Kinobek

Kinobek ENG SO'NGI KINO YANGILIKLARI

11/04/2022

20asr boshlari va oʻrtalaridagi Amerika Hollywood kinolari, rasmlari, asarlarini kuzatib shunga etibor berdim: Ilgari AQSHda ham Oq tanli (White People) amerikanlarda ham oila madaniyati yuksak, oʻz madaniyati, qadriyatlariga rioya qiladigan jamiyat tasvirlangan. Dasturxon oldida butun oila yegʻilib jam boʻlgan. Katta oiladan iborat boʻlgan, oilada Dodasi, Buvisi ham boʻlgan, oʻz diniy odatlariga amal qiluvchi, Erkak kishi boshqaruvidagi Patriarxal oila tasvirlangandi.

Usha davrdagi kinolarni hozirgi Hollywood kinolaridagi Amerikalik oq tanli oilalarni hayoti bilan solishtirib ham boʻlmaydi. Hozir Oq tanli Amerikalik oilani chamasi shunday tasvirlashadi: Eridan ajrashgan "Mat odinochka" ayol va uni 1 yoki 2 nafar farzandi. Butunlay Feminismga asoslangan "oila". Oila ham emas qandaydir klub. Farzandlari Onasini bir tiyinga ham olmaydigan qilib koʻrsatadi. Bolani tarbiyalashga esa vaqt yoʻq. Ayol kunu tun ishda. Ajrashmagan Oq tanli oila tasvirlansa ham (bu juda nodir holatda boʻladi, negadir 95% kinoda Oq tanli Amerikalik oila ajrashgan boʻladi) Erni qandaydir landavur, yoki oila masulyatini eplay olmaydigan erkak qilib tasvirlashadi. Oʻzi yaxshilab qarasa Hollywoodda faqat Qora tanli oilada Ota onasi ham bor qilib koʻrsatishadi.

Eski Amerikan kinolarida esa qandaydir oila madaniyati sogʻlomroq tasvirlangan. Bolalar ota onasini hurmat qiladi, ularga quloq soladi. Uyda Erkak kishi rahbar, ayoli esa farzand tarbiyasi bilan shugʻullanadi.

Oq tanli Amerikaliklar shu yillar orasida aslida koʻp narsani yoqotishgandek, eng asosiysi oila madaniyatini... Davlatini ham yoʻqotishni boshlashmoqda.

©Khamidoff Bobur

P.S. Ogʻriqli mavzu. Kino tarbiya vositasi emas va yana shunga oʻxshash fikrlarni ijodkorlar tinimsiz takrorlashadi. Buni koʻproq rejissyorlarning himoya qobigʻiga oʻxshataman. Izohlayman, men tomoshabob (pul uchun) boʻlishi uchun yengilroq(bachkanaroq) film oldim va bilamanki, fikri tiniqroq insonlar buni tanqid qiladi. Va men kino tarbiya vositasi emas, tarbiya uyda beriladi degan shior bilan goʻyoki oʻzimni oliy sanʼatni tushunuvchi inson qilib koʻrsatib, ularni ahmoqqa chiqara boshlayman.

Kinoni oilaga, jamiyatga va boringki butun millatga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiri bor. Bu taʼsir siz oʻylagandan ham yuqoriroq. Izohlayman, qaynona-kelin muammosi bizda azaldan bor lekin qachon davlat darajasigacha chiqib, deyarli har 3 oiladan bittasida shu muammo koʻtariladigan boʻldi? Qachonki, filmlarimizda yoppasiga qaynona-kelin janjali koʻrsatila boshlaganda. Qachon ajrashishlar soni oldingi yillarga nisbatan ikki-uch barobarga oshdi? Qachonki, ayni temada bir qancha valakida filmlar koʻpayganda.

Kinoda teskari targʻibot nisbatan ommaga koʻproq taʼsir oʻtkazadi. Agar jamiyatdagi biror muammoga qarshi insonlar xulosa chiqarishi uchun filmlar yaratilishni boshlagan boʻlsa, ayni shu muammoni teskari usulda targʻibotiga ham sabab boʻlaveradi.

