Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Digital creator, Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mo'minova ko'chasi 7/2, Tashkent.

"O'zbekkosmos" agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

Webstie: https://uzspace.uz/
Telegram: https://t.me/uzspaceuz
Instagram: https://www.instagram.com/uzbekkosmos2022
YouTube: https://www.youtube.com/

Ekin maydonlarini noqonuniy yoqayotgan yer egalarini ogohlantiramiz!Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Uzcos...
04/06/2025

Ekin maydonlarini noqonuniy yoqayotgan yer egalarini ogohlantiramiz!

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Uzcosmos O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizdagi barcha yerdan foydalanuvchilarni maxsus murojaat orqali ogohlantiradi.

Har yili Respublika hududidagi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida, somon poyalari va ularning qoldiqlarini noqonuniy yoqib yuborish bilan bog‘liq minglab salbiy holatlar aniqlanmoqda. Bu esa minglab gektar serhosil maydonlarning unumdorligi pasayib, tuproq strukturasining buzilishi, yerlardagi foydali makro va mikroelementlarning yo‘q bo‘lib ketishi, ekin hududlarining ball boniteti keskin tushishi kabi ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda.

Tasavvur qilib ko‘ring, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida, 500 gramm azot oksidi, 379 gramm ulgevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi atmosferaga tarqaladi. Bu toza havoning ifloslanishi bilan birga inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi bilan xavflidir.

Hurmatli yerdan foydalanuvchilar!

Barchangizdan shu kabi noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rab qolamiz va qat’iy talab qilamiz.

Mazkur huquqbuzarlik uchun O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha jarimalar qo‘llanilishi hamda yong‘in sodir bo‘lgan g‘alla ekin maydonlarning har bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy choralar ko‘rilishi, bunda zarar miqdori katta bo‘lsa hattoki jinoiy javogarlikkacha olib borishi mumkin.

Qolaversa, bu kabi holatlar Yer kodeksining 40 va 79-moddasi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidek, fermer xo‘jaligiga ajratilgan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda ekologik talablar va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish majburiyatlari bajarilmaganini ifodalaydi.

Shu o‘rinda qo‘shtirnoq ichidagi uddaburon fermer va tadbirkorlarga eslatib o‘tmoqchimiz. Respubilika miqyosida somon poyalari va ularning qoldiqlarini noqonuniy yoqish bilan bog‘liq holatlar bevosita Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi “O‘zbekkosmos” tomonidan sun’iy yo‘ldosh suratlari orqali kunlik monitoring qilib boriladi. Ma’lumotlar esa huquq tartibot organlariga o‘z vaqtida taqdim etiladi.

Ogoh bo‘ling, mamlakatimizning eng qimmatli resurslaridan bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekin yerlariga har qanday turdagi zarar yetkazishdan saqlaning. Barcha jarayonlar nazorat ostida.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Предупреждаем фермеров, незаконно поджигающих посевные площади!

Агентство космических исследований и технологий Uzcosmos совместно с Генеральной прокуратурой Республики Узбекистан и Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата предупреждает всех землепользователей нашей страны, посредством специального обращения.

Ежегодно на территории Республики выявляются тысячи случаев незаконного сжигания соломы и сорняков на земельных участках, освобожденных от зерновых колосовых культур. Это приводит к таким плачевным последствиям, как снижение плодородия тысяч гектаров высокоурожайных земель, нарушение структуры почвы, утрата полезных макро- и микроэлементов в почве, резкое падение баллов бонитета посевных площадей.

Представьте, что при сжигании стеблей зерновых на 1 гектаре земли в атмосферу выбрасывается 500 граммов оксида азота, 379 граммов углеводорода, 3 кг золы, 20 кг угарного газа и оксида углерода. Это опасно, так как помимо загрязнения чистого воздуха, может вызывать туберкулез и рак в организме человека.

Уважаемые землепользователи!

Убедительно просим и настоятельно требуем от всех вас не допускать подобных незаконных действий.
За данное правонарушение предусмотрено наложение штрафа в размере до 10 базовых расчетных величин согласно части 3 статьи 88 Кодекса Республики Узбекистан об административной ответственности, а также применение экономических мер в соответствии с действующим порядком за ущерб, причиненный каждому гектару зерновых посевных площадей, пострадавших от пожара.

