Dr Beruniy Alimov

Dr Beruniy Alimov Dr. Beruniy Alimov is an Independent Media Researcher and Trainer. Global citizen.

📣 Esh*tmadim, ko'rmadim demanglar!Xabaringiz bor, Yangi media ta'lim markazi 3-iyuldan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyala...
07/07/2025

📣 Esh*tmadim, ko'rmadim demanglar!

Xabaringiz bor, Yangi media ta'lim markazi 3-iyuldan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda respublikadagi 200ga yaqin oliy ta'lim tashkilotlarining axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlarini o'qityapti.

Bu safargi trening ishtirokchilarimiz eng muhim ijtimoiy qatlam - yoshlar bilan bevosita aloqada bo'luvchi, ularga eng kerakli axborotni yetkazib turish mas'uliyati va imkoniyatiga sohib insonlar! Chekimizga shu hafta so'nggiga qadar 500ga yaqin ishtirokchini o'qitish tushgan! Bu esa uzoq zamondan beri reja qilib yurganimiz, lekin hech boshlay olmayotganimiz bir xayrli ish uchun yaxshi ilhom, imkoniyat, debocha bo'lsa ajab emas, deb o'yladik!

Siz, azizlar yaxshi eslaysiz, o'tgan yil keng ommalashgan axborot kampaniyamiz biz kutgandan ham kattaroq auditoriyaga yetib bordi. (Shu o'rinda, uning minglab insonlarga yetib borishida ko'pingizning beqiyos hissangiz borligini, ishtirok etgan har biringizni minnatdorlik bilan eslashimizni aytib o’tmasam bo’lmaydi!)

Gap shundaki, uzoq paytgacha bizga kampaniyani davom ettirish haqida turli takliflar, iltimoslar, maslahatlar kelib tushdi, ko’plab tashkilotlar hamkorlikka chaqirmaganimizdan biroz yozg’irishdi ham. Afsuski, turli sabablarga ko'ra uni yanada aktivroq davom ettirishga imkoniyat bo'lmadi. Nazarimizda, o’sha ajoyib fursat bugun kelgandek! Ayniqsa, katta tanaffus oralig’ida bu xayrli ishni yanada yaxshiroq targ’ib qilish uchun talaygina g'oyalar to’plangan! Jamoamizdagi kreativ yoshlarning yonib turgan ko’zlaridagi shijoatni ko’rsangiz!

Gapning imdallosi, shu yerda barchangizga axborot kampaniyamizning 2-to’lqinini baralla e’lon qilishni istadik! Qo’lingizdan kelgancha, imkoniyatingiz yetgancha Siz ham hissa qo’shishingiz mumkin! Ushbu kampaniya ichida bir necha tashabbuslarni yo’lga qo’yishni reja qilganmiz, kimdi fikr bilan, kimdir moliyaviy, kimdir tashkiliy yoki hamkorlik asosida, kimdir ommalashtirishga yordam berish bilan yoki shunchaki omad tilab, duo qilib turish bilan yordam berishi mumkin…

Axborot kampaniyamizdagi birinchi harakatga “Mediasaboq karvoni” deb nom berdik (ijtimoiy tarmoqlarda hashtagi orqali kuzatib borsangiz bo’ladi). Mediasavodxonlik xazinamizni olib tez orada universitetlar, tahririyatlar, kutubxonalar va boshqa tashkilotlarga yo’lga chiqamiz! Sayohatimiz doirasida turli auditoriya kategoriyalari uchun mediasavodxonlik bo’yicha foydali bilim va resurs ulashishni, uni imkon va kuchimiz qadar boyitib borishni reja qildik. Bu degani biz kelasi uch oyda hamkorlikka keng ochiqmiz! Siz ham Mediasavodxonlik Karvoniga mezbon bo'ling, Uni o'zingiz yashaydigan, ishlaydigan manzillarga chorlang va mediasavodxon qatlam shakllantirishga hissangizni qo’shing!

Anons qismi shu yerda tugadi! Postimning keyingi qismlarida navbatdagi qadamlar haqida e'lon qilib boraman, ko'zdan qochirmang!

Media sohasidagi barcha do’stlar va hamkorlarni bugungi kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz!Sizning fidokorona ...
27/06/2025

Media sohasidagi barcha do’stlar va hamkorlarni bugungi kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Sizning fidokorona mehnatingiz jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
____

We sincerely congratulate all our friends and partners in the media field on today’s professional holiday!

Your dedicated work plays a vital role in the progress of our society.

📅 June 27 — Press and Mass Media Workers’ Day



От всей души поздравляем всех друзей и партнёров, работающих в сфере медиа, с сегодняшним профессиональным праздником!

Ваш самоотверженный труд служит прогрессу нашего общества.

📅 27 июня — День работников прессы и средств массовой информации

Address

Tashkend

Telephone

+998935771173

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Dr Beruniy Alimov posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Dr Beruniy Alimov:

Share