Narxi Qancha?

Narxi Qancha? Narxi Qancha blogida shaxsiy izlanishlar natijasida yig'ilgan eng aktual narxlar haqida yozamiz!

⚡️Vazirlarimiz yuradigan mashinalarning narxi qancha ?Quyida siz eng qimmat mashinalarda harakatlanuvchi vazirlar ro’yxa...
25/12/2023

⚡️Vazirlarimiz yuradigan mashinalarning narxi qancha ?

Quyida siz eng qimmat mashinalarda harakatlanuvchi vazirlar ro’yxatini ko’rishingiz mumkin:

9. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov - Mersedes-Benz E400 (60.000$);
8. Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev - Mersedes-Benz E450 (70.000$);
7. Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o’zgarishi vaziri Aziz Abduxakimov - Mersedes-Benz E450 (70.000$);
6. Sog’liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov - Mersedes-Benz 4Matic (110.000$).

Top 5 talik

5. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov - Mersedes-Benz S450 (120.000$);
4. Suv Xo’jaligi vaziri Shavkat Hamroyev - Toyota Land 200 (120.000$);
3. Transport vaziri Ilhom Mahkamov - Mersedes-Benz S450 L4 Matic (150.000$);
2. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Mersedes-Benz (160.000$);
1. Tog’-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islamov Mersedes-Benz S 450 Matic (450.000$)!

— Narxlar haqidagi #1 blog!

'lish

⚡️ Pentagon tomonidan Ukrainaga yuborilgan oxirgi yordam paketining narxi qancha ?AQSh Mudofaa vazirligi - Pentagon Ukra...
02/07/2023

⚡️ Pentagon tomonidan Ukrainaga yuborilgan oxirgi yordam paketining narxi qancha ?

AQSh Mudofaa vazirligi - Pentagon Ukrainaga xavfsizlik uchun yangi 500 million dollarlik yordam ajratilishini e’lon qildi. Yangi yordam paketi, xususan, o'nlab Bredley piyoda jangovar mashinalari, Stryker zirhli jangovar mashinalari, shuningdek, Patriot zenit-raketa tizimi uchun o'q-dorilarni o'z ichiga oladi.

Ushbu paket, shuningdek, 30 ta Bradley IFV, 25 ta Stryker AFV, Stinger yer-havo raketa tizimlari, HIMARS raketa-artilleriya tizimining o'q-dorilari, portlovchi o'q-dorilar va to'siqlarni oldini olish tizimlari, 155 va 105 mm artilleriya o'qlari, o'q uzish yo'llari va yo'l qo'ymaslik vositalarini o'z ichiga oladi. Simli boshqariladigan, Javelin tankga qarshi tizimlari, tankga qarshi raketalar, AT-4 tankga qarshi tizimlari, yuqori tezlikda radarga qarshi raketalar va aniq boshqariladigan havo o'q-dorilari.

- Narxlar haqidagi #1 blog !

'lish

⚡️ Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga bag'ishlangan shaharning narxi qancha ? Arkadag‘ yangi shah...
02/07/2023

⚡️ Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga bag'ishlangan shaharning narxi qancha ?

Arkadag‘ yangi shahrining ochilish marosimi Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning tug'ilgan kunida ya'ni 29-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur shahar loyihasi Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan olg'a surildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi, Arkadag‘ shahrining hokimligi, sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi shaharning ochilish marosimini yuqori tashkiliy darajada o'tkazishni ta’minlab berdi.

Mazkur shaharga 336 ta zamonaviy binolar, ta’lim, tibbiyot va madaniy obyektlar, sport inshootlari va muhandislik tizimlari qurilgan. Shaharga 3,3 milliard dollar sarmoya kiritilgan. Shahar 1002 gektarni egallaydi, uning aholisi taxminan 73 ming kishi. Mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik darajasida shaharga davlat ahamiyatiga molik shahar maqomi berildi (hatto Respublika poytaxti Ashxobod ham bunday maqomga ega emas).

- Narxlar haqidagi #1 blog !

'lish

⚡️Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalarda bir kecha tunashning narxi qancha ?Ushbu mehmonxonalar joylashgan shahar va davla...
27/06/2023

⚡️Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalarda bir kecha tunashning narxi qancha ?

Ushbu mehmonxonalar joylashgan shahar va davlatlar turistik jihatdan eng rivojlangan zonalar bo'lib quyidagi narxlar ko'plab tashirif buyuruvchi sayyohlar uchun o'rtacha narxdan nisbatan qimmatroq hisoblanadi.

