Shu bilan birga, issiqlik markazi (IM-1)da qozonxonalardagi tiklash-ta’mirlash ishlarining holati hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun zaxiralar to‘plami ko‘zdan kechirildi. Mavjud dispetcherlik xizmatining faoliyati o‘rganildi.

2025-2026 yillar kuz-qish mavsumigi tayyorgarlik doirasida  Veolia energy Tashkent XK tomonidan Uchtepa tumani Lutfiy ko...
15/09/2025

2025-2026 yillar kuz-qish mavsumigi tayyorgarlik doirasida Veolia energy Tashkent XK tomonidan Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida va Chilanzar tumani I. Karimov ko‘chasida issiqlik quvurlari almashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi 702-son qarori asosida, Mirzo Ulug‘bek tumani Chingel...
12/09/2025

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi 702-son qarori asosida, Mirzo Ulug‘bek tumani Chingeldi maxallasi Bog‘bon va Tolariq ko‘chalari hamda Bektemir tumani Nurliyul MFY Ohonguzar va Mexnatobod kuchalarida ichimlik suvi va yangi oqava suv tarmoqlari qurilish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar uy joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari bugun 2025 yil 12 sentabr kuni navbatdagi siyosiy m...
12/09/2025

Toshkent shahar uy joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari bugun 2025 yil 12 sentabr kuni navbatdagi siyosiy ma’rifat soatida ishtirok etishdi.
Unda haftaning dolzarb mavzulari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda xalqaro voqealarga oid muhim ma’lumotlar yetkazildi.

Veolia energy Tashkent XK tomonidan e’lon qilingan jadval asosida (https://t.me/veoliaenergytashkent_official) Toshkent ...
12/09/2025

Veolia energy Tashkent XK tomonidan e’lon qilingan jadval asosida (https://t.me/veoliaenergytashkent_official) Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish davom etmoqda, bugun (12.09.2025 y. 00:00 dan 06:00 gacha) Amir Temur, Mustaqillik, Navoiy, Bobur, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Shastri, Nukus, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Uchuvchilar shaharchasi, Qushbegi ko‘chalarida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐤𝐞𝐧𝐭 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝐮𝐲-𝐣𝐨𝐲 𝐤𝐨𝐦𝐦𝐮𝐧𝐚𝐥 𝐱𝐨ʻ𝐣𝐚𝐥𝐢𝐠𝐢 𝐛𝐨𝐬𝐡 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐫𝐦𝐚𝐬𝐢 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐥𝐢𝐠‘𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐛𝐢𝐫𝐢𝐧𝐜𝐡𝐢 𝐨‘𝐫𝐢𝐧𝐛𝐨𝐬𝐚𝐫𝐢 𝐁𝐞𝐤𝐳𝐨𝐝 𝐓𝐚𝐥𝐚𝐭𝐨𝐯 (11.09.2025...
10/09/2025

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐤𝐞𝐧𝐭 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝐮𝐲-𝐣𝐨𝐲 𝐤𝐨𝐦𝐦𝐮𝐧𝐚𝐥 𝐱𝐨ʻ𝐣𝐚𝐥𝐢𝐠𝐢 𝐛𝐨𝐬𝐡 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐫𝐦𝐚𝐬𝐢 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐥𝐢𝐠‘𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐛𝐢𝐫𝐢𝐧𝐜𝐡𝐢 𝐨‘𝐫𝐢𝐧𝐛𝐨𝐬𝐚𝐫𝐢 𝐁𝐞𝐤𝐳𝐨𝐝 𝐓𝐚𝐥𝐚𝐭𝐨𝐯 (11.09.2025 y. tungi vaqtda) Veolia energy Tashkent XK tomonidan Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish (jadval asosida soat 00:00 dan 06:00 gacha kechasi bajarilish belgilangan) jarayonini saxsan kuzatish maqsadida 4- issiqlik markazi hamda Veolia Energy Tashkent Yunusobod bo‘limida bo‘lib, sinov o‘tkazish jarayonini bilan tanishdi.

🌡𝐁𝐞𝐤𝐭𝐞𝐦𝐢𝐫 𝐭𝐮𝐦𝐚𝐧𝐢𝐝𝐚 𝐊𝐨‘𝐩 𝐤𝐯𝐚𝐫𝐭𝐢𝐫𝐚𝐥𝐢 𝐮𝐲𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐢𝐬𝐢𝐭𝐢𝐬𝐡 𝐨𝐜𝐡𝐢𝐪 𝐭𝐢𝐳𝐢𝐦𝐝𝐚𝐧 𝐲𝐨𝐩𝐢𝐪 𝐈𝐈𝐏 (𝐢𝐧𝐝𝐢𝐯𝐢𝐝𝐮𝐚𝐥 𝐢𝐬𝐬𝐢𝐪𝐥𝐢𝐤 𝐩𝐮𝐧𝐤𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢) 𝐭𝐢𝐳𝐢𝐦𝐢𝐠𝐚 𝐨...
10/09/2025

🌡𝐁𝐞𝐤𝐭𝐞𝐦𝐢𝐫 𝐭𝐮𝐦𝐚𝐧𝐢𝐝𝐚 𝐊𝐨‘𝐩 𝐤𝐯𝐚𝐫𝐭𝐢𝐫𝐚𝐥𝐢 𝐮𝐲𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐢𝐬𝐢𝐭𝐢𝐬𝐡 𝐨𝐜𝐡𝐢𝐪 𝐭𝐢𝐳𝐢𝐦𝐝𝐚𝐧 𝐲𝐨𝐩𝐢𝐪 𝐈𝐈𝐏 (𝐢𝐧𝐝𝐢𝐯𝐢𝐝𝐮𝐚𝐥 𝐢𝐬𝐬𝐢𝐪𝐥𝐢𝐤 𝐩𝐮𝐧𝐤𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢) 𝐭𝐢𝐳𝐢𝐦𝐢𝐠𝐚 𝐨‘𝐭𝐤𝐚𝐳𝐢𝐥𝐦𝐨𝐪𝐝𝐚
Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari IIP moslamasini Veolia, va suv ta’minoti xodimlari hamkorligida ida ishga tushirish jarayonida ishtirok etishdi.
Ushbu yopiq tizim orqali energoresurslar tejaladi, aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi evaziga suv harorati va bosimi aniq ko‘rinib turadi, jo‘mrak ochilganda issiq suv kelishini uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi.

Address

Uzbekiston
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998994999644

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uy-joy kommunal xizmat kursatish Bosh Boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Uy-joy kommunal xizmat kursatish Bosh Boshqarmasi:

Share