Более того, подобные случаи указывают на невыполнение обязательств по соблюдению экологических требований и правил охраны окружающей среды при использовании и охране земель, выделенных фермерским хозяйствам, как это предусмотрено статьями 40 и 79 Земельного кодекса, а также статьей 17 Закона "О фермерском хозяйстве."

В связи с этим, хотелось бы напомнить "предприимчивым" фермерам и предпринимателям о том, что случаи, связанные с незаконным сжиганием соломы и ее остатков в масштабах республики ежедневно отслеживаются Агентством космических исследований и технологий "Узбеккосмос" посредством спутниковых снимков. Полученные данные своевременно предоставляются в правоохранительные органы.

Будьте осторожны, воздерживайтесь от нанесения любого вида ущерба сельскохозяйственным угодьям, которые являются одним из самых ценных ресурсов нашей страны. Все процессы находятся под контролем.

Просим наших соотечественников, ставших свидетелями подобных негативных ситуаций, позвонить на горячую линию Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата по номеру 1207.

Uzcosmos vakillari BMTning xalqaro seminarida ishtirok etishdiJoriy yilning 13–15-may kunlari Tailandning Patumtani shah...
20/05/2025

Uzcosmos vakillari BMTning xalqaro seminarida ishtirok etishdi

Joriy yilning 13–15-may kunlari Tailandning Patumtani shahridagi Osiyo texnologiyalar institutida (AIT) “Markaziy Osiyoda Yerni masofadan zondlash va geofazoviy texnologiyalar orqali qurg‘oqchilik hamda qishloq xo‘jaligi monitoringini rivojlantirish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan davlat organlari mutaxassislar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Mongoliya davlatlaridan xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Xalqaro seminarda Uzcosmos agentligi Ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘limi boshlig‘i Ismoil Rasulov boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashdi va mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarida qurg‘oqchilik va sho‘rlanish holatlarini monitoringi bo‘yicha mavjud muammolar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Seminar doirasida Markaziy Osiyo davlatlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarida qurg‘oqchilikni samarali monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi loyihaga rasman start berildi. Ushbu loyiha doirasida har bir mamlakat uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi, tegishli mutaxassislar malakasi oshiriladi va zamonaviy geofazoviy maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Uzcosmos agentligi ushbu tashabbus doirasida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarida qurg‘oqchilikni monitoring qilish sohasida ilmiy-texnik salohiyatni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va kosmik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Jumladan, joriy yilning 20-fevral kuni Toshkentda Uzcosmos agentligi BMT huzuridagi Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) bilan hamkorlikda “Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq sho‘rlanishini aniqlash” loyihasiga start berganini qayd etish lozim. Bu masofaviy zondlash texnologiyalari, ilg‘or geoaxborot tizimi va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi va yer resurslarini boshqarishning barqaror usullariga ko‘maklashib, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishni yaxshilashga imkon yaratadi.

Loyihani amalga oshirish uchun sinov hududi sifatida Jizzax viloyatining Zarbdor va unda tutash tumanlaridagi 90 ta ekin maydonlari tanlab olingan edi. U yerda sun’iy yo’ldoshdan olingan suratlar orqali yerlarning sho’rlanish darajasi o’rganilib, laborator tekshiruvlar uchun nusxa olinishi va chuqur tekshirilishi reja qilingan.

Bu orqali yaqin yillar davomida mamlakatdagi eng sho‘rlangan yerlarning aniq statistikasini yuritish, qishloq xo‘jaligi uchun hosildor maydonlarni aniqlab berish, fermerlar uchun ekin maydonlarining holati bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etish mumkin bo‘ladi. Natijada esa qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish borasida resurs va xomashyolarni to‘g’ri taqsimlash, yerlarning sho‘rlanish darajasi va joyning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda agrotexnik choralarni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Uzcosmos agentligi Axborot xizmati

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Представители Uzcosmos приняли участие в международном семинаре ООН

13-15 мая в городе Патумтани, Таиланд, в Азиатском технологическом институте (AIT) прошел международный семинар на тему "Развитие мониторинга засухи и сельского хозяйства в Центральной Азии с помощью дистанционного зондирования Земли и геопространственных технологий."

