
29/03/2024
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy nashrlari – “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti muassisligidagi “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali, “Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot” elektron ilmiy jurnali hamda Institut ilmiy nashlarining rasmiy veb sayti sinov tariqasida ishga tushirilib, texnik ishlar yakuniga yetkazilmoqda.
Ushbu https://oila-ilmiy.uz/ platformasi “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali hamda “Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot” elektron ilmiy jurnallari nufuzini oshirish maqsadida Open Journal System platformasidan joy oladigan veb sayt sifatida qayta ishlab chiqildi.