Qanday qilib? Masalan, giyohvandlikni oxiri qanchalik ayanchli boʻlishini koʻrsatish uchun, uning kayf berishini ham kamida shu darajada tasvirlashga toʻgʻri keladi.

Yana bir misol oʻlaroq fakt keltiraman: bitta Poʻlat Alamdar obrazi bilan butun boshli turk erkaklariga, umuman millatiga taʼsir oʻtkazdi. Zamonaviy musulmon turk erkagi, davlat doimo aybsizligi, amaldorlar aybdorligi, millatni sevish, har qanday vaziyatda politsiyani oʻldirmaslik, unga boʻysunish va yana shunga oʻxshash bir qancha gʻoyalar aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri turk qahramoni misolida singdirildi va soʻngi oʻn yillikda qay darajada oʻzgarishiga sabab boʻldi. Bizda esa soʻngi 2 yildan beri inkubatordan chiqayotgan seriallarimiz, doimiy ravishda oila muammosiga urgʻu berishmoqda va bizni(Oʻzbeklarni) ichimizdan, ayni oila atalmish tarixan eng yuksak va Oʻzbek millarining eng asosiy oʻzagidan xarob qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat qilmoqda.

P.S.S. Haqiqiy Oʻzbeklarni bu usulda xarob qilish, bizga sevimli boʻlgan "Kelinlar qoʻzgʻoloni" filmi orqali boshlangan edi va hozirga qadar jadal rivojlanmoqda afsuski.

Kinobek

"Garry Potter" filmi qahramonlarining haqiqiy qiyofalari.Reddit platformasi foydalanuvchisi sunʼiy intellekt yordamida q...
08/04/2022

"Garry Potter" filmi qahramonlarining haqiqiy qiyofalari.

Reddit platformasi foydalanuvchisi sunʼiy intellekt yordamida qahramonlarning haqiqiy qiyofalarini yaratdi. Qahramonlar qiyofasi muallif Joann Roulingning "Garry Potter" kitobida tasvirlangani asosida yaratilgan.

Kinobek
t.me/kinobekuz

06/04/2022

"Betmen" 2021
Rejissyor: Met Rivz

3 mart kuni katta ekranlarga chiqqan film, 1 oyning o'zida 700 million $dan oshiq soqqa yigʻishga ulguribdi. Syujet qiziqarli va shu bilan birgalikda qora dramadan iborat boʻlib naq 3 soat davom etadi.

"Joker"(2019) filmi orqali bizga Jokerning haqiqiy asliyati va uni bu ahvolga olib kelgan sabablar koʻrsatilgan boʻlsa, mazkur film orqali esa Betmen shaxsiyati toʻlaligicha ochib berilgan.

Nolan tomonidan yaratilgan trilogiyani koʻpchiligimiz koʻrganmiz. Unda nisbatan qahramon shaxsiyatidagi ijobiy tomonlar koʻrsatilib, Betmenning asl haqiqatidan qisqa-qisqa signallar berilgan xolos.

Met Rivz esa nisbatan toʻgʻri yondashishga harakat qilgan va Betmenning murakkab shaxsiyati bilan birgalikda asl haqiqatini anchagina dadil koʻrsatishga harakat qilgan.

9/10

"Betmen uchun!" Nega aynan Betmenga? Ueynlar oilasining siri nimada? Bularning barchasi aslida nimani anglatadi? Film haqida keyinchalik batafsil va chuqurroq gaplashamiz.

Oʻzi filmni koʻrdingizmi?

Kinobek

So'ngi voqealar haqida qisqacha)
28/03/2022

So'ngi voqealar haqida qisqacha)

Killian Myorfining "Oppengeymer" obrazidagi ilk surati namoyish etildi.Bir qarashdaku o'xshatmaysiz lekin, ko'rinishidan...
23/02/2022

Killian Myorfining "Oppengeymer" obrazidagi ilk surati namoyish etildi.

Bir qarashdaku o'xshatmaysiz lekin, ko'rinishidan rolga mutlaq mosligini ko'ramiz. Kasting mutaxasislariga qoyil qolishimiz kerakmi yoki grim ustalariga?! Balki, gap Nolanning tanlovidadir?...