В мероприятии, организованном Экономической и социальной комиссией ООН для Азии и Тихого океана (ЭСКАТО), приняли участие специалисты государственных органов из Узбекистана, Кыргызстана и Таджикистана, а также международные эксперты из Российской Федерации, Китайской Народной Республики, Индии и Монголии.

В международном семинаре также участвовала делегация во главе с начальником отдела науки, инноваций и трансфера технологий агентства Uzcosmos Исмаилом Расуловым, которая провела презентацию о существующих проблемах и осуществляемой работе по мониторингу состояния засухи и засоления сельскохозяйственных земель в стране.

В рамках семинара был официально дан старт новому проекту по расширению возможностей эффективного мониторинга засухи на сельскохозяйственных землях для стран Центральной Азии. В рамках данного проекта будет разработана "дорожная карта" для каждой страны, повышена квалификация соответствующих специалистов и расширены возможности использования современных геопространственных данных.

Агентство Uzcosmos в рамках этой инициативы ставит перед собой цель укрепления научно-технического потенциала в области мониторинга засухи на сельскохозяйственных землях в Узбекистане, усиления международного сотрудничества и внедрения космических технологий в практику.

В частности, следует отметить, что 20 февраля текущего года в Ташкенте агентство Uzcosmos совместно с Экономической и социальной комиссией для Азии и Тихого океана (ЭСКАТО) при ООН дало старт проекту "Определение засоленности почвы с помощью спутниковых снимков."

Это позволит улучшить сбор, анализ и распространение данных, способствуя устойчивым методам обеспечения продовольственной безопасности, управления сельским хозяйством и земельными ресурсами в Узбекистане за счет использования технологий дистанционного зондирования, передовых геоинформационных систем и возможностей искусственного интеллекта.

В качестве экспериментальной зоны для реализации проекта были выбраны 90 посевных площадей в Зарбдорском и прилегающих районах Джизакской области. Там планируется изучить уровень засоления земель с помощью спутниковых снимков, взять образцы для лабораторных исследований и провести углубленное обследование. Благодаря этому в ближайшие годы станет возможным вести точную статистику наиболее засоленных земель в стране, определять плодородные площади для сельского хозяйства, предоставлять фермерам полную информацию о состоянии посевных площадей. В результате появится возможность правильного распределения ресурсов и сырья при использовании сельскохозяйственных земель, принятия агротехнических мер с учетом степени засоления земель и почвенно-климатических условий местности.

Пресс-служба агентства Uzcosmos

Uzcosmos va Uzum yosh muhandislarning kreativ loyihalarini qo’llab - quvvatlamoqda!O‘zbekiston yoshlarining texnologiyal...
12/05/2025

Uzcosmos va Uzum yosh muhandislarning kreativ loyihalarini qo’llab - quvvatlamoqda!

O‘zbekiston yoshlarining texnologiyalar, muhandislik, robototexnika, innovatsiya va astronavtika bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish, ularning bu boradagi g’oya, tashabbus va loyihalarini qo‘llab – quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Uzum milliy raqamli ekotizimi ko'magida “Yosh muhandis” Respublika tanlovi tashkil etildi.

Joriy yilning 25–fevral sanasidan start berilgan mazkur musobaqaga 12 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari va talabalardan iborat jami 133 ta jamoa maishiy yoki ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beruvchi 150ga yaqin muhandislik ishlanmalarini taqdim etishdi. Ulardan eng munosib deya saralab olingan 28 ta loyiha yakuniy bosqichiga yetib keldi.
Joriy yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida “Yosh muhandis” tanlovining final musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika bo‘ylab tanlab olingan eng kuchli 28 ta jamoa g’oliblik uchun kurashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Uzcosmos agentligi, Uzum milliy raqamli ekotizimi hamda Turin politexnika universiteti ekspertlaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari yoshlarning muhandislik ishlanmalarini baholashdi.

