
26/02/2024
Hindistonning ixtisoslashgan “Travel Links” jurnali Oʻzbekistonni 2024-yildagi yettita eng yaxshi sayohat yoʻnalishi roʻyxatiga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
“Osiyoning sirli marvaridlarini kashf qiling. Yaqin Sharq va undan tashqaridagi 7 ta eng yaxshi yoʻnalish” sarlavhali maqola muallifi mazkur nashr 2024-yilda sayohat qilish uchun yettita yashirin marvaridni tavsiya qilayotgani haqida soʻz yuritgan. Ushbu yoʻnalishlar sayyohlarni maftun etib, hayratda qoldirishi, madaniyatlar, anʼanalar va tabiat kengliklari goʻzalligiga shoʻngʻib ketish uchun imkoniyat berishi taʼkidlangan.