22/06/2023
🤲 Shayx Butiy hazratlarining duolaridan
Ey bir bandani esh*tsa, boshqasini esh*tishdan mashg‘ul bo‘lib qolmaydigan Zot!
Ey so‘rovchilarning ko‘pligi tufayli chalg‘ib qolmaydigan Zot!
Ey bandalari tinmay so‘rayversa ham toliqib qolmaydigan Zot!
Bizga rahmating lazzatini tatishni, ijobating siylovini tatishni nasib qilgin!
Allohim, uzoq davom etayotgan ushbu shiddatdan keyin kushoyishni tezlatib bergin!
Allohim, uzoq davom etayotgan ushbu qiyinchilikdan keyin osonchilikni tezlatib bergin!
Allohim, bu qiyinchiliklarning tubidan tezda keluvchi osonchilikni kechiktirmay chiqarib bergin!
Allohim, so‘zlarimizni esh*tib turibsan, makonlarimizni ko‘rib turibsan, siru oshkorimizni bilib turibsan!
Ey hech narsa ojiz qila olmaydigan Zot!
Ey barcha narsa huzuriga qaytadigan Zot!
Ey olamlarning Robbi, bizni lutfing moʻjizalaridan biri ila siylagin!
Allohim, O‘zing birimizni muvaffaq qilib, keyin O‘zing maqbul qilgan solih amallar ila Senga vasila qilamiz.
Allohim, O‘zing qabul qilgan ushbu amal ila duoimizni ijobat qilishingni so‘raymiz!
Allohim, bizni g‘azabingdan asragin, qiyinchiligimizni osonchilikka, shiddatimizni kushoyishga o‘zgartirgin.
Allohim, sayyidimiz, ummiylar nabiysi hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yorlaqagin!
©️ Odinaxon Muhammad Sodiq tarjimasi
“Bintu Sodiq” kanalidan olindi
✈️ Ushbu duoni yaqinlaringizga ham yuboring!