Loyahalar quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqildi:
1. Kreativ, innovatsion yondashuv
2. Loyihani amaliyotga tadbiq etish
3. Loyihaning ilmiy asosliligi
4. Loyihaning ijtimoiy va ekologik ahamiyati
5. Loyihaning taqdimot sifati

“Yosh muhandis” tanlovining final musobaqasi natijalari bo‘yicha quyidagi jamoalar g’oliblar qatoridan joy olishdi:

1-o‘rin: Andijon viloyati Andijon shahridagi “Iqro academy” xususiy maktabi 6-sinf o’quvchisi Abubakr Rafuqjonov. Loyiha nomi o’qituvchi robot;

2-o‘rin: Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 11-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Islomjon Tolaxo’jayev. Loyiha nomi yong’inga qarshi robot.

3-o‘rin: Toshkent shahridagi “Sehriyo” xususiy maktabi o’quvchilari Алексей Кремер va Safiya ganiyeva. Loyiha nomi BioAI – sun’iy intellect yordamida sog’liqni muxofaza qiluvchi yordamchi.

Asosiy sovrin, musobaqaning gran-pri sohiblari, "Eng kreativ loyiha" nominatsiyasiga Toshkent shahridagi 307-maktab o‘quvchisi Javdat Xudanov va “Millat umidi” xususiy maktabi o‘quvchisi Samandar Xudanovlarning “Smart house” loyihasi hamda Toshkent shahridagi “Sehriyo” xususiy maktabi o’quvchisi Amir Saipovning “Orbit clear” - Orbitani kosmik chiqindilardan tozalovchi sun’iy yo’ldosh ishlanmasi munosib ko’rildi. Ular Yevropadagi eng yirik va jahonda TOP-5ga kiruvchi Guhem xalqaro kosmik markaziga sayohat uchun yo‘llanmani yutib olishdi.

Uzcosmos agentligi Axborot xizmati.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Uzcosmos и Uzum поддерживают креативные проекты молодых инженеров!

В целях дальнейшего повышения интереса молодежи Узбекистана ктехнологиям, инженерии, робототехнике, инновациям и астронавтике, а также поддержки их идей, инициатив и проектов в этой области при поддержке Министерства цифровых технологий Республики Узбекистан и Национальной цифровой экосистемы “Uzum” организован Республиканский конкурс “Молодой инженер”. В конкурсе, стартовавшем 25 февраля текущего года, приняли участие 133 команды, состоящие из школьников и студентов в возрасте от 12 до 20 лет. Они представили около 150 инженерных разработок, направленных на решение бытовых или социальных проблем. Из них 28 проектов, отобранных как наиболее перспективные, вышли в финальный этап.

10 мая в Министерстве цифровых технологий Республики Узбекистан состоялся финальный этап конкурса "Молодой инженер." В нем за победу боролись 28 сильнейших команд, отобранных со всей республики. Члены жюри, в состав которого вошли эксперты Министерства цифровых технологий Республики Узбекистан, агентства Uzcosmos, национальной цифровой экосистемы Uzum и Туринского политехнического университета, оценили инженерные разработки молодежи.

Проекты рассматривались на основе следующих критериев:

1. Креативный, инновационный подход
2. Практическое применение проекта
3. Научная обоснованность проекта
4. Социальная и экологическая значимость проекта
5. Качество презентации проекта

По итогам финального соревнования конкурса "Молодой инженер" в число победителей вошли следующие команды:

1-е место: Абубакр Рафукжонов, учащийся 6-го класса частной школы "Iqro academy" города Андижана Андижанской области. Название проекта - робот-учитель;

2-е место: Исломжон Толахужаев, ученик 11-й общеобразовательной школы Паркентского района Ташкентской области. Название проекта - противопожарный робот.

3-е место: учащиеся частной школы "Сехрийо" города Ташкента Алексей Кремер и Сафия Ганиева. Название проекта BioAI - помощник по охране здоровья с использованием искусственного интеллекта.

Главным призом, обладателями гран-при конкурса, в номинации "Самый креативный проект" стал проект "Smart house" ученика школы No307 города Ташкента Джавдата Худанова и ученика частной школы "Миллат Умиди" Самандара Худанова, а также разработка ученика частной школы "Sehriyo" города Ташкента Амира Саипова "Orbit clear" - спутник, очищающий Орбиту от космических отходов. Они выиграли путевку в крупнейший в Европе и входящий в ТОП-5 в мире Международный космический центр Гухем.

Пресс - служба агентства Uzcosmos.

