02/04/2023
“Shaxsiy brend” qurishda obunachilaringizni sizdan uzoqlashtiradigan 6 ta narsa:
1. Auditoriyaning harakatlariga javob bermaslik.
Profilga yangi obunachilar qo’shilishi uchun, avval, hozirgi kuzatuvchilar bilan muloqot o’rnatish kerak. Izohlar(kommentariyalar) va shaxsiydagi xabarlarga javob bering. Bu orqali mavjud auditoriya bilan o’zaro muloqot o’rnatasiz va ularga kontentlaringiz ma’qul kelayotganligini bilib olasiz.
2. Reklama ko’payib ketishi.
Mo’maygina pul ishlash maqsadida ko’p profillar juda ko’p reklama joylashadi va tez-tez hamkorlik (kollaboratsiya) qilishadi. Bu noto’gri. Profil orqali pul topish (monetizatsiya) va auditoriyani ushlab turish uchun reklamadan tashqari, boshqa mavzularda qiziqarli postlar qilib turish kerak.
3. Heshteg yetishmasligi ( #).
Postlar orqali qo’shimcha obunachi to’plashning sinovdan o’tgan usullaridan biri — heshteg. Heshteglar orqali postlaringiz ma’lum bir qiziqish doirasidagi, hali kuzatuvchingiz bo’lmagan odamlarga ko’rsatiladi.
4. Faqat trendlarga ergashish, ularni yaratishga harakat qilmaslik.
Agar siz mustaqil fikringizga ega bo’lmasangiz, kerakli mavzularda o’z pozitsiyalaringizni bildirib turmasangiz, obunachilaringiz o’z qarashlari va pozitsiyasiga ega boshqa fikr liderlariga ergashib ketishadi. Doim ham birovni takrorlamang, izlaning va trendlarni o’zingiz yarating.
5. Yomon kreativlar va vizual.
Yangi odamlar sizning profilingizga ilk tashrif buyurganida, ko’zlariga birinchi tushadigan narsa - profilning umumiy vizual ko’rinishi. Agar profil yagona uslub va ranglar uyg’unligiga ega bo’lmasa kuzatuvchilar e’tiborini torta olmaydi. 2022-yilda bir xil uslubga ega kreativ vizuallar trendda bo’ldi. 2023-yildan boshlab, jonli sur'atlar va ular ishtirokidagi kreativlar, dizaynlarda esa gradientlar trendda bo’lishi kutilmoqda.
6. Begona "story"lar.
Doimiy ravishda boshqa profillardan postlarni "story"da ulashish kuzatuvchilaringizni "story"laringizga nisbatan qiziqshini yo’qotib yuboradi. Chunki, bu postlarni ular shundoq ham ko’rayotgan bo’lishlari mumkin. Oz bo’lsada o’z "story"laringizni yaratib boring.
Noor — biznesingizni yoritamiz!