Cinerama

Cinerama 🎬 Набор высококачественного контента
⭐ Более 33 000 фильмов и сериалов
📌 Самые жаркие премьеры
🌐 170+ телеканалов

Все это - здесь, в Cinerama 💛

Superqahramon rollari vaqt o‘tishi bilan ko‘pincha boshqa aktyorlarga topshiriladi (recast qilinadi). 🙂Siz qaysi filmda ...
04/03/2026

Superqahramon rollari vaqt o‘tishi bilan ko‘pincha boshqa aktyorlarga topshiriladi (recast qilinadi). 🙂

Siz qaysi filmda buni sezgansiz? 🙃

Obraz uchun hamma narsaga tayyor aktrisalar! 💇‍♀️🎬Kino olamida shunday rollar borki, ular nafaqat mahorat, balki tashqi ...
26/02/2026

Obraz uchun hamma narsaga tayyor aktrisalar! 💇‍♀️🎬
Kino olamida shunday rollar borki, ular nafaqat mahorat, balki tashqi ko’rinishni butunlay o’zgartirishni ham talab qiladi. Mana, o’z roli uchun sochlaridan voz kechgan jasoratli yulduzlar 💅🏻❤️

Ushbu filmlarni “Cinerama” da tomosha qilishingiz mumkin ❤️Yoki qaysi filmni tomosha qilib bo’ldingiz? 🤨
23/02/2026

Ushbu filmlarni “Cinerama” da tomosha qilishingiz mumkin ❤️
Yoki qaysi filmni tomosha qilib bo’ldingiz? 🤨

Anime nomi: Iblislar qotili 🔥 O’z fikringizni izohlarda yozib qoldiring 📜
23/02/2026

Anime nomi: Iblislar qotili 🔥
O’z fikringizni izohlarda yozib qoldiring 📜

Robert Dyuval: Oskarni zabt etgan ekran afsonasi 95 yoshida vafot etdi“Yangi Gollivud” erasining so‘nggi tirik yulduzlar...
18/02/2026

Robert Dyuval: Oskarni zabt etgan ekran afsonasi 95 yoshida vafot etdi
“Yangi Gollivud” erasining so‘nggi tirik yulduzlaridan biri, afsonaviy aktyor Robert Dyuval 95 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Yetti o‘n yillik faoliyati davomida 90 dan ortiq filmlarda suratga tushgan Dyuval, o‘zi gavdalantirgan har bir qahramonga o‘zgacha vazminlik va ichki kuch bag‘ishlay oldi. U hech qachon e’tibor talab qilmasdi, lekin tomoshabin nigohini butunlay o‘ziga bog‘lab qo‘yardi.
U kinodagi debyutini “Masxarabozni o‘ldirish” (1962) filmidagi sirli Bu Redli roli bilan boshlagan va tez orada kino olamining eng muhim aktyorlaridan biriga aylangan.
Unutilmas rollari:
• “Cho‘qintirgan ota” (1972) va “Cho‘qintirgan ota 2” (1974): Tom Xagen rolida u filmdagi hissiyotlar bo‘roni ichida “vazminlik markazi” bo‘lib xizmat qildi.
• “Bugungi apokalipsis” (1979): Leytenant-polkovnik Kilgor obrazida u o‘zining xarizmatik shiddatini namoyish etdi va kino tarixidagi eng mashhur: “Charli syorfing uchmaydi!” hamda “Ertalabki na**lm hidini yaxshi ko‘raman” kabi iqtiboslarni qoldirdi.
• “Mehr-shafqat maskani” (1983): Ichkilikdan qutulishga urinayotgan kountri-qo‘shiqchisi roli uchun u Oskar mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Mazkur filmda barcha qo‘shiqlarni aktyorning o‘zi ijro etgan.

“Urush ma’budi” Xudosi” kastingi: Afsonaviy o’yin endi ekranlarga ko’chmoqda! ⚔️🌋Muxlislar uzoq kutgan lahzalar yaqinlas...
12/02/2026

“Urush ma’budi” Xudosi” kastingi: Afsonaviy o’yin endi ekranlarga ko’chmoqda! ⚔️🌋
Muxlislar uzoq kutgan lahzalar yaqinlashmoqda. “GOD OF WAR” (Urush ma’budi) seriali o’zining asosiy aktyorlar tarkibini e’lon qildi va bu tanlovlar ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy shov-shuvga sabab bo’ldi.
Mana ushbu epik dostonning asosiy qahramonlari:
• Kratos — Rayan Xerst: Aktyor o’zining jismoniy haybati bilan shafqatsiz Spartalik qiyofasini to’liq aks ettira oladi.
• Atreus — Kallum Vinson: Kratosning o’g’li va uning sarguzashtlaridagi eng yaqin hamrohi.
• Mimir — Alastair Dunkan: Qiziqarli fakt shundaki, aktyor o’yinlarda ham Mimirga ovoz bergan, endi esa uni ekranlarda jonlantiradi.
• Odin — Mendi Patinkin: Asgardning oliy hukmdori rolida mahoratli aktyorni ko’ramiz.
• Tor — Olafur Darri Olafsson: Skandinaviya mifologiyasidagi eng kuchli xudolardan biri.
• Sif va Xeymdall — Tereza Palmer va Maks Parker: Asgardning yana bir muhim vakillari.
Amazon Prime Video tomonidan suratga olinayotgan ushbu loyiha videoo’yinlar asosida ishlangan eng yaxshi serial bo’lishga da’vo qilmoqda. Skandinaviya tog’larining sovuq nafasi va xudolar o’rtasidagi shafqatsiz janglarni ekranda ko’rishga tayyormisiz? ❄️🔥
Sizningcha, ushbu aktyorlardan qaysi biri o’z roliga eng munosib tanlangan? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 👇