Uzcosmos eksperti Sovet kosmik apparatining O‘zbekistonga qulashi ehtimolini tahlil qildi!Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar...
07/05/2025

Uzcosmos eksperti Sovet kosmik apparatining O‘zbekistonga qulashi ehtimolini tahlil qildi!

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda bundan 53-yil oldin "Venera-8" missiyasi doirasida uchirilgan “Kosmos-482” sayyoralararo kosmik apparatning yerga qulashi bilan bog‘liq xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Bir qator manbalar uning geolokatsiyasi Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Xo‘sh, ularning orasida O‘zbekiston ham bo‘lishi mumkin(mi?)

Uzcosmos kutilayotgan mazkur xodisa yuzasidan quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

Agentlik bo‘lim boshlig‘i Ahror Agzamovning ma’lum qilishicha, haqiqatdan 1972-yil 31-mart sanasida Sobiq Sovet Ittifoqining “Venera” dasturi bo‘yicha “Kosmos-482” sayyoralararo kosmik apparati fazoga uchirilgan. Biroq raketa-tashuvchining yakuniy bosqichi muvaffaqiyatsiz ishlashi oqibatida u Yer orbitasida qolib ketgan.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, apparatning yerga qulashi 9-11-may kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

"Kosmos-482"ning aniq qayerga qulashini aytish biroz mushkul. Uning O‘zbekiston hududiga tushishining ehtimoli esa hozircha 0,3-0,5% oralig‘ida baholanmoqda.

Apparatning katta qismi atmosferaga kirishi bilan yonib ketsa-da, Veneraning og‘ir sharoitlarida qo‘nish va ishlash uchun mo‘ljallangan yarim tonnaga (500 kg) yaqin massali titan shari alohida xavf tug‘diradi. Bu komponent yer atmosferasiga kirishda omon qoladi va butunlay qulab tushadi. Parashyut borligiga qaramay, koinotda 53-yil bo‘lganidan keyin u ishlamasligi mumkin. Yerga urilish tezligi esa soatiga 500 km’gacha yetishi kutilmoqda.

Bo‘laklar topilgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan rasmiylarga xabar berish va hech qanday holatda apparat qoldiqlari bilan aloqada bo‘lmaslik tavsiya etiladi, chunki ular tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilib o‘tish lozim, sobiq Toshkent mashinasozlik konstruktorlik byurosi mazkur "Venera" dasturining so‘nggi bosqichlarida munosib ishtirok etgan. U "Venera-13 va 14" (1982) va "Vega-1 va 2" (1985) apparatlari uchun grunt olish va burg‘ilash qurilmalarini loyihalashtirgan va ishlab chiqargan. Ularni sinovdan o‘tkazish esa Toshkent viloyatidagi Nevich qishlog‘ida joylashgan sinov markazida amalga oshirilgan.

Ahror Agzamov – Uzcosmos agentligi Yangi texnologiyalarni tadbiq qilish bo‘limi boshlig‘i

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Эксперт Uzcosmos проанализировал вероятность падения советского космического аппарата на Узбекистан!

В настоящее время в социальных сетях широко обсуждаются новости, связанные с падением на Землю межпланетного космического аппарата "Космос-482," запущенного 53 года назад в рамках программы "Венера" Ряд источников предполагают, что его геолокация может совпадать с территорией стран Азии или Центральной Азии. Возникает вопрос: может ли Узбекистан оказаться среди этих стран?

Uzcosmos предоставляет следующую информацию об ожидаемом явлении:

По словам начальника отдела агентства Ахрора Агзамова, действительно, 31 марта 1972 года в рамках программы "Венера" бывшего Советского Союза был запущен в космос межпланетный космический аппарат "Космос-482." Однако из-за неудачной работы последней ступени ракеты-носителя он остался на орбите Земли.

По предварительным расчетам, падение обломков аппарата на землю может произойти в период с 9 по 11 мая.
Пока трудно точно сказать, где именно упадет "Космос-482." Вероятность его падения на территорию Узбекистана в настоящее время оценивается в пределах 0,3-0,5%.