Kinobek

20/02/2022

"Batman" filmining premyerasiga ham oz fursat qoldi...

Xabarlarga qaraganda bir necha oy oldin kinotanqidchilar uchun filmning yopiq premyerasi boʻlib oʻtgan. Albatta, hech qanday maʼlumot tashqariga chiqarilmagan, lekin shunga qaramasdan bir necha tanqidchilar qisqa boʻlsada film haqida tariflar keltirishibdi. Fikrlarning asosiy mazmuni shunday: Betman haqidagi eng ogʻir drama, Robert Pattinson ideal Betman, Ogʻir syujet, film shunchaki shedevr va yana shu kabi fikrlar...

Albatta, soʻngi xulosani filmni koʻrgandan soʻng aytamiz, ungacha esa filmdan qisqa lavhani koʻrishingiz mumkin. Ogʻir musiqalar, atmosfera, ichki holati notinch qahramonlar, koʻrinmas lekin mavjud boʻlgan xavf(qoʻrqinch) va "Super qahramon" filmlarida deyarli kam uchraydigan ommaning ayanchli ohangda qichqirishi(bu kabi qichqiriqlar asosan Horror janrida koʻproq uchraydi) kabi bir qancha omillar aniq aytib turibdiki, filmda biz uchun yaxshigina yangiliklar bor.

Film premyerasi 3 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Ritsar Rodjer Dikkens!Kuni kecha Dikkens Kinematografiyaga qo'shgan hissasi uchun ritsar unvoni bilan taqdirlandi. Haqli...
03/02/2022

Ritsar Rodjer Dikkens!

Kuni kecha Dikkens Kinematografiyaga qo'shgan hissasi uchun ritsar unvoni bilan taqdirlandi. Haqli!

Kinoda yaxshi ijodkorlar juda ko'p lekin afsonalar kam! Rodjer tog'o haqiqatdan ritsarlarcha kinoga hizmat qildi va kinoda o'z uslubini o'chmas qilib yozishga ham ulgurdi.

Haqiqiy Afsona!

Kinobek

Baron XarkonnenArrakesning oldingi hukumdorlaridan biri Vladimir Xarkonnen obrazini yaratish jarayoni. Ijodkorlarga qoyi...
31/01/2022

Baron Xarkonnen

Arrakesning oldingi hukumdorlaridan biri Vladimir Xarkonnen obrazini yaratish jarayoni. Ijodkorlarga qoyil qolmasdan iloj yoq, eng mayda detallargacha e'tibor berilgan.

Aktyor: Stellen Skarsgard
Rejissyor: Deni Vilnyov
Grim ustasi: Donald Movad

Kinobek

O'sha biratni taniydiganlar bormi? Kino haqida ham she'r yozdiraylik)Kinobek
15/01/2022

O'sha biratni taniydiganlar bormi? Kino haqida ham she'r yozdiraylik)

Kinobek

"Yuqoriga qaramang"Kinoni koʻrib boʻlgandan keyin, film haqida xayol surib titrlarni ham oxirigacha koʻrib tugatib qoʻyi...
29/12/2021

"Yuqoriga qaramang"

Kinoni koʻrib boʻlgandan keyin, film haqida xayol surib titrlarni ham oxirigacha koʻrib tugatib qoʻyibman.

Anchadan beri juda ogʻriqli mavzular haqida bunaqa yengil filmni koʻrmagan edim. Montaj, muhit, atmosfera, rang va musiqalar hammasi birlashib qanaqadir yangi filmcha koʻrgandek boʻldim, nihoyat. Anchadan beri bunaqa hissiyot boʻlmagan edi.

