29/04/2025
🎓Karyeraga ilk qadam: bitiruvchilar uchun imkoniyatlar maydoni
✔️Bugun Namangan Davlat Texnika universitetida an’anaviy “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishi uchun muhim maydon bo‘ldi.
✔️ Yarmarkada:
🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasidan inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish shubasi boshlig‘i S. Mamatqulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis A. Obidov ishtirok etdilar.
🎓 Ular Qurilish fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, professor M.Mansurov, kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent A.To‘xtabayevlar bilan fikr almashib, kadastr sohasiga qiziqqan bitiruvchilar bilan suhbatlashdilar hamda sohaga oid ma’lumotlar va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.
✔️ Tadbir yakunida bir nechta iqtidorli bitiruvchilarni sohaga ishga taklif qilindi.
Matbuot xizmati.