Хотя большая часть аппарата сгорает при входе в атмосферу, особую опасность представляет титановый шар массой около 500 кг, предназначенный для посадки и работы в суровых условиях Венеры. Этот компонент скорее всего после входа в атмосферу Земли упадет целиком. Несмотря на наличие парашюта, он может не сработать после 53 лет пребывания в космосе. Ожидается, что скорость удара о землю может достигнуть 500 км в час.

В случае обнаружения фрагментов настоятельно рекомендуется немедленно сообщить об этом официальным лицам и ни при каких обстоятельствах не контактировать с остатками аппарата, так как они могут содержать опасные химические вещества.
Следует добавить, что Ташкентское машиностроительное конструкторское бюро достойно участвовало в поздних этапах программы "Венера". Оно проектировало и производило устройства для забора грунта и бурения для аппаратов "Венера-13 и 14" (1982) и "Вега-1 и 2" (1985). Их испытания проводились в испытательном центре, расположенном в селе Невич Ташкентской области.

Ахрор Агзамов - начальник отдела внедрения новых технологий агентства Uzcosmos

Uzcosmos "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasining final bosqichini o‘tkazdi!Yoshlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, astr...
05/05/2025

Uzcosmos "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasining final bosqichini o‘tkazdi!

Yoshlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, astronavtika va muhandislikka bo‘lgan qiziqishni yanada orttirish, ularning bu boradagi g‘oya, tashabbus hamda ixtirolarini qo‘llab – quvvatlash maqsadida Uzcosmos agentligi "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasining final bosqichini Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Yangi hayot” ochiq uchish aerodromida o‘tkazdi.

Unda 250 nafarga yaqin umumta’lim maktab o‘quvchilari va oliygoh talabalaridan tashkil topgan 10 ta jamoa o‘zlari yaratgan mikrosputniklarni o‘quv raketalari yordamida balandlikka uchirib, havo harorati, masofa va bosim nazorati kabi birlamchi ma’lumotlarni qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Uzcosmos agentligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur loyiha “STEM” ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlashning interaktiv usullaridan biri bo‘lib, yoshlarning ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, ularni ayerokosmik sohaga jalb qilish, bu orqali yangi avlod kosmik muhandislarini yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.

Qayd etish lozimki, "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasining final bosqichida “Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti”, “Toshkent Davlat transport universiteti”, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”, “Yangi O‘zbekiston universiteti”, “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet”, “Sehriyo” va “Al-Beruniy school” maktablaridan jamoalar qatnashishdi.

Musobaqa yakunida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 3-o‘rinni Toshkent davlat transport universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoalari egallashdi. 2-o‘rin Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti talabalariga nasib etdi. 1-o‘ringa esa “Yangi O‘zbekiston” universiteti loyiq ko‘rildi. Shu kabi maktablar o‘rtasida 2-o‘rin “Al-Beruniy” maktabiga, 1-o‘rin “Sehriyo” maktabiga berildi.

Ma’lumot uchun:
“CanSat” bu kichik konserva idishi hajmidagi mini sun’iy yo‘ldosh bo‘lib, ilk bor bu loyiha 1990-yili AQSHda, “NASA” va Amerika universitetlari hamkorligida tashkil etilib, yoshlarning kosmik missiyalarda ishtirok etish ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan. Bugunga kelib esa “SanSat” uchirish musobaqalari Rossiya, Xitoy, Angliya, Fransiya, AQSH, Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi ko‘plab davlatlarda muntazam o‘tkazilmoqda va millionlab o‘g‘il – qizlarni qamrab olmoqda. Uzcosmos agentligi tashabbusi bilan esa O‘zbekiston ham mazkur mamlakatlar qatoriga qo‘shildi.

Uzcosmos agentligi Axborot xizmati

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Uzcosmos провёл финальный этап конкурса «CanSat Uzbekistan-2025»!

С целью дальнейшего повышения интереса молодёжи к космическим технологиям, астронавтике и инженерии, а также поддержки её идей, инициатив и изобретений в этой области, агентство Uzcosmos (https://uzspace.uz/) провело финал «CanSat Uzbekistan-2025» на открытом аэродроме «Янги Хаёт», расположенном в Уртачирчикском районе Ташкентской области.

Десять команд — около 250 учащихся общеобразовательных школ и студентов вузов — запустили разработанные ими микроспутники на учебно‑тренировочных ракетах и получили первичные телеметрические данные: температуру воздуха, давление и высоту.