1. Fransiya – “Grand Hatt Martinez” mehmonxonasi
Bir kecha tunash narxi – $45 000
2. Gretsiya – “Grand Resort Lagonissi” mehmonxonasi
Bir kecha tunash narxi – $35 000
3. Nyu-York – “Four Seasons Hall” mehmonxonasi
Bir kecha tunash narxi – $34 000
4. Bagama – “Atlantis Paradise Island Resort” mehmonxonasi
Bir kecha tunash narxi – $25 000
5. Fiji – “Laucala del Island Resort” mehmonxonasi
Bir kecha tunash narxi – $25 000

*Rasmda "Grand Resort Lagonissi" mehmonxonasi

- Narxlar haqidagi #1 blog !

'lish

⚡️Tik Tokerlarning daromadi qancha? Yosh tik-tok ijtimoiy tarmog'i bugungi k***a Internetda PR va biznes uchun eng istiq...
25/06/2023

⚡️Tik Tokerlarning daromadi qancha?

Yosh tik-tok ijtimoiy tarmog'i bugungi k***a Internetda PR va biznes uchun eng istiqbolli platformalardan biri hisoblanadi.

Dastur monetizatsiyadan pul to'lashi uchun shartlar:
— muallifning shaxsiy mazmuni;
— kanalda platforma siyosatining buzilishi yo'q;
— kanal egasi balog'at yoshiga etgan;
— allaqachon 10 000 ta obunachi va 10 000 ta ko'rilgan;
— takroriylikni hisobga olgan holda har bir ko'rish uchun to'lov
— AQShda 1 million ko'rish uchun $20-40 atrofida to'laydi.

Obunachilari mlndan oshgan kanal muallifi har bir post uchun reklamani ham qo'shib hisoblaganda AQSH'da $3888 dan $6480 gacha daromad qilishi mumkin. Bu raqam O'zbekistonda faqat reklamaligini inobatga olib $300 dan boshlanadi.

— Narxlar haqidagi #1 blog!

'lish

⚡️ Assortiment qurtlar tayyorlash orqali qancha daromad olish mumkin ?Oddiy qurtlar tayyorlab sotadiganlar anchagina, le...
24/06/2023

⚡️ Assortiment qurtlar tayyorlash orqali qancha daromad olish mumkin ?

Oddiy qurtlar tayyorlab sotadiganlar anchagina, lekin turli xil shakldagi ajoyib ta'mga ega assortiment qurtlar sotuvda ko'p emas. Siz aynan shu biznesni boshlash orqali daromad qilishingiz mumkin.

Xarajatlar 💸

• Turli xil shakldagi va ajoyib ta'mga ega qurtlarni tayyorlaysiz 100$.
• Qadoqlash uchun idishlar olasiz va brendingizni yaratib qadoqlarga yopishtirasiz 200$.
• Ommaviy va ijtimoiy tarmoqlar reklamasi uchun 700$.
• Ro'yhatdan o'tkazish va ishchilar uchun 700$.

Daromad 💰

• Bir qadoq oʻrtacha 20 000 soʻmdan hisoblansa, kuniga 30 ga yaqin sotuv orqali o'rtacha 600 000 so'm daromad.
• Oylik kelishuv asosida mahsulotingiz bozor va marketlar rastasida sotiladi, bu orqali 500$ daromad.

Onlayn sotuv orqali koʻp mijozlar jalb etishingiz mumkin. Qurtlarni asosan doʻkonlarda qaytim puli oʻrniga oʻtkazishadi. Sizdagi ajoyib brend qurtchalarni esa haqiqiy ixlosmandlar sotib oladi.



- Narxlar haqidagi #1 blog !

qimmat 'lish

⚡️"Sariq bola shou" da xomiy boʻlib ishtirok etishning narxi qancha?Shoumen Jahongir Xo'jayev tomonidan instagram va tel...
20/03/2023

⚡️"Sariq bola shou" da xomiy boʻlib ishtirok etishning narxi qancha?

Shoumen Jahongir Xo'jayev tomonidan instagram va telegram ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilingan "Sariq bola shou" deya nomlangan "give way"da 10 ta Malibu 2 avtomobili qo'yilgan.

O'yinda Intagramda 300 ta homiy telegramda 22 ta homiy ishtirok etmoqda. Instagramda homiylar safida bo'lish narxi $1200 bo'lsa telegramda ushbu summa $4500 ni tashkil qilmoqda va "shou"ning ummumiy qiymati $459'000 ni tashkil etmoqda.

O'yiinda tasodifiy raqamlar generati orqali o'n kun muobaynida har kuni bir nafar g'olibga Malibu 2 avtomobili berib boriladi.

— Narxlar haqidagi #1 blog!

qimmat 'lish

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Narxi Qancha? posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share