26/08/2024
Target reklama ishlamayapti, nimaga?
Toshkentni olamiz, bu yerda 3 mln aholi yashaydi, aniq raqamlarni o’zim ham bilmayman. Siz sotayotgan xizmatga bo’lgan talab qanchalik bo’lishi mumkin?
O’zi nima sotayotganingizni qanchalik yaxshi tushunasiz? Ya’ni productni tushunish va shu asosda kutilmalar qilish juda muhim.
Bizdagi bizneslarda ko’pincha talabni shakllantirish uchun byudjet yetarli bo’lmaydi.
Agar mahsulotingizni yaxshi ochib bermasangiz Kristpfer Nolann kelib reklama roligingizni olib bersa ham sotuvlar yaxshi bo’lmaydi.
Videolar, matnlar va rsmlar bularni hammasi detallar. Har bir biznesning o’ziga hos jihati/unikalligi bo’ladi. Mana shunday yashirin imkoniyatlarni ochib bera oladigan odam t**a olish, reklama muvaffaqiyatining katta bir qismi bo’ladi.