Проект, реализуемый по инициативе Uzcosmos, является одним из интерактивных методов подготовки кадров в направлении STEM-образования. Он способствует развитию научных и творческих способностей молодёжи, вовлекает её в аэрокосмическую отрасль и формирует новое поколение космических инженеров.

Следует отметить, что в финале приняли участие команды из Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми, Ташкентского государственного транспортного университета, Ташкентского института инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства, Университета Нового Узбекистана, Национального университета имени Мирзо Улугбека, школ «Sehriyo» и «Al-Beruniy school».

По итогам соревнований среди высших учебных заведений третье место разделили команды Ташкентского государственного транспортного университета и Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека; второе место заняли студенты Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми; победителем стал университет «Yangi O’zbekiston». Аналогичным образом, среди школ второе место заняла школа «Al-Beruniy school», а первое — школа «Sehriyo».

Справка:
«CanSat» — это мини-спутник размером с небольшую консервную банку. Этот проект был впервые запущен в 1990 году в США в сотрудничестве с NASA и американскими университетами с целью улучшения навыков молодёжи в космических миссиях. На сегодняшний день соревнования по запуску «CanSat» регулярно проводятся во многих странах, включая Россию, Китай, Англию, Францию, США, Японию, Индию, Турцию и Азербайджан, охватывая миллионы юношей и девушек. По инициативе агентства Uzcosmos Узбекистан также присоединился к числу этих стран.

Пресс-служба Агентства "Uzcosmos"

O’quv raketa modellarida uchayotgan sun’iy yo’ldoshlarni real ko’rishni istaysizmi?Kosmik texnologiyalar va muhandislikk...
30/04/2025

O’quv raketa modellarida uchayotgan sun’iy yo’ldoshlarni real ko’rishni istaysizmi?

Kosmik texnologiyalar va muhandislikka qiziquvchi barcha yoshlarni Uzcosmos agentligining "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasi final bosqichiga taklif etamiz!

Unda siz maktab o'quvchilari va talabalar tomonidan yaratilgan kichik sun’iy yo‘ldoshlarni raketalar yordamida uchirilishiga guvoh bo'lasiz.

Tadbirning boshlanish vaqti: 3-may, 10:00
Manzil: O‘rta Chirchiq tumanidagi “Yangi hayot” aerodromi https://maps.google.com/maps?q=41.102474,69.242633&ll=41.102474,69.242633&z=16

Kirish bepul, ro‘yxatdan o‘tish uchun havolaga kiring https://forms.gle/JkYh6dnVzPCMxpnK8

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Хотите увидеть запуск образовательных модели ракет и спутника?

Приглашаем всех космических энтузиастов на финальный этап CanSat Uzbekistan 2025

Там вас ждут запуски миниспутников, созданные школьниками и студентами

Время начала мероприятия: 3 мая, 10:00
Адрес: Аэродром "Янги хаёт" в Уртачирчикском районе https://maps.google.com/maps?q=41.102474,69.242633&ll=41.102474,69.242633&z=16

❗️Вход бесплатный, для регистрации перейдите по ссылке https://forms.gle/JkYh6dnVzPCMxpnK8

27/04/2025

O'zbekistonning kosmik sohadagi faoliyati bo'yicha eksklyuziv intervyu!

Ozarbayjonning Boku shahrida o'tgan “Space Technology Conference-2025” xalqaro anjumani doirasida Uzcosmos agentligi direktori o'rinbosari Muhiddin Ibragimov "AnewZ" telekanali uchun maxsus intervyu berdi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Эксклюзивное интервью о космической деятельности Узбекистана!

В рамках международной конференции "Space Technology Conference-2025," прошедшей в Баку (Азербайджан), заместитель директора агентства Uzcosmos Мухиддин Ибрагимов дал специальное интервью для телеканала "AnewZ."

Uzcosmos: “Space Technology Conference - 2026” O‘zbekistonda o‘tkaziladi! Xabaringiz bor 24 – 25 aprel kunlari Ozarbayjo...
26/04/2025

Uzcosmos: “Space Technology Conference - 2026” O‘zbekistonda o‘tkaziladi!