Miranda Pristli qaytmoqda 👠Oradan 20 yil o’tib!“Iblis Prada kiyadi” (Дьявол носит Prada) muxlislari, tayyormisiz? 20 yil...
06/02/2026

Miranda Pristli qaytmoqda 👠Oradan 20 yil o’tib!
“Iblis Prada kiyadi” (Дьявол носит Prada) muxlislari, tayyormisiz? 20 yil o’tdi, lekin bu qahramonlar bir kunga ham qarimagan ko’rinadi! ✨
Moda olamining eng afsonaviy to’rtligi — Meril Strip, Enn Xeteuey, Emili Blant va Stenli Tuchchi yana birga! Ular “Runway” jurnali uchun “IBLIS PRADA KIYADI 2” filmida yana katta ekranlarga qaytishmoqda.
🎬 Postdagi qahramonlar ketma-ketligi:
1. Meril Strip — O’sha betakror va qattiqqo’l Miranda Pristli.
2. Emili Blant — Mirandaning birinchi yordamchisi Emili.
3. Stenli Tuchchi — Moda va uslub ustasi Nayjel.
4. Enn Xeteuey — Jurnalistikadan moda olamiga kirib kelgan Endi Saks.
📅 Premyera: Film 2026-yil 1-may kuni kinoteatrlarda namoyish etilishi kutilmoqda.

Hali “Oskar” olmagan afsonalar 👀Ishonish qiyin, lekin ushbu aktyorlar hali biror marta ham haykalchani qo‘lga kiritishma...
04/02/2026

Hali “Oskar” olmagan afsonalar 👀
Ishonish qiyin, lekin ushbu aktyorlar hali biror marta ham haykalchani qo‘lga kiritishmagan 🤨

Ralph Fiennes
Edward Norton
Willem Dafoe
Samuel L. Jackson
Glenn Close
Mark Ruffalo
Michelle Williams

Sizningcha, ushbu ro‘yxatga yana kimni qo‘shish kerak?
Izohlarda o’z fikringizni yozib qoldiring. 🙂‍↔️

Emma Stone tarixiy natija ostonasida! 🏆Emma Stone allaqachon («Ла-ла Ленд», 2016) va(«Бедные-несчастные», 2023) filmlari...
02/02/2026

Emma Stone tarixiy natija ostonasida! 🏆
Emma Stone allaqachon («Ла-ла Ленд», 2016) va(«Бедные-несчастные», 2023) filmlari uchun “Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida ikkita Oskar mukofotiga ega. U avvalroq («Бёрдмэн», 2014) va («Фаворитка», 2018) filmlari uchun ham nomzod etib ko‘rsatilgan edi. Endi esa uning nomzodlari ro‘yxatiga («Бугония») filmi qo‘shildi.
Ushbu nominatsiya uni Oskar tarixining bir qadamligiga olib keldi. Agar Emma bu yil g‘olib chiqsa, u uchta “Eng yaxshi aktrisa” Oskarini qo‘lga kiritgan tarixdagi eng yosh aktrisa bo‘ladi. Shu paytgacha bunday natijaga faqat afsonaviy Ketrin Xepbern (4 ta g‘alaba) va Frensis Makdormand (3 ta g‘alaba) erisha olgan, xolos.

Sizningcha, Emma Stone bu yil g‘alaba qozonadimi? 🧐

Bu filmlarning har biri qalbda iz qoldirgan? Qaysi biri sizni yig’latgan? O’z xotiralaringizni  izohlarda bo’lishing ✨
30/01/2026

Bu filmlarning har biri qalbda iz qoldirgan?

Qaysi biri sizni yig’latgan?
O’z xotiralaringizni izohlarda bo’lishing ✨

🎬 Eng yaxshi erkak roli uchun “Oskar” nomzodlari!Sizningcha, ushbu ro’yxatdan kim oltin haykalchani qo’lga kiritadi? ❤️1...
28/01/2026

🎬 Eng yaxshi erkak roli uchun “Oskar” nomzodlari!
Sizningcha, ushbu ro’yxatdan kim oltin haykalchani qo’lga kiritadi? ❤️
1. Timoti Shalame — “Marty Supreme”
2. Leonardo Di Kaprio — “One Battle After Another”
3. Itan Houk — “Blue Moon”
4. Maykl B. Jordan — “Sinners”
5. Vagner Moura — “The Secret Agent”
💬 Siz kimga ovoz bergan bo’lardingiz?

Betmen 2: Yangi yuzlar va kutilmagan qaytishlar! 🎬Mett Rivzning “The Batman” sikveli haqida so’nggi ma’lumotlar:✅ Yangi ...
23/01/2026

Betmen 2: Yangi yuzlar va kutilmagan qaytishlar! 🎬
Mett Rivzning “The Batman” sikveli haqida so’nggi ma’lumotlar:

✅ Yangi nomlar: Sebastyan Sten (Ikki yuzli bo’lishi mumkin) va Skarlett Yoxansson kastingga qo’shilishi aytilmoqda.

✅ Qadrdonlar: Robert Pattinson, Kolin Farrell, Jefri Rayt va Endi Serkis o’z joyida.

✅ Bosh yovuz qahramon: Joker (Barri Keogan) markazda bo’lishi kutilmoqda.

🎥 Suratga olish ishlari: 2026-yil bahor.
📅 Premyera: 2027-yil 1-oktyabr.

Skarlett va Sebastyan — DC olami uchun mos tanlovmi yoki yo’q? Fikringizni yozib qoldiring!

Address

Шайхантахурский район, массив Лабзак, рядом с домом 22
Tashkent
100128

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Cinerama posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Cinerama:

Share