Bir safar mualliflik filmlarimiz dramasiz oʻladi degan post yozgan edim. Oʻsha postdagi fikrlarni shu film bilan toʻldirsa boʻladi. Tushunyapsizmi, muammolarga har doim ham drama bilan yondashilmaydi. Kinochi tomoshabinni his eta bilishi kerak va muammolarni tomoshabin xohlaganday yetkazish imkoni ham bor. Mashhur aktyorlar jamoasi, komediya, chiroyli sahnalar, musiqalar, rang-baranglik va fantastika! Hozirgi tomoshabin koʻradigan va rejissyor aytmoqchi bo'lgan muammoni aniq yetkaza oladigan film. Dramasiz koʻrsatish kerak deganda ayni shu narsani tushuntirishga biroz qiynalgan edim. Hozir juda ogʻir davrda yashayapmiz, odamlar kinolardagi qahramonlar qiyinchiliklarini koʻrishdan charchashgandek va ayni shu sababli ham soʻngida qahramonlar gʻalaba qozonadigan, komiks filmlar, tomoshabinlarni koʻproq jalb qilmoqda. Tomoshabin faqat shu filmlardagina g'alaba hissini tuymoqda, xolos.

•Tomoshabinni ayblash rejissyor uchun faqatgina uyat deb hisoblayman. Ha, saviyamiz, tanlovlarimiz biroz oʻzgargan boʻlishi mumkin, lekin rejissyor Adam MakKey singari tomoshabin xohishini topib, u orqali oʻz fikrlarini ayta olish ham bir isteʼdod, aslida. Maʼlumotlarga qaraganda film Netflix platformasida premyeradan so'ngi 3 kun ichida Amerikaliklar tomonidan koʻrilgan eng yaxshi filmlar ichida 2 oʻrin egallagani bunga yaqqol misol boʻlsa kerak.

Film yengil, tomoshabob, qiziqarli, komediya va fantastikani oʻzida birlashtirgan boʻlib, filmda uzluksiz jiddiy dramatik sahna deyarli yoq. Ortiqcha yigʻi yoki tomoshabin hissiyotlaridan foydalanadigan sahnalar ham. Lekin, Lekin, siz film tomoshasi davomida juda ham ogʻriqli muammolarni his etib turasiz. Bu muammolar hozirda sizning atrofingizda boʻlayotganini ham. Shu sirkda siz ham ishtirok etayotganingizni bilib turasiz. Oʻzimizni-oʻzimiz aldayotganimiz-u, "osmonga qaramaslik" yechim emasligini bilsakda, Lekin, bari-bir minbarlardagi insonlarga qarata "bizni aldanglar" degandek hayqirib qoʻllab-quvvatlayveramiz. Nega, chunki, biz 20 yillar oldin Wachovskiylar aytgan haqiqiy Matritsa ichiga toʻla kirib boʻldik va bu yerda oʻzimizni erkin his etamiz. Bu bizga yoqadi va biz buni bilsakda undan tashqariga chiqishni xohlamaymiz. Qul boʻlsak nima qilibdi, zato "erkin"miz deya, ular bergan "imkoniyat"lardan imkoni boricha foydalanish bilan ovoramiz.

Film qahramonlaridek meni ham bu gapimni jiddiy qabul qilmasangiz-da bari-bir aytaman, "kometa" yaqin, biz esa hali ham "tomosha"lar bilan ovoramiz.

Filmda koʻrsatilgani singari "tomoshachi omi xalq" va "tentak"(dovdir) sifat olimlar yashagan yurtni xuddi oʻzlaridek rahbarlar boshqaradi!

8.8/10

Kinobek

Odamlar aytyapti....Siz nima deysiz?Kinobek
28/12/2021

Odamlar aytyapti....

Siz nima deysiz?

Kinobek

18/12/2021

"O'rgimchak odam: uyga yo'l yoq" filmini tomoshabin va kino tanqidchilar yuqori baholamoqda:

IMDb 9.2/10 (9 o'rin, Top 250);

Kinopoisk 8.7/10 (6 o'rin, Top 250);

Rottem Tomatoes 99% 4.9/5;

KINOBEK 8.6/10 (kottalani qatoriga qo'shib qoyilik o'zimizni ham😁)

P.S. Albatta, bu raqamlar vaqt o'tgan sari o'zgarib boraveradi. Ko'proq tomoshabinlar ko'rishi, ovoz beruvchilar sonini oshiradi va bu o'z-o'zidan reyting natijalariga ta'sir qiladi. (katta ehtimol pasayishiga)

Kinobek

Address

Tashkent

Telephone

+998936531772

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Kinobek posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Kinobek:

Share