Xabaringiz bor 24 – 25 aprel kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida jahon kosmik bozorida o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan “Space Technology Conference - 2025” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Uzcosmos vakillari faol ishtirok etib, o‘z taqdimot va maxsus stendlari bilan qatnashishdi. Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Afrika kabi mintaqalardan tashrif buyurgan yirik kompaniya va agentliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xalqaro anjuman yakunlari bo‘yicha “Space Technology Conference-2026” tadbiriga rasman O‘zbekiston mezbonlik qilishi belgilandi va bu bo‘yicha kelishuv imzolandi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Uzcosmos: "Space Technology Conference - 2026" пройдет в Узбекистане!

Как вам известно, 24-25 апреля в городе Баку (Азербайджан) состоялась международная конференция "Space Technology Conference - 2025" - одно из важнейших мероприятий мирового космического рынка. Представители Uzcosmos приняли в ней активное участие, выступив с презентациями и представив специальные стенды. Они провели встречи с крупными компаниями и агентствами из регионов Ближнего Востока, Европы, Азии, Северной и Южной Америки, а также Африки.

По итогам международной конференции было официально подписано соглашение о проведении мероприятия "Space Technology Conference-2026" в Узбекистане.

Uzcosmos vakillari “Space Technology Conference - 2025”da ishtirok etishmoqda!Bugun Ozarbayjonning Boku shahrida “Space ...
24/04/2025

Uzcosmos vakillari “Space Technology Conference - 2025”da ishtirok etishmoqda!

Bugun Ozarbayjonning Boku shahrida “Space Technology Conference - 2025” xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi. 24 – 25 aprel kunlariga belgilangan mazkur nufuzli tadbirda Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika va Afrika kabi mintaqalardan 40 dan ortiq mamlakatning 400 nafardan ziyod ekspertlari, shuningdek, kosmik tarmoq bo‘yicha 130 ta kompaniya ishtirok etmoqda.

Unda Uzcosmos vakillari o‘z taqdimotlari bilan qatnashib, O‘zbekistoning kosmik tadqiqotlar borasidagi faoliyati hamda yangi loyihalari bilan yig’ilganlarni yaqindan tanishtirishdi.

Qayd etish lozim, mazkur muloqot maydoni kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar bozorining rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro bilim va tajriba almashish, sun’iy yo‘ldosh imkoniyatlaridan ijtimoiy – iqtisodiy sektorlar yo‘nalishida samarali foydalanish, sohaga yangi innovatsiya va loyihalarni joriy qilish kabi global kosmos sanoatining trenddagi mavzularini ko‘rib chiqishga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.

“Space Technology Conference - 2025” xalqaro anjumani doirasida Uzcosmos agentligi va uning muassisligidagi Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi faoliyati, taklif etayotgan xizmatlari aks etgan maxsus ko‘rgazma stendi ham tashkil etildi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Представители Uzcosmos принимают участие в "Space Technology Conference - 2025"!

Сегодня в Баку, начала свою работу международная конференция "Space Technology Conference - 2025." На этом престижном мероприятии, проходящем 24-25 апреля, принимают участие свыше 400 экспертов из более чем 40 стран Ближнего Востока, Европы, Азии, Северной и Южной Америки и Африки, а также 130 компаний космической отрасли.

Представители Uzcosmos выступили на конференции с презентациями и подробно ознакомили собравшихся с деятельностью Узбекистана в области космических исследований и новых проектов.

Следует отметить, что данная дискуссионная площадка важна тем, что способствует обсуждению тенденций развития рынка космических исследований и технологий, дальнейшему укреплению регионального и международного сотрудничества, взаимному обмену знаниями и опытом, эффективному использованию возможностей искусственных спутников в социально-экономических секторах, внедрению новых инноваций и проектов в отрасль, а также рассмотрению актуальных тем глобальной космической индустрии.

В рамках международной конференции "Space Technology Conference - 2025" также был организован специальный выставочный стенд, отражающий деятельность и предлагаемые услуги агентства Uzcosmos и Центра космического мониторинга и геоинформационных технологий.

Address

Toshkent Shahar, Mirzo Ulug'bek Tumani, Mo'minova Ko'chasi 7/2
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+99855 502 502 2